Buxoro davlat universiteti tasdiqlayman
Download 47.28 Kb.
|
To\'garak dasturi 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- TEXNOLOGIYA TA’LIMI METODIKASI FAN TO‘GARAGI DASTURI
- Umumiy o‘quv soati – 72 soat , Shu jumladan
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
TEXNOLOGIYA TA’LIMI METODIKASI FAN TO‘GARAGI DASTURI
Umumiy o‘quv soati – 72 soat, Shu jumladan: Mа’ruzа - 18 soat (ikki semester) Amaliy mashg’ulot - 18 soat (ikki semester) Mustаqil ta’lim - 36 soat (ikki semestr) Buxoro-2022 Texnologiya ta’limi metodikasi fan to‘garagining maqsadi va vazifalari Texnologiya ta’limi metodikasi fan to‘garagining asosiy maqsadi, talabalarning darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning qobiliyatlari va intilishlarini maqsadli, olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amalda qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilish, kasbiy mahoratlarini oshirishga keng imkoniyatlar yaratish hamda tanlagan kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha mehnat bozoriga tayyorgarlik salohiyatini kuchaytirishdan iboratdir. Talabalarning “Texnologiya” fani mazmunini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg'or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalami tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma'ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi mashinalaming ishlab chiqarishdagi namunalari va maket lari dan foydalaniladi. Mazkur to‘garakni o‘tish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo’llanilishi, jumladan: o’quv faniga tegishli ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutilgan. Texnologiya ta’limi metodikasi fani to‘garagi talabalarni sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda estetik madaniyatini rivojlantirish va kasb yo‘naltirish samaradorligini oshiruvchi metod va nazariyalarni tahlil qilish; – ikkinchidan, mashg‘ulotlarni tashkil etishning zamonaviy shakllaridan foydalanish; – uchinchidan, har bir o'quvchining individual fazilat va sifatlarini to'laroq e'tiborga olish muhim hisoblanadi. To‘garak mashg‘ulotlarida talabalarning bilimlarini rivojlantirishga yordam beruvchi mashg'ulotlardan foydalanish, vositalarni ishga solish, kasbga yo‘naltiris maqsadida kasblar to'g'risida ma'lumot berish, kasbga yo'llash, kasbiy yo'l-yo'riq ko'rsatish, kasbiy va iqtisodiy tarbiya, pedagogik-psixologik tashxis ishlariga asoslanilgan pedagogik texnologiyani amalga oshirishdan iborat. Download 47.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling