Buxoro davlat universiteti tuproqshunoslik va geografiya


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/76
Sana05.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#212623
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76
Bog'liq
iqtisodiy geografiya asoslari

Markazlashuv  mujassamlashuvning  bir  ko'rinishidir.  Bu  yerda  ishlab 

chiqarish  korxonalari  yoki  boshqa  tashkilotlar  va  sohalarni  asosan  birgina  shaharda 

joylashuvi  tushuniladi.  Ayni  paytda  mamlakat  yoki  xo'jalik  boshqaruvining  bunday 

tizimi  yakka  hokimlik-monopoliyaga  olib  kelishi  turgan  gap,  bu  esa  maqsadga 

nomuvofiqdir. 

Yuqoridagi  ma'noda  mujassamlashuv  tushunchasi  hamma  vaqt  markaz 




 

30 


tushunchasini ifodalaydi. Shubhasizki, bu markaz balandroq turishi, ko'zga yaqqol va 

darhol tashlanishi lozim. Ammo, «markaz» deganda shaharlarni umuman sanoat yoki 

madaniyat markazi sifatida qarash ham to'g'ri bo'lmaydi. Qolaversa, hamma shaharlar 

ham  sanoat,  madaniyat  markazidir.  Shuning  uchun  shaharning  aynan  qaysi  sanoat 

tarmog'i  markazi  ekanligini  aniqlash  ma'qulroq  hisoblanadi.  Chunonchi,  Angren 

umuman  sanoat  markazi  emas,  balki  ko'mir  sanoatining  markazi,  Marg'ilon  yoki 

Namangan  esa  to'qimachilik,  Asaka  avtomobilsozlik  sanoatining  markazi  ekanligini 

ko'rsatish to'g'riroq bo'ladi. 




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling