Buxoro davlat universiteti tuproqshunoslik va geografiya
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy geografiya asoslari
O'zbek
metallurgiya kombinati xuddi
shunday korxonalardandir). To'qimachilik kombinatlari yigiruv, bo'yoqlash,tayyorlash sexlaridan iborat. Xom ashyo bitta — paxta tolasi yoki pilla mahsuloti. Go'sht kombinatida ham yagona xom ashyo asosida bir necha mahsulot: go'sht, konserva, kolbasa kabi boshqa mahsulotlar olinadi. Uning chiqindisidan, masalan, suyak va qondan qishloq xo'jaligi va tibbiyot sohasida foydalanish mumkin, terisi esa oshlangandan so'ng charmpoyafzal sanoatida ishlatiladi. O'rmon, sement-shifer, kimyo kombinatlarining tuzilishi ham xuddi shunday. Qolaversa, markazlashgan issiqlik elektr stansiyalari ham kombinat xususiyatiga ega, chunki ular ayni paytda elektr energiyasi va par (bug') beradi. Shunday qilib, kombinatsiya sanoat tarmoqlarining ko'pchiligiga xosdir. Faqat mashinasozikda «kombinat» so'zini uchratmaymiz, ammo mohiyatan bu yerda ham u mavjud, zotan metalldan asosiy mahsulot bilan bir qatorda xalq iste'mol mollari ham ishlab chiqariladi. Masalan, Toshkentdagi Chkalov nomli aviatsiya birlashmasi samolyotdan tashqari avtomobil uchun ba'zi bir ehtiyot qismlar, bolalar aravachasi (kolyaska) va shunga o'xshash turli xil xalq iste'mol mollarini ham ishlab chiqaradi. Umuman olganda, ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari o'zaro bog'liq. Chunonchi, ixtisoslashgan korxonalar yoki kooperatsiya va kombinatsiya doirasidagi ishlab chiqarish bo'g'inlari ham u yoki bu ko'rinishda mujassamlashuvni anglatadi. Biroq bu yerda ularning bir joyda to'planganligi, yig'ilganlik darajasi boshqa joylarga nisbatan yuqori bo'lishi lozim, aks holda tom ma'noda mujassamlashuv bo'lmaydi. Mujassamlashuv yoki ixtisoslashuv ayni paytda
shu sohaning rivojlanganligidan dalolat beradi. Ammo bu rivojlanganlik mujassamlashuvda korxona yoki tashkilotning kattaligi, ko'lami bilan o'lchansa ixtisoslashuvda esa u o'z ifodasini yagonaligi, noyobligi va betakrorligida topadi. Hozirgi sharoitda mamlakat iqtisodiyotini ham «pastdan» ham «yuqoridan» qurish lozim. Binobarin, xorijiy davlatlar sarmoyalari orqali yoki ular bilan hamkorlikda barpo etilayotgan sanoat korxonalari uchun ularga zarur bo'lgan texnologik qismlar, detal va dastgohlarni o'zimizda tayyorlash imkoniyatlarini
33
vujudga keltirish zamon talabidir. Shu bilan birga mavjud imkoniyat va resurslardan to'la foydalangan holda mamlakatimiz hududida ko'proq tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirish va jahon bozorida faol ishtirok etishiga katta ahamiyat berish lozim. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling