Buxoro davlat universiteti tuproqshunoslik va geografiya


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/76
Sana05.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#212623
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   76
Bog'liq
iqtisodiy geografiya asoslari

Tabiiy  omillarga  eng  avvalo  yer  va  uning  ustki  tuzilishi,  qazilma  boyliklar, 

iqlim,  suv,  harorat,  tuproq,  o'simlik  va  hayvonot  dunyosi  kiradi.  Bu  xususda  tabiiy 

geografik  bilimlar  zarur  bo'ladi.  Biroq,  tabiiy  geografiya  uchun  tabiat 

komponentlarining  kelib  chiqish  va  rivojlanish  qonuniyatlarini  bilish  talab  qilinsa, 

iqtisodiy  geografiya  va  mintaqaviy  iqtisodiyotda  ana  shu  qonuniyatlarga  tayangan 

holda  bu  komponentlardan  xo'jalik  faoliyatida  foydalanish  yo'llarini  o'rganish  lozim 

bo'ladi.  Shu  jihatdan,  tabiiy  sharoit  va  boyliklarga  baho  berish,  tabiiy  va  iqtisodiy 



 

36 


geografiya (mintaqaviy iqtisodiyot) o'rtasidagi «ko'prikdir». 

Ishlab  chiqarishni  joylashtirish  maqsadida  tabiiy  komponentlar  avval 

«donalab»  tahlil  qilinadi  va  baholanadi.  So'ngra  asosiy  e'tibor  tabiiy  boyliklarning 

hududiy  birikmalariga  qaratiladi.  Bu  esa,  ob'yektga  kompleks,  ya'ni  atroflicha 

yondoshuvni taqozo etadi. 

Yana  shuni  ta'kidlash  kerakki,  ma'lum  bir  tabiiy  komponent  qaysi  bir  xo'jalik 

tarmog'iga  sharoit  bo'lib  xizmat  qilsa,  boshqasi  uchun  u  resurs  «ya'ni  boylikdir». 

Masalan,  yer  qishloq  xo'jaligida  resurs,  boshqa  tarmoqlar  (sanoat,  transportda  u 

asosan  sharoit  vazifasini  o'taydi.  Ob-havo,  harorat  ham  xuddi  shunday.  Yoki 

rekreatsiya  sohasini  olaylik:  bu  yerda  quyosh  nuri,  suv,  qumlik,  o'rmonzor  sharoit 

emas,  balki  resurs  hisoblanadi  va  h.k.  Shu  bilan  birga  ilmiy  texnika  taraqqiyoti 

natijasida  sharoit  resursga  aylanishi  ham  mumkin.  O'z-o'zidan  ma'lumki,  ishlab 

chiqarishni joylashtirishda, yoki aniqrog'i — joy tanlashda avvalambor resurs hisobga 

olinadi. 

Hudud bo'yicha mutaxassis unga atroflicha baho bera olishi, qaysi soha qulay, 

qaysinisiga  esa  noqulayligini  aniqlashi  kerak.  Unutmasligimiz  lozim:  tabiatda 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling