Tayanch tushunchalar
1. Hududiy mehnat taqsimoti - — iqtisodiy geografiyaning asosiy, fundamental
tushunchasi hisoblanadi. Chunki ushbu fanning qolgan barcha tushunchalari, hududiy
mehnat taqsimoti bilan bog'liq.
2. Iqtisodiy rayon - mamlakat xalq xo'jaliginining hududiy jihatdan bir butun qismi
bo'lib, uni hosil bo'lishi bir qancha omillarga bog'liq. Bu omillar tabiiy boyliklar,
mehnat resurslari, hududning yaxlitligi, yirik rayon hosil qiluvchi markaz yoki
markazlarning mavjudligi va, albatta, iqtisodiy geografik o'rin hamda ixtisoslashgan
xo'jalik tarmoqlarining shakllanganligidir.
3. Hududiy ishlab chiqarish majmuallari deb ma'lum bir hududida yoki iqtisodiy
rayonda ishlab chiqarish korxonalari va aholi punktlarini bir-biri bilan bog'liq holda
rivojlanishi va joylanishiga aytiladi.
Testlar
1. Iqtisodiy geografiyaning asosiy tushunchalari orasida qaysi biri ortiqcha?
19
A) HMT
B) Iqtisodiy rayonlashtirish
D) IGO'
E) Mujassamlashuv F) HICHM
2. Hududiy mehnat taqsimoti doimiy «yo`ldoshi» nima?
A) kooperatsiya
B) ixtisoslashuv
D) mujassamlashuv
E) kombinatsiya F) markazlashuv
3. Ma'lum o'xshashlikka eng bo'lgan hududning bir qismiga …… deyiladi.
A) Iqtisodiy mintaqa
B) Iqtisodiy rayon
D) Rayon
E) Mintaqa F) Barcha javoblar noto'g'ri.
4. Hududiy ishlab chiqarish majmualari tushunchasini fanga kim kiritdi?
A) N.N.Kolosovskiy
B) N.N.Baranskiy
D) I.G.Aleksandrov
E) M.K.Bandman F) A.T.Xrushev
5. Qaysi tushuncha iqtisodiy geografiyani «kaliti» hisoblanadi?
A) HICHM
B) Kooperatsiya
D) Iqtisodiy rayonlashtirish
E) HMT F) IGO'
Do'stlaringiz bilan baham: |