Sh. Imomov, N. Sultonov, A. Sodiqov va boshqa bir necha o'nlab mutaxassislar
ilmiy izlanishlar olib borganlar.
Ko'rilayotgan davrda iqtisodiy geografiya fanining ta'rifi ham o'zgarib, zamon
talabiga moslashib borgan. Masalan, agar u, avval turli mamlakat va rayonlar
xo'jaligini, ishlab chiqarish kuchlarini joylanish xususiyatlarini o'rganuvchi fan
hisoblansa, keyinchalik uning predmeti hududiy ishlab chiqaruvchi majmualar,
jamiyatni hududiy tashkil etish va boshqarish bilan tavsiflandi.
O'tgan asrning yetmishinchi yillarida iqtisodiy geografiya sobiq Ittifoqda
rasman “iqtisodiy va sotsial geografya” nomini oldi. Tabiiyki, uning ilgarigi ta'rifi,
ishlab chiqarish geografiyasi ekanligi endigi sharoitga to'g'ri kelmay qoldi. Shuning
uchun an'anaviy iqtisodiy geografiyaning ta'rifi ijtimoiy, noishlab chiqarish sohalari,
aholining turmush sharoiti va tarzining hududiy jihatlari bilan boyitildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |