P.P. va V.G. Semyonov-Tyanshanskiy, K.I. Arsenyev (XIX) kabi rus olimlarining
tadqiqotlari asosan nemis statistikasi va geografryasi ruhida olib borilgan. 1820
yillarda Peterburg universitetining tarix fakultetlarida tashkil etilgan dastlabki
kafedralarning nomi ham «geografiya va statistika» deb atalgan. Bevosita iqtisodiy
geografiya fani uchun esa K.I. Arsenyevning Rossiyani iqtisodiy rayonlashtirilishi
to'g'risidagi ishlari katta ahamiyatga ega.
Xulosa qilish mumkinki, birinchi davrda iqtisodiy geografiya fanining vujudga
kelishiga zamin yaratilgan. Ammo aynan shu nomda bu fanning rasmiy paydo
bo'lishi keyinroq sodir bo'lgan. Chunonchi «iqtisodiy geografiya» nomli ilmiy jurnal
AQShda, shu nomdagi kafedra Germaniya va Rossiyada XX asrning birinchi
choragida tashkil qilingan.
O'zbekistonda iqtisodiy geografiya fanining tarixiy shakllanish va rivojlanish
jarayonini o'rganishda sobiq Ittifoq davrini ham e'tiborga olmoq zarur. Bu davrda
mazkur fan, asosan nemis maktablari ta'sirida, avval Peterburgda rivojlanib borgan.
Unda sof iqtisodiy va xususan tarmoq hamda statistik raqamlarga ko'p ahamiyat
berilganligi sababli iqtisodiy geografiyada «tarmoq-statistika» yo'nalishi ustuvor
bo'lgan. Shuning uchun bo'lsa kerak, XX asrning 20-yillarida iqtisodiy geografiya
iqtisodiyot fanlari tizimiga kiritilgan.
Albatta, fanni faqat raqamlar bilan to'ldirish va geografiyani faqat tarmoqlar
tahlili bilan tushuntirish maqsadga muvofiq emas. Binobarin, asosiy ilmiy manbalari
iqtisodchi
bo'lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |