Sanoat korxonasi – xalq xo'jaligi rejasiga muvofiq ravishda mahsulot
tayyorlash, ishlab chiqarish xizmatlari ko'rsatish bilan shug'ullanadigan ayrim ishlab
chiqarish – xo'jalik birligi. U zavod, fabrika, kombinat yoki karyer bo'lishi mumkin.
Sanoat punkti – bu yerda kamida bitta sanoat korxonasi bo'lishi kerak. Odatda
kichik shaharlar va shaharchalar sanoat punktlari ham hisoblanadi.
Sanoat markazi deb - bir yoki bir nechta sanoat tarmoqlari to'plangan shahar
yoki shaharchaga aytiladi. Odatda markaz tushunchasi mujassamlashuvning natijasi
bo'lib, u shu joyni boshqa joylarga qaraganda yuqoriroq rivojlanganligidan darak
beradi. Shu jihatdan sanoat markazi sanoat punktining yuqori darajasi bo'lib, unda
turli xil sanoat korxonalari va tarmoqlari joylashgan bo'ladi. Demak har qanday
sanoat markazi bu sanoat punktidir ammo aksincha emas. Ilmiy nuqtai – nazardan
sanoat markazini aniqlashda umuman sanoatni emas balki uning alohida yo'nalishini
hisobga olish darkor. Masalan Angren, Zarafshon, Marg'ilon, Muborak sanoat
markazidir (bu hech kimga sir emas). Lekin Angrenni – yoqilg'i, Zarafshonni – rangli
48
metallurgiya, Marg'ilonni – to'qimachilik, Muborakni – tog' ximiya sanoatining
markazlari ekanligini ko'rsatish to'g'riroq bo'ladi.
Bir-biri bilan o'zaro bog'langan ishlab chiqarish korxonalari to'plangan hudud
Do'stlaringiz bilan baham: |