Buxoro davlat universiteti tuproqshunoslik va geografiya
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy geografiya asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intensiv xojalik deb
- Ekstensiv xojalik
- Yer fondi
- Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Tayanch tushunchalar
1. Qishloq xo'jaligi geografiyasi – iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning bir qismi bo'lib, u turli mamlakat va rayonlarda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining hududiy muammolari hamda joylashish qonuniyatlarini o'rganadi. 2. Intensiv xo'jalik deb – maydon birligida (1ga ekin maydonidan) agrotexnika vositalaridan ko'proq foydalanish yoki chorva mollarining ko'proq mahsuldor zotlarini yaratish hisobiga qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtiradigan xo’jaliklarga aytiladi. 3. Ekstensiv xo'jalik deb – qishloq xo'jalik mahsulotlarini ekin maydonlarini kengaytirish yoki chorva mollari sonini oshirish hisobiga yetishtiradigan xo’jaliklarga aytiladi. 4. Yashil inqilob – bu qishloq xo'jaligining zamonaviy texnika asosida tubdan o'zgarishi demakdir. U fan-texnika inqilobi (FTI) namoyon bo'lishining shakllaridan biri. Meksikani yashil inqilobga asos solgan mamlakat deb hisoblasa bo'ladi, chunki XX asrning 60- yillar boshida aynan shu yerda bug'doyning yuqori hosilli yangi qizg'ish navlari yaratildi. 5. Yer fondi – qishloq xo'jaligida foydalaniladigan jami yerlar demakdir.
1. Jahon qishloq xo'jaligida qancha kishi band? A) 1,1 mlrd. kishi
B) 1,5 mlrd. kishi D) 1,4 mlrd. kishi
E) 1,0 mlrd. Kishi F) 1,2 mlrd. kishi 2. Qaysi mamlakat «Yashil inqilob»ga asos solgan mamlakat hisoblanadi? A) AQSh
D) Braziliya
E) Meksika F) Argentina 3. Jahon yer fondi qancha? A) 14,3 mlrd.ga
B) 12,7 mlrd.ga D) 13,4 mlrd.ga
E) 10,8 mlrd.ga F) 11,3 mlrd.ga 4. Intensiv qishloq xo'jaligi qanday davlatlar uchun xos? A) Betaraf
B) Rivojlangan D) Rivojlanayotgan
E) Kam rivojlangan F) Hammasi uchun 56
5. Quyidagi ekinlardan qaysi biri moyli ekinlarga kirmaydi? A) Paxta
B) Kungaboqar D) Soya
E) Araxis F) Shakarqamish Nazorat uchun savol va topshiriqlar 1. Qishloq xo'jalik geografiyasi nimani o'rganadi? 2. Ekstensiv xo'jalik deganda nimani tushunasiz? 3. «Yashil inqilob» qachon sodir bo'ldi? 4. Jahon yer fondi haqida gapiring. 5. Agrosanoat majmuining tarkibiy qismlarini aytib bering. 6. Chorvachilikni uchta asosiy tarmog'i haqida gapirib bering.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling