Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
Tarmoqlar hamkorligining tamoyillari
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
agrobiznes
9.3.Tarmoqlar hamkorligining tamoyillari.
Qishloq xo’jaligi korxonalarida tarmoqlarni muvofiqlashtirishning quyidagi tamoyillari mavjud: - o’z-o’zini mablag’ bilan qoplash asosida ishlab chiqarishni yuritishning eng samarador va iqtisodiy barqaror darajasiga erishish; - xo’jalikning tuproq-iqlim va iqtisodiy o’ziga xosliklarini eng yuqori darajada hisobga olish; - xalq xo’jaligi ehtiyojlarini yuqori sifatli qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash; - qishloq xo’jaligida mulklarning mavjud samara-dorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanish; - mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi mavsumiyligini kamaytirish; - ishlab chiqarish vositalari, eng avvalo traktorlar, kombaynlar va boshqa qimmatbaho mashina hamda jihozlardan samarali foydalanish; 187 - mahsulotlarni realizatsiya qilish punktlarini tashkil qilish, transport chiqimlarini kamaytirish; - korxonaning oziq-ovqat mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, turli xizmatlarga ichki ehtiyojlarini qondirish; - mahalliy aholining kasbiy ko’nikmalaridan foydalanish. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi ixtisoslashish xarakteriga ko’ra asosiy, qo’shimcha va yordamchi sohalar (tarmoqlar)ga bo’linadi. Ishlab chiqarishning bu xilda ixtisoslashuvi er, mehnat va moddiy resurslaridan unumli foydalanish va shu asosda ko’proq xilma-xil qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirish imkonini beradi. Asosiy soha deyilganda yalpi va tovar mahsuloti ulushi jihatidan asosiy o’rinni egallab, korxona iqtisodiyo-tining rivojlanishga salmoqli hissa qo’shadigan soha tushuniladi. O’zbekiston qishloq xo’jaligidagi asosiy soha paxta etishtirishdir. Asosiy soha har bir hududning tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini, mamlakatning u yoki bu turdagi mahsulotlarga talabini hisobga olgan holda tashkil etiladi va bu tarmoq ijtimoiy mehnat taqsimotida qatnashadi. Qo’shimcha soha ham asosiy soha singari tovar mahsulot etishtirsada, lekin u korxonani rivojlantirishda asosiy rolni o’ynay olmaydi, faqat asosiy sohani rivojlantirish uchun sharoit yaratib beradi. Bu sohaga chorvachilik qora-molchilikni kiritish mumkin. Yordamchi soha ishlab chiqarish jarayonida asosiy va qo’shimcha sohalarga xizmat qiladigan sohadir. Yordamchi sohaga ta’mirlash, duradgorlik va boshqa turdagi ustaxonalarni, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini kiritish mumkin. Lekin yordamchi soha tovar mahsuloti ishlab chiqaradigan soha hisoblanmaydi. Sohalarning ishlab chiqarish jarayonida tutgan o’rni ularning yalpi daromad hosil qilishdagi ulushi bilan aniqlanadi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling