Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
agrobiznes
Taqrizchilar: Murtazayev O. – ТDIU Samarqand filiali direktori. i.f.d.professor. Navro’zzoda B.N. –BuxDU «Servis sohasi iqtisodiyoti” kafedrasi professori, i.f.d . 3 KIRISH Maʼlumki, taʼlim tizimi mamlakatimiz kelajagini, avlodlar vorisli- gini taʼminlovchi asosiy vositadir. Har qanday davlatda osoyishtalik va farovonlikning asosi, poydevori boʼlib maʼrifatlilik darajasi hisoblanadi. Yuksak maʼnaviyatli iqtisodchi kadrlarning tarbiyasida va uni amalga oshirish jarayonida maʼnaviyat sohasining bir necha funktsiyalari erkin amalga oshib boradi. Insoniy jamiyatni faqatgina ongli, aql-tafakkurli, salohiyatli kishilar yaratadi. Yaratuvchanlik salohiyatini oʼstirmay, ong, saviya, dunyoqarashni taraqqiy ettirmay turib, jamiyatni, millat turmushini oʼzgartirib boʼlmaydi. Shunday ekan, mamlakat kelajagi hisoblangan yosh avlod dunyoqarashini shakllantirish, ularga oʼzligini anglatish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Bu jihatdan biz yoshlarda zamonaviy bilimlarni shakllantirish, jahon andozalariga moslarini rivojlantirish yoʼlidan borishimiz kerakligi zamon talabi boʼlib maydonga chiqadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda taʼlim-tarbiya sohasidagi yangilanish va takomillashtirish jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab olingan ustuvor vazifalar – sohada kuchli taʼlim- tarbiya tizimi yoʼlga qoʼyildi, oʼqitiladigan fanlar, oʼqituvchi-murabbiy- lar professionallashdi. Bu esa yosh avlodni, ular qanday soha yoki muta- xassislikda taʼlim olmasin, zamon talablariga javob beradigan, har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlar qilib tarbiyalashda bosh maqsad sifatida belgilab berishga asos boʼlib xizmat qiladi. Maqsadlar amalga oshirilishida maʼnaviy-maʼrifiy omillarning oʼrni, iqtisod sohasida taʼlim olayotgan va faoliyat olib borayotgan kadrlar faoliyatida uygʼunlashuvi borasidagi aniq moʼljal va prognozlarni ishlab chiqish, bu jarayonda amal qiladigan kuchli mexanizmni aniqlashtirib olish ushbu sohada yanada chuqurroq ilmiy tadqiqotlarga boʼlgan zaruratni keltirib chiqaradi. Bugungi kunga kelib taʼlim insoniyat faoliyatining barcha jabhalariga yangi texnologiyalarning kirib borishi, raqobatbardoshlik oʼsishi va aholining turmush darajasi oshishining asosiy sharti boʼlib xizmat qilmoqda. Haqiqatan ham, bugungi kunda oliy taʼlimning deyarli barcha jabhalarida taʼlim jarayonini tashkil etish, oʼquv adabiyotlarini shakllantirish jarayoni tubdan qayta koʼrib chiqilmoqda. Zamonaviy oʼquv adabiyotlarini yaratish taʼlim jarayonini tashkil etishning asosiy sharti hisoblanganligi sababli, taʼlim jarayonini tashkil 4 etishning innovatsion faoliyati bu borada qator ustuvorliklarga ega boʼlgan oʼquv adabiyotlarini yaratishni talab etadi. “Agrobiznesni tashkil etish va boshqarish” fanidan tayyorlangan mazkur oʼquv qoʼllanma Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida”gi PF-4947-son Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-2909-son, 2017 yil 30 iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ- 5099-son, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-3151- son Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy- huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar doirasida shakllantirilgan. Oʼquv qoʼllanmani tayyorlashda oliy taʼlim muassasalarida talaba- larni kasbiy tayyorlash jarayonida oʼqitishning didaktik vositalarini qoʼllash muammosi boʼyicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida qator: oʼqitishning anʼanaviy va zamonaviy didaktik vositalari asosida talabalarnig ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishning integrativ texnolo- giyasi (Chicago university, Аmerika); taʼlim oluvchilarning kasbiy shakllanishiga maqsadli kompleks taʼsir koʼrsatish metodikasi (Institute named after Frica Bauer, Germaniya); oʼquvchilarni intellektual va psixoemotsional rivojlantirish tizimi (National Advice on pedagogical technology, Аngliya); oʼquvchilarda loyihalashtirish koʼnikma va malakalarini rivojlantirishga oid taʼlimning yangi texnologiyalari (Pedagogik texnologiyalar markazi, Rossiya); kabi qator tajribalardan keng foydalanildi. Oʼquv qoʼllanma oʼquvchi-talabalarni ijodiy fikrlashga, oʼzgaruv- chan vaziyatlarga oʼrgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish jarayonlariga moʼljallangan boʼlib, talabalarda mustaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash jarayonlari uchun moʼljallangan. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling