Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/91
Sana11.08.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1666349
TuriУчебник
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91
Bog'liq
agrobiznes

1.1- jadval. 
2017-2019 yillarda iqtisodiy faoliyar turlari bo’yicha YaIM 
tarkibi (jamiga nisbatan foiz hisobida) 
Manba: 
www.stat.uz
 
Qishloq 
xo’jaligi, 
oziq-ovqat 
va 
to’qimachilik 
sanoati 
O’zbekistonning iqtisodiyoti va aholisining farovonligi uchun ulkan 
ahamiyat kasb etadi. Mamlakat yalpi ichki daromadining uchdan bir 
qismidan ortiqrog’i qishloq xo’jaligining hissasiga to’g’ri keladi. 
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chet elga sotishdan tushgan tushumlar 
O’zbekistonning umumiy eksport daromadlarining 25 foizigacha tashkil 
qiladi. Qishloq xo’jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish 
sohasi shu bilan birga butun mamlakat bo’ylab ko’plab qishloqlar 


11 
va kichik shaharlarning iqtisodiy o’zagi hisoblanadi, zero u joylarda 
qishloq xo’jaligidan tashqari boshqa muqobil daromad manbalari 
mavjud emas. 
2017-2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarining qiyosiy tahlili sanoat 
tarmog’i ulushining 30,0 % gacha oshishi (2018-yilda - 26,5%, 2017-
yilda - 22,2 %) va qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi tarmog’i ulushining 
28,1 % gacha (2018-yilda - 31,5 %, 2017-yilda - 34,0 %) kamayishi 
bilan bog'liq bo'lgan tarkibiy o'zgarishlarni qayd etish imkonini beradi 
(1.1-jadval).
Manba: 
www.stat.uz
 
1.1-rasm.  2019 yilda YaIMning iqtisodiy faoliyar turlari 
bo’yicha mutlaq o’sish sur’atlari (o’tgan yilga nisbatan foiz 
hisobida) 
2019-yil yakunlariga ko`ra, qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligida 2,5 
% darajasida ijobiy o`sish qayd etildi. Qishloq, o`rmon va baliq 
xo`jaligida ijobiy o`sish sur’atlari dehqonchilik mahsulotlarini ishlab 
chiqarishning 3,7 % ga va chorvachilik mahsulotlarini ishlab 
chiqarishning 1,7 % ga o`sishi bilan bog’liq. 
O’zbekiston chet elliklarga o’zining Buyuk Ipak Yo’li bo’ylab 
joylashgan qo’hna shaharlari bilan, va albatta, o’z paxtasi va meva-
sabzavot mahsulotlari bilan mashhur. Shu sababli qishloq xo’jaligi oziq-
ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish 
mamlakatga kelgusida yanada ko’proq foyda keltirishi kutilmoqda. 


12 
Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yer maydonlari respublika 
hududining 45 foizini egallaydi, aholining qariyb 50 foizi qishloq 
joylarda istiqomat qiladi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling