Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
agrobiznes
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchisi
Uchinchisi – agrar sektorni davlat tomonidan tartibga solish
tizimini o‘zgartirish: tashkiliy tuzilmalarni qayta qurish va qishloq xo’jaligini boshqarish usullarini o‘zgartirish. Texnika va asbob- uskunalarni yetkazib berish uchun lizing munosabatlari shakllana boshladi, qishloq xo‘jaligi faoliyatini ixtiyoriy sug‘urta qilish rivojlandi. To‘rtinchisi – talab va taklifni hisobga olgan holda bozor infratuzilmasi va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish. Isloh qilishning mazkur yo‘nalishi qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining kommunal xo‘jaligi va ijtimoiy infratuzilma ob'ektlarini saqlab turish funksiyalaridan xalos etilishi bilan bog‘liq. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekistonda respublikamizning o‘ziga xos xususiyatlari va sharoitlarini xalqimizning, mentaliteti, an'analari, urf-odatlari va turmush tarzini, shuningdek o‘tmishdagi iqtisodiyotni bir tomonlama rivojlantirishning og‘ir oqibatini har tomonlama hisobga olishga asoslangan o‘ziga xos agrar siyosat ishlab chiqildi. O‘zbekistonda mamlakatimizning mavjud ishlab chiqarish salohiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqilib, amalga oshirilayotgan davlat agrar siyosati quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘ydi: 1) paxta xomashyosi yetishtirishni mamlakatimizning yillik eksport va valyuta balansini barqarorlashtirish uchun zarur bo‘lgan hajmda saqlab qolish; 2) mamlakatimizning iqtisodiy suverenitetini ta'minlash uchun g‘alla mustaqilligiga erishish; 3) sanoatni hamda ijtimoiy infratuzilma va bozor infratuzilmasini rivojlantirish uchun qishloq xo‘jaligida shakllangan daromadning bir qismini boshqa tarmoqlarga qayta taqsimlash; 4) qishloq aholisining turmush darajasini yaxshilash va farovonligini oshirish. Yer islohotining amalga oshirilishi natijasida qishloqda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun asos solindi. 10 Bularning barchasi xususiy sektorda ishlab chiqarishning tez o‘sishiga va qishloq oilalari real daromadlarining oshishiga xizmat qildi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling