5
1.1. Qishloq xo’jaligining respublikani ijtimoiy- iqtisodiy
rivojlanishida tutgan o’rni va ahamiyati
1.2. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida agrar
sohani rivojlantirish yo’llari
1.3. “Agrobiznesni tashkil etish va boshqarish” fanining
predmeti, maqsadi, usullari va vazifalari
1.4. Agrobiznes tushunchasi.
1.1. Qishloq xo’jaligining respublikani ijtimoiy- iqtisodiy
rivojlanishida tutgan o’rni va ahamiyati
O’zbekiston Markaziy Osiyoning qulay hududida joylashgan. Uning
hududida azaldan insoniyat uchun nihoyatda kerakli hisoblangan turli
xildagi qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Chunki bu
hududda tabiiy-iqlim sharoitlar yetarlidir. Jumladan, Respublikada yillik
samarali temperatura 26-30° ni tashkil etib, quyoshli soat 3600 dan ortiq
bo’lib, bir yilda bir necha marta hosil olish imkonini beradi.
O’zbekistonning jami yer maydoni 44,9 mln. gektar (2018 y.) bo’lib,
shundan 45,08 foizini turli xildagi qishloq xo’jalik korxonalari,
tashkilotlari hamda dehqon xo’jaliklari foydalanadilar.
Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston
agrar siyosatining
asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat bo‘ldi: qishloqda mulkdorlar
sinfini tashkil etgan holda yerni
uzoq muddatli ijaraga berish, bozor
munosabatlarini takomillashtirish, qishloq tovar ishlab chiqaruvchilariga
xizmatlar
ko‘rsatuvchi
infratuzilma
ob'ektlarining
faoliyatini
rivojlantirish, yer-suv resurslaridan oqilona
va samarali foydalanish,
yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ilg‘or
texnologiyalarni qo‘llash.
Qishloq xo'jaligi - bu jahon iqtisodiyotining muhim sohasi bo'lib, u
o'simlik va hayvonot manbalarini rivojlantirish bilan bog'liq sohalar
majmuasidir. Uning barqaror rivojlanishi ishlab
chiqarish vositalarini
Do'stlaringiz bilan baham: