Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
“Agrobiznesni tashkil etish va boshqarish” fanining predmeti
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
agrobiznes
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanni ma qsadi
1.3. “Agrobiznesni tashkil etish va boshqarish” fanining predmeti,
maqsadi, usullari va vazifalari. Agrobiznes qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishga qaratilgan agrosanoat majmuasi tizimida iqtisodiy tadbirkorlik faoliyati sifatida belgilanishi mumkin. Bunday biznesning asosini yagona bo’lgan bozor tashkil etadi. Agrobiznesning maqsadi qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talabni to’liq qondirish orqali daromadlarni maksimal darajada oshirishdir. Bugungi zamonaviy iqtisodiyyotni raqobatbordoshligi sharoitida mahalliy agrobiznes ichki va tashqi bozorda sog’lom raqobat qilish qobiliyatiga muhtoj. Buning uchun esa, bugungi kunda agrobiznesni tashkil etish va uni boshqarish ilmini chuqurroq o’rganishni talab etadi. Agrobiznesni tashkil etishning o’ziga xos xususiyati biznesning ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlash tarmoqlari sub’ektlari o’rtasidagi yaqin hamkorliklari va o’zaro munosabatlarini o’rnatishdir. Bu yerda xususiy tadbirkorlar va firmalar, keyinchalik qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotishdan foyda ko’radilar. Qishloq xo’jaligini samarali rivojlantirish uchun zarur bo’lgan zamonaviy texnika va uskunalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan yaqin hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega. Fanni ma qsadi - talabalarga hozirgi qishloq xo’jaligini modernizatsiyalash sharoitida agrobiznesni tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini huquqiy davlat tomonidan qo’llab - quvvatlash, agrobiznesda ixtisoslashtirish va joylashtirish, agrobiznesda yer va suv resurslaridan, moddiy-texnika va mehnat resurslaridan foydalanishni tashkil etish, agrobiznesni boshqarish, qishloq xo’jaligi tadbirkorligida biznes reja, innovatsion loyihalarni boshqarish, agrobiznesda moliya, kredit munosabatlari, marketing va uni strategik rejalashtirish, ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatishda agrobiznesni tashkil etish, mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish, tadbirkorning etikasi, qarorlarini qabul qilish, xavf-xatarni va axborot texnologiyalarini 21 boshqaruv faoliyatini amaliyotda tadbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va xizmatlar jarayoniga uslubiy yondoshuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanmaydigan korxonalar, firmalar, zamonaviy agrobiznes birlashmalari uchun tobora yirik firmalar (obyektlar)da xo’jalik faoliyatini kontsentratsiyasi va markazlashtirish bosqichma-bosqich mustahkamlash tabiiydir. Qishloq xo’jaligi sohasida agrobiznesning asosiy tendentsiyasi bitta korxonada ishlab chiqarishning eng kam miqdori muttasil oshib borishi jarayoni hisoblanib, bu fermer xo’jaliklarining umumiy sonini kamaytirish va yirik fermer xo’jaliklarining rolini oshirishga xizmat qiladi. Biroq, rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari hali kichik va o’rta fermer xo’jaliklaridan ozod bo’lolmaydi. Bu, xususan, qishloq xo’jaligini sanoatlashtirish, uning monopollashuvi oziq-ovqat narxining oshishiga, uning assortimentini torayishiga va sifatning yomonlashishiga olib keladi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling