Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
Tadbirkorlik faoliyati va uni rivojlantirishning ijtimoiy-
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
agrobiznes
2.2.Tadbirkorlik faoliyati va uni rivojlantirishning ijtimoiy-
iqtisodiy ahamiyati. Mustaqillikka erishilgan dastlabki yillardan kichik biznesni rivojlantirishga mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltiruvchi muhim sohalardan biri sifatida alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Prezidentimiz mustaqil taraqqiyot davrining boshidanoq kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish biz uchun muhim vazifa bo’lib qolishini alohida ko’rsatib berganlar. Bunda, iqtisodiyotning mazkur sohasi uch asosiy masalani hal etishi kerakligiga alohida urg’u berib o’tilgan. Birinchidan, yaqin 5-10 yil ichida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari mamlakat yalpi ichki mahsulotining 50-60 foiziga yaqinini ishlab chiqarishi kerak. Ikkinchidan, ular aholi bandligi va daromadlari o’sishining eng muhim manbai bo’lmog’i zarur. Uchinchi masala – mulkdorlar sinfini mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni taminlaydigan asosiy kuch sifatida shakllantirish zarur. Mazkur vazifalardan kelib chiqan holda, mamlakatimizda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar orqali eng avvalo iqtisodiy manfaatlarni ro’yobga chiqarishning muhim vositasi hisoblangan mulkchilik munosabatlarini mazmunan o’zgartirishga harakat qilindi. Rejali iqtisodiyot sharoitida asosan davlat mulki monopoliyasining hukmronligi va bu munosabatlarga o’ta rasmiyatchilik bilan yondashuv 29 mulkchilik munosabatlarining samaradorligini deyarli yo’qqa chiqargan edi. Shunga ko’ra, mamlakatimizda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning markaziy yo’nalishi ko’p ukladli iqtisodiyotni yaratish, o’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish muammolariga qaratildi. Iqtisodiyot nodavlat sektorining shakllanishida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining ta’siri ahamiyatli bo’ldi. Bu boradagi islohotlarning maqsadga yo’naltiril- ganligi, har tomonlama asoslanganligi va izchilligini ta’minlash maqsadida hukumat darajasida mulkni davlat tasarufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi ishlab chiqilib, iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Ma’lumki, tadbirkorlikning rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan jihat – bu ularning qimmatli vaqtlarini olib, o’zining murakkabligi va takroriyligi bilan noxush taassurot paydo qiladigan moliyaviy, statistik va boshqa turdagi hisobotlarni topshirish jarayoni hisoblanadi. Aynan mana shu jarayonning tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sirini kamaytirish va tartibga solish maqsadida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 iyuldagi PQ-100- sonli «Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to’g’risida»gi Qarori mamlakatimizdagi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini ham soddalashtirish, ham takomillashtirish imkonini berdi. Xususan, 2005 yil 1 iyuldan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan soliqlar, yig’imlar, ajratmalar hamda boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha barcha hisob-kitoblarni davlat soliq xizmati organlariga har oyda taqdim etishdan har chorakda taqdim etishga o’tkazildi. Shuningdek, mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan moliyaviy va statistik hisobotlarning ayrim shakllarini (masalan, buxgalteriya balansidan iborat moliyaviy hisobot, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotnoma) yilda bir marta, statistik hisobotni – hisobot turlariga qarab har chorakda yoki har yilda bir marta taqdim etish tartibi belgilab berildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling