Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/91
Sana11.08.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1666349
TuriУчебник
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91
Bog'liq
agrobiznes

 
4.4. Agroklasterlarni boshqarish. 
Klaster murakkab shakllanish ekan, uni qurish bir necha bosqichda 
amalga oshirilishi kerak. Klaster menejmentining tashkiliy tuzilishi 
haqida gapirganda, maqsadlar tizimi va ularning tizimning turli xil 
boshqaruv bo'g'inlari o'rtasida taqsimlanishi, shuningdek bo'limlar 
tarkibi, tizim ichidagi aloqalar, vazifalar va funktsiyalarni taqsimlash, 
tashkilot ichidagi markazlashtirish va markazsizlashtirish nisbati aks 
ettirilgan bo'lishi kerak. Bundan tashqari, klasterlarni boshqarish tizimi 
ichki omillar, klaster tuzilishini shakllantirish va ishlashi uchun tashqi 
sharoitlarni amalga oshirish ta'siri ostida quriladi. 
Paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish va boshqarish. 
Paxtachilikda: ishlab chiqarish jarayonlarini tezkor yangilash va 
ilg‘or texnologiyalar asosida modernizasiya qilish va korporativ 
boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etishning sustligi; paxta 
tozalash korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatini diversifikasiyalash 
bo‘yicha choralarning o‘z vaqtida ko‘rilmaganligi; regionda agrosanoat 
korxonalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitining yo‘qligi hamda 
ularning samarali faoliyati uchun qulay huquqiy, tashkiliy shart-
sharoitlarning yaratilmaganligi sababli tarmoqning investisiyaviy 
jozibadorligining pastligi; 


100 
to‘qimachilikda: sanoatning boshqaruv tizimi tarmoqning 
zamonaviy rivojlanish tendensiyalariga javob bermasligi; korxonalar 
laboratoriyalarida sifat menejmentining zamonaviy tizimlarini joriy etish 
past darajadaligi, shu sababli mahalliy mahsulotlarni yirik xorijiy savdo 
bozorlariga chiqarishga, eksport salohiyatini yuksaltirishga hamda 
mahsulotlar sifati va xavfsizligiga bo‘lgan ishonchni oshirishga
tarmoqning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushining oshishiga 
to‘siq bo‘lmoqda. 
Meva-sabzavotchilik klasterlarini tashkil etish va boshqarish. 
Meva-sabzavotchilikda: mahsulotni yetishtiruvchilar va tayyorlov-
chilar o‘rtasida meva-sabzavot bozorlarida xaridorgir ekinlar va ularning 
navlarini joylashtirish masalalarida o‘zaro hamkorlikning bozor 
mexanizmlaridan to‘liq foydalanilmayotganligi; kichik qishloq xo‘jaligi 
tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan shartnoma intizomiga rioya 
qilish darajasining pastligi; qishloq ho‘jaligida mexanizasiyalashtirish
zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, ularni saqlash va tashish, 
qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining mustaqil 
ravishda tashqi bozorga chiqishi uchun moliya resurslarini jamg‘arishda 
qulay imkoniyatlarning yo‘qligi; meva-sabzavot bozorlarida xaridorgir 
bo‘lgan yuqori hosildorlikka ega va sifatli navlarning urug‘i, ko‘chati 
bilan qoniqarli ravishda ta'minlanmaganligi va shu kabi muammolarni 
bartaraf etish chora-tadbirini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Shu 
bilan 
birga 
zamonaviy 
axborot-kommunikasiya 
texnologiyalari 
yetarlicha joriy qilinmaganligi sababli xomashyoni qabul qilish, tashish 
va qayta ishlash hamda tayyor mahsulotlarni realizasiya qilish 
jarayonlari ustidan kerakli darajada nazorat tizimining mavjud emasligi; 
xomashyo va ishlab chiqarish resurslarining nooqilona taqsimlanishi; 
logistika va muhandislik infratuzilmasini tashkil etishdagi kamchiliklar 
tarmoqning asosiy muammolari hisoblanadi Bu muammolarni bartaraf 
etmaslik natijasida ishlab chiqarish quvvatlari-ning ancha qismi to‘xtab 
qolyapti, iqtisodiy yo‘qotishlar oqibatida mahsulotlarning tannarxi 
oshib, ishlab chiqarish rentabelligi pasaymoqda. Soha korxonalarida 
yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilishning 
barqaror ustunlik qilishi, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor 


101 
mahsulotlarni ishlab chiqarish va jahon bozorlarida munosib 
raqobatlashishga qodir bo‘lgan milliy brendlarni shakllantirishning 
yetarli darajada emasligi sanoat korxonalari daromadlarini oshirish 
imkonini bermayapti. Kadrlar tayyorlash tizimi agrosanoatning real 
ehtiyojlariga javob bermaydi, soha tarmoqlarini rivojlantirishning 
dolzarb masalalari bo‘yicha o‘qitishning innovasion yo‘nalishlarini joriy 
etish va ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish yuzasidan xalqaro 
hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling