Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
-rasm. Meva-sabzavot klasteri zanjirida uzum ishlab chiqarish
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
agrobiznes
4.4.-rasm. Meva-sabzavot klasteri zanjirida uzum ishlab chiqarish,
qayta ishlash va realizatsiya qilish jarayoni 14 . Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribalarni hamda respublikamizda meva-sabzavot tarmoqlarini rivojlantirish uchun qabul 14 Eshonqulov S.X., Urdushev X. Meva-sabzavot klasterda uzum ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotishni optimallashtirish masalalari//“Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel', 2019 yil. http://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqolalar/Murodova.pdf 103 qilingan me'yoriy-huquqiy asoslarini o‘rganish, meva-sabzavotchilik klasterini: qishloq xo‘jaligini diversifikasiya qilish, hududlar tabiiy- iqlim sharoitlariga mos, serhosil va eksportbop meva-sabzavot ekinlari navlarini joylashtirish, eksportga yo‘naltiriladigan xaridorgir va raqobatbardosh mahsulotlarni yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va sotish jarayonlariga yangi texnologiyalarini joriy etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, meva-sabzavot yetishtirish va qayta ishlash jarayonidagi ishtirokchilarning moddiy manfaatdorligini ta'minlash jarayonlarni to‘liq qamrab oluvchi tizim sifatida shakllantirish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi. Klaster quyidagi vazifalarni o‘zida mujassamlashtiradi: • meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va sotishga chuqur ixtisoslashish; • meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qabul qilish, tozalash, saralash, quritish hamda qayta ishlashda yangi innovasion texnologiyalarni joriy etish; • yer maydonlaridan foydalanish: ajratilgan yer maydonlaridan samarali va unumli foydalanish, maydonlarga sifatli, jahon andozalariga mos eksportbop meva, uzum va sabzavot ekinlarni joylashtirish, samarasiz va istiqbolsiz qishloq xo‘jalik ekinlari o‘rniga bosqichma- bosqich meva, uzum va sabzavot ekinlari joylashtirish; • meva-sabzavot yetishtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, ulardan mintaqa va hududiy sharoitlarda keng foydalanish, meva-sabzavotchilik sohasiga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish; • eksportga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularning seleksiyasi va urug‘chiligini klaster hududlarida o‘zlashtirish, rivojlantirish, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; • serhosil meva, uzum va sabzavot ekinlarini ekish, mahsulot yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va sotish jarayonini to‘liq qamrab oluvchi tizimni shakllantirish, shuningdek zamonaviy innovasion, resurs tejamkor texnologiyalarni meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish jarayonlariga joriy qilish; 104 • malakali yangi ish o‘rinlarini tashkil etish etish. Meva- zabavotchilik klasteri tomonidan amalga oshiriladigan investisiya loyihalarining prognoz parametrlari quyidagi investisiya loyihalaridan shakllantirilishi mumkin: • mavjud bog‘ va tokzorlarni takomillashtirish, rekonstruksiya qilish; • zamonaviy issiqxona komplekslari tashkil qilish; • yangi intensiv bog‘dorchilik va uzumchilik xo‘jaliklarini tashkil qilish; • zamonaviy qishloq xo‘jalik texnikalari parklarini shakllantirish; • ko‘p tarmoqli sanoat muzlatkichli logistika markazlari (katta sig‘imli sanoat muzlatgichlari, mahsulotni qayta ishlash vositalari)ni shakllantirish; • maxsus transport vositalari (maxsulotlarni eksportga tashuvchi refrijerator yuk mashinalari, traktor vositalari, osma va tirkamali texnikalar)ni shakllantirish; • eksportbop mahsulotlar yetishtirish va ularni qayta ishlash. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling