Har bir oziqlantirishdan keyin qo‘shimcha sug‘oriladi


Download 15.39 Kb.
Sana23.01.2023
Hajmi15.39 Kb.
#1112284
Bog'liq
uzum o\'g\'itlash


Yangi tokzorlarni to’g’ri o’g’itlash mo’l hosil olishga ko’mak beruvchi jarayonlardan biridir. Ho’sh, bu qanday amalga oshiriladi?

Agarda tokzorlar barpo qilishdan oldin tuproqni chuqur haydab o‘g‘itlar solingan bo‘lsa, unda ko‘chat hosilga kirguncha deyarli o‘g‘itlamasa ham bo‘ladi.


Bordiyu ilgari boshqa ekinlar bilan band bo‘lgan yerlarga tok ekiladigan bo‘lsa, tok ko‘chatini o‘tqazish paytida har bir chuqurchaga o‘g‘it solinadi. Bunda har bir chuqurchaga 500-600 gramm superfosfat 4-5 kg chirindiga aralashtirib solinadi va ustidan tuproq tortiladi.
Bunday tokzorlarda ikkinchi yili qo‘shimcha oziq sifatida 90 kg/ga azot, 60 kg/ga fosfor va 40 kg/ga kaliy beriladi.
Hosilga kirgan tokzorlarni yil sayin o‘g‘itlab turish kerak. Har bir xo‘jalikning tuproq sharoitlariga, tokning yoshiga va holatiga hamda mo‘ljallangan hosildorlikka qarab o‘g‘it normasi belgilanib boriladi.
Go‘ng gektariga 30-40 tonna hisobidan solinadi. Hosilga kirgan har bir gektar tokzorga 180 kg azot, 160 kg fosfor va 90 kg kaliy o‘g‘itlari beriladi.
Mineral o‘g‘itlar bahorda 120 kg/ga azot, 90kg/ga fosfor va 60kg/ga kaliy hisobida qo‘llaniladi. Ikki-uch yilda bir marotaba mineral o‘g‘itlar egat oralab 50-60sm chuqurlikda solinadi va bir vaqtning o‘zida tuproqning pastki qatlamlari yumshatib boriladi.
Hosilga kirgan toklar o‘suv davrida ikki marta qo‘shimcha oziqlantiriladi: birinchisi may oyida gullashga 15-20 kun qolganda gektariga 60 kg azot, 45 kg fosfor va 30 kg kaliy hisobidan, ikkinchisi gullagandan 10-15 kun o’tgach gektariga 45 kg fosfor 30 kg kaliy, 60 kg azot hisobidan o‘g‘itlanadi.
Har bir oziqlantirishdan keyin qo‘shimcha sug‘oriladi.
Uzumzor va bog‘larga yaxob ya’ni chilla suvi berish qishki tadbirlar ichida juda muhim hisoblanadi. Yaxob berish ekin maydonida nam zaxirasini hosil qilish va ekinning unib chiqishi va normalrivojlanishi uchun sharoit yaratish maqsadida haydalma yerlarni va bog‘larni qishda va erta bahorda sug‘orish jarayonidir.

Xalq ichida: «Chilla suvi — tilla suvi» iborasi bejiz ishlatilmaydi. Chunki yaxob suvi bilan birga tuproqdagi tuzlar ham yuviladi.


Yaxob grunt suvlari 3 m dan chuqur joylashgan avtomorf tuproqlarda yaxshiroq samara beradi. Turli darajada sho‘rlangan gidromorf tuproqlarda yaxob sho‘r yuvish vazifasini bajaradi. Yaxob suv berish jarayonida tuproqda qo‘shimcha namlik yaratish bilan bir qatorda yerni muzlashi xisobiga o‘simlik kasallik va zararkunandalari, urug‘lari, tuxumlari, g‘umbaklari, kasallik keltiruvchi va chiqaruvchi zararli zambrug‘lar nobud bo‘ladi. Qishda suvning goh muzlab goh erib turishi hisobiga kesaklar orasini yumshatadi, agar shudgor kuzda sifatsiz qilingan bo‘lsada, katta-katta kesaklar uvoqlanadi, eziladi. Yaxob berish muddati qish chillasiga to‘g‘ri keladi.

Tuproqlarning mexanik tarkibiga ko‘ra chilla suvi berishda dalalar pollarga olinishi tavsiya etiladi. Pol orasi 80-100 m dan katta bo‘lmasligi kerak. Yengil va qatlami yupqaroq tuproqlarda yaxob ekish oldidan o‘tkaziladi. Ya’ni yerni ekishga


Tayyorlashdan oldin sug‘oriladi. Yaxob tekis yerlarda morza olinib, nishabli yerlarda aylanma yoki dandana ariq olib beriladi. Yaxob texnikasi ekinlarni sug‘orish texnikasi bilan deyarli bir xil.

Chilla suvi sarfi turlicha bo‘ladi: tagzamini qum yoki shag‘al bo‘lgan 0,5-1 m qalinlikdagi tuproqlarda 1000-1800 m3/ ga, qalin avtomorf tuproqlarda 2500 m3/ ga gacha boradi. Chilla suvi singuvchan bo‘ladi. Shu sababli bog‘bonu-dehqonlar bog‘ va tokzorlarni, quruq tuproqli yerlar shudgorini chillada albatta sug‘oradilar. «Tilla suvi»ga qongan yerlar va tokzorlar yozgi suv tanqisligi paytida xa deganda chanqamaydi. Bu suvga to‘yingan yerlarda hosil mo‘l bo‘ladi. Chunki chilla suvi zararli xashorotlarning qishlab qolayotgan avlodlari, g‘umbaklari, urug‘lariga qiron keltiradi.

Tuproqqa singan suv yerni to‘yintiradi. Keyinchalik bu namlik yuzaga ko‘tarilib tuproqni nam zaxirasini yaxshilaydi. Yaxob berish jarayoni maromiga yetkazib bajarilganda va tuproq normal darajada yetilgandan so‘ng, yerga o‘z vaqtida ishlov berilgan holda ekin ekilganda, o‘simlikning dastlabki o‘suv davridagi ortiqcha sug‘orish ishlarining oldi olinadi. Bu bilan begona o‘tlarning ko‘payib ketishi va ortiqcha mehnat talabi kamayadi. Sababi yaxshi yaxob berilmasdan ishlangan yerga ekin ekilganda tuproq namligi tezda kamayib o‘simlikning suvga bo‘lgan talabi tezda seziladi va yerni sug‘orishga to‘g‘ri keladi. Natijada, begona o‘tlar ko‘payib ularga qarshi chora ko‘rish va yerni yumshatish, chopiq qilish ishlarini qo‘shimcha tarzda bajarishga to‘g‘ri keladi.
Bog‘ va tokzorlarda yurtimizga 25 dekabrdan qish oyining chillasi kirib
Keladi. Bu paytda bog‘bonlarimiz
Bog‘lariga chilla suvini berishsa
Bo‘laveradi. Chilla suvining mevali daraxtlar uchun juda katta foydasi bor. Birinchidan, yil buyi daraxt pustlog‘iga in quyib uni yemirayotgan xar hil kana hamda zamburug‘lar sovuq tushgan sari pastga qarab yuradi. Shu chilla suvi berish jarayonida tunda sovuq bulishi natijasida shu zararli xashoratlar qiriladi. Ikkinchidan yaxshilab chilla suvi ichgan mevali bog‘lar yozning saratonida yaьni yozning chillasida tez chanqab qolmaydi. Sababi qishgi chilla suvida suvga to‘yingan daraxt yoz chillasi uchun o‘ziga zaxira qilib oladi. Shuning uchun chilla suvi bog‘larimiz uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan agrotexnik jarayon hisoblanadi. Bog‘larda qishning so‘nggi fevral oyida ham dala ishlar davom ettirilishi zarur. Bu bo‘lg‘usi hosilga puxta zamin tayyorlaydi. Shuning uchun meva-uzum ekinlarini yaxshi o‘sishi va yuqori hosil berishida tuproqda namlikni saqlash va uni to‘plashga yo‘naltirilgan agrotadbirlar o‘tkazilishi kerak. Agar yanvarda yaxob suvi berilmagan bo‘lsa, fevral oyida 1-2 marta bog‘ va tokzorlarda yaxob suvi berish zarur. Bunda har gektarga 1500-2000 m3 suv sarflanib, 4-5 kun sug‘oriladi. Yaxob suvi ichgan meva daraxtlari va toklarning asosiy ildizlari joylashgan qismlari yaxshi namlanadi. Bu esa ekinlarning qo‘zg‘alish energiyasini kuchaytiradi.

Shuningdek, yaxob suvi berilganda tuproq 2 m chuqurlikkacha to‘liq namlanadi. Natijada sug‘orish soni 1-2 taga qisqarib, 700-1400 m3 suv tejaladi.

Bog‘ va tokzorlarda yaxob suvi berish afzalliklari:

— daraxt tanasida qishlaydigan zararkunandalar va zamburug‘larning yo‘q bo‘lishi (qirilishi)ga olib keladi;

– qishki qo‘rg‘oqchilikda namlikning yetarli bo‘lishi natijasida daraxtlarning kasallikka chidamligini oshiradi;

– qish mavsumida yaxob suvi berilishi, tuproqda namlikning saqlanishi yozgi


Mavsumda daraxtlarni yetarli namlik bilan ta’minlaydi;

— mevalarning to‘kiluvchanligini kamaytiradi.



Odatda chilla suvida mahalliy o‘g‘it – qo‘lda boqilgan novvos go‘nglarini sharbat qilib oqiziladi. Nega aynan novvos bilasizmi? Chunki novvoslar kunjara bilan boqiladi. Kunjara esa mineral moddalarga juda boy mahsulotdir.

Xo‘sh, tovuq go‘ngidan sharbat qilinsachi, nima bo‘ladi? Biz buni aslo tavsiya qilmaymiz. Sababi, tajribalarda tovuq go‘ngi bilan sug‘orilgan tokzorlar mevasi chirib, erta nobud bo‘lishi kuzatilgan. Bundan tashqari tovuq ko‘ngi inson salomatligi uchun ham anchayin zararlidir.
Download 15.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling