163
5. Sarmoyalarni jalb qiluvchi tashkilotlar
bilan hamkorlikdagi
kooperativlar. Bu modeldagi kooperativ a’zo-patronlarga mulkdor
bo’lishni cheklaydi.
6. Investor ulushli kooperativlar. Bu model tashqaridan a’zo
bo’lmagan shaxslarning mablag’lari asosida tashkil etiladi.
7. Investorlarga yo’naltirilgan firmalar.
Olimlarimiz, mutaxassislar va xorij tajribalarini o’rganish va
monografik kuzatishlarimiz natijasida kooperativlarni 6.2-rasmdagidek
turkumlashtirish mumkin.
Bozor
muhitining globallashuvi, raqobat bosimining kuchayishi,
iste’molchilar
talabaning ustunligi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasini o’zgarishi
va boshqa
sabablar mahsulot ishlab chiqaruvchilarni bozorda mustahkam o’ringa
ega bo’lish uchun harakatlanishning yangi modellarini va zamonaviy
strategiyalarini izlab topishga majbur qiladi.
Yuqoridagi rasmda keltirilgan kuchsiz tomonlarni va to’siqlarni
bartaraf etsak, imkoniyatlardan unumli foydalansak, fermer xo’jaliklari
va unga aloqador korxonalar o’rtasidagi
kooperatsiya munosabatlari
yuqori samaradorlik ko’rsatkichlari namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: