Sinf rahbarining ma’naviy va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari bilan hamkorlikdagi ishlari (2 soat amaliy)
Reja:
Sinf rahbarining ma’naviy ishlar bo’yicha faoliyati.
Ma’naviy ishlarni o’quvchilarga ta’siri.
Ma’naviy ishlarni tashkil etish yo’llari.
Tarbiyaviy ish rejasini hamkorlikda tuzish.
Tayanch iboralar: ma’naviy ishlar, ta’lim-tarbiyada hamkorlik, ta’lim-tarbiyada uzluksizlik va izchillik, tarbiyaviy ish rejasi, kompetentsiya, innovatsion faoliyat, kreativlik, refleksiya.
Sinf rahbari — barkamol avlod tarbiyasida mas'ul shaxs sifatida faoliyat
ko'rsatadi.
Sinf raxbari quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi kerak. 1. oqil shaxs, farosatli, tabiati nozik, xotirasi mustahkam, zukko;
2 ilmli-ma'rifatli, hayotdan zavq oladigan va haqiqatgo‘y adolatli, oriyat va
nomusli, dunyo moliga qiziqmaydigan, tadbirkor qat'iyatli bo'lishi lozim.
Sinf rahbari dastlab sinf jamoa a'zolari haqida keng ma‘lumotga ega bo'lishi
uchun tashxis o'tkazish, kamchiliklarning oldini ola bilishi lozim.
Sinf rahbari ish faoliyati samaradorligini uning oldida qo‘yilgan maqsad va
vazifalarini aniqligi, tizimligi va uzluksizlik moyillariga bog'liqligi belgilaydi. Sinf
rahbari to'g'ri maqsadni belgilash bilan bir qatorda vazifalarni bajarish imkonini
yaratadi.
Sinf rahbari ishining maqsadi: ma'lum yuksak g'oyaviy maqsadi asosida davlat
siyosati darajasidagi barkamol shaxs ta'li-tarbiyasini tashkil qilishdagi
mas'uliyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |