Reja: Psixologiyada “shaxs” tushunchasi va shaxs rivojlanishi


Download 0.87 Mb.
bet1/5
Sana11.05.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1451559
  1   2   3   4   5
Bog'liq
psixologiya referat



Shaxs psiologiyasi va kasbiy shakllanish


Reja:


  1. Psixologiyada “shaxs” tushunchasi va shaxs rivojlanishi

  2. Shaxs ijtimoiylashuvi muammosi

  3. Shaxs va uning faolligi

  4. SHaxsning “Men” obrazi va o`z-o`ziga baho berishi muammosi

  5. Shaxs dunyoqarashini va kasb etikasining shakllanishi


Inson, odam juda ko’plab fanlarning o’rganish ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Ular odamlarning turli tomonlarini va hayot tarzini, rivojlanishini va boshqalarni o’rganadi. O’z ob’ektini belgilash va ta’riflash uchun turli tushunchalar qo’llaniladi. Psixologiya fani odamni jamiyatda, boshqalar bilan munosabatda bo’luvchi ongli faoliyat sub’ekti sifatida o’rganadi. Psixologiya fanida odamni ta’riflashda ko’plab tushunchalar qo’llaniladi. Shu jumladan "shaxs", "individ", "individuallik" tushunchalari ham qo’llaniladi.
Odamning insonlik jinsiga mansubligi individ tushunchasi bilan ifodalanadi. Katta yoshdagi kishilar, chaqaloqlar, tilni va oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan ruhiy kasallar (telbalar) ham individdir. Individ tushunchasida kishining biologik turga mansubligi aks ettirilgan. Barcha kishilar (odamlar) individdir.

"Individ" tushunchasida kishining nasl - nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug’ilgan chaqaloqni ham, katta yoshdagi odamni hammutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash mumkin.
Individ sifatida dunyoga kelgan kishi hayot jarayonida alohida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bo’lib yetishadi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik, jamiyatdagina SHAXSga aylanadi.

Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi - uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma’lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o’zaro munosabatda, til yordamida ijtimoiy tajribani o’zlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin.


Nazariyalar orasida shaxsda ikkita asosiy qism, ikkita omilni ajratuvchi yo’nalishlar ko’rinarli o’rin egallagan. Ular shaxs tuzilishida ikkita omil, BIOLOGIK va IJTIMOIY omillarni ajratib ko’rsatadilar.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling