Kasbiy psixologiyada shaxs va jamiyat muammosi. Individ va Shaxs tushunchalari. Odam dunyoga odam bo`lib keladi. Sub’ektning odam zotiga mansubligi individ tushunchasida ifoda qilinadi. Hayvon bolasi esa dunyoga kelgan kunidanoq hayotining oxirigacha jonzot deb yuritiladi. «Individ» tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgan. Yangi tug`ilgan chaqaloqni ham, katta Yoshdagi odamni ham, mutaffakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyi odamni ham, madaniyatli mamlakat kishisini ham individ deb hisoblash mumkin. Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy fazilat kashf etadi, Shaxs bo`lib yetishadi. Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabatlar jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir o`tkazish darajasi va sifatini belgilaydigan tarzdagi ijtimoiy fazilatlar majmuasi Shaxs tushunchasida ifodalanadi. Ijtimoiy munosabatlar tizimini o`zida mujassamlashtirgan sub’ekt bo`lish degan ma’noni anglatadi. Akademik I.P. Pavlov iborasi bilan aytganda, odam hayotining ilk davri tirik mavjudodlikdir. Bu tirik mavjudod dunyoga kelgandan keyin ijtimoiy taraqqiyot jarayonida Shaxs sifatida shakllanadi. Akademik I.P. Pavlov iborasi bilan aytganda, odam hayotining ilk davri tirik mavjudodlikdir. Bu tirik mavjudod dunyoga kelgandan keyin ijtimoiy taraqqiyot jarayonida Shaxs sifatida shakllanadi. Agar tirik mavjudod sifatida odam dunyoga kelgach ijtimoiy muhit va ijtimoiy taraqiy o tdan chetda qolsa, unda Shaxslik (odamlik) sifatlari na paydo bo`ladi, na taraqqiy etadi. Kishilik jamiyatidan tashqarida voyaga yetgan odam birinchi bor odamlarga duch kelib, biologik xos individual xususiyatlardan bo`lak hech qanday, kelib chiqishi jihatidan hamisha ijtimoiy - tarixiy xarakter kasb etadigan Shaxsiy fazilatlarga ega ekanligini namoyon qila olmaydi, balki tevarak atrofdagi odamlar mabodo uni birgalikdagi faoliyat va munosabat jarayoniga «torta olishgan» taqdirda ularni paydo bo`lishi uchun zarur tabiiy shart-sharoitlargagina ega bo`ladi. Hayvonlar orasida tarbiyalangan bolalar tajribasini o`rganish bu vazifani amalga oshirishning g`oyat darajada murakkabligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |