Aytganlarning hammasi Shaxsni faoliyatda va munosabatda tarkib topadigan individlararo (sub’ekt-ob’ekt-sub’ektlararo va sub’ekt-sub’ekt-ob’ektlararo) munosabatlarning nisbatan barqaror tizimi sub’ekti sifatida anglab yetish imkonini beradi. Shunday qilib, inson Shaxsining tuzilishi uchta tarkibiy qismdan, uchta kichik tizimdan iboratdir: Shaxsning individualligi, uning Shaxslararo munosabatlar tizimida gavdalanishi hamda Shaxsning o`zi kelib chiqishiga ko`ra individlararo, ijtimoiy aloqalar va munosabatlar sube’kti sifatida mavjud bo`lishidir. Shunday qilib, inson Shaxsining tuzilishi uchta tarkibiy qismdan, uchta kichik tizimdan iboratdir: Shaxsning individualligi, uning Shaxslararo munosabatlar tizimida gavdalanishi hamda Shaxsning o`zi kelib chiqishiga ko`ra individlararo, ijtimoiy aloqalar va munosabatlar sube’kti sifatida mavjud bo`lishidir. Har uchala kichik tuzilish birligi Shaxs obro` - e’tiborida namoyon bo`ladi. Individning Shaxs darajasiga ko`tarilishi ehtiyoji konkret tarixiy shaklda mavjud bo`lib, sinfiy mazmunga egadir. Jamiyatda yashayotgan kishida ta’lim-tarbiya berish ishlari to`g`ri yo`lga qo`yilgan taqdirda ijtimoiy foydali faoliyatda Shaxs darajasiga ko`tarilish ehtiyojining shakllanishi va qondirilishi uchun zarur barcha shart-sharoitlar tarkib topadi. Shaxs faolligi va yo`naltirilganligi Kishining tevarak atrofga munosabatda, birgalikdagi va ijodiy faoliyatda namoyon bo`ladigan ijtimoiy ahamiyatga molik o`zgarishlar qilish layoqati Shaxsning faolligi deb tushuniladi. Bu uning g`oyaviy prinsipialligida, o`z nuqtai nazarini himoya qila olishida, so`zi bilan ishi birligida ifodalanadigan hayotiy pozitsiyasida ko`rinadi. Asrimiz boshlaridayoq venalik psixatr va psixolog Zigmund Freyd (1856-1939) Shaxs faolligi manbai va xarakterining o`zicha talqinini tavsiya qilgan edi. Z.Freyd fikricha kishining faolligi xuddi hayvonlardagi kabi instinktlarga, birinchi navbatda jinsiy, shahvoniy instinktlarga bog`liq emish.
Do'stlaringiz bilan baham: |