Buxoro davlat universiteti u. M. Xalikova maktabgacha ta
Download 50.33 Kb. Pdf ko'rish
|
13577 1 2F81A7B6B169AA8E641BB89FCAD1245D95D18C90
192
28-§. Maktabgacha ta‘limda multimedialardan foydalanish. 196 14-BOB. MAKTABGACHA TA‟LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNING DIZAYN FAOLIYATI. 29-§. Bolalar dizayni konsepsiyasi mohiyati. Bolalar dizayni texnologiyasi. 206 30-§. Kattaroq maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar. 211 FOYDALANGAN ADABIYOTLAR 215 6 KIRISH Yangi talablarga javob beruvchi zamonaviy, islohlashgan maktabgacha ta‘lim muassasasi tarbiyachisining yuksak bilim va kasbiy mahoratga ega bo‗lishi talab etiladi. Наг bir ota-ona o‗z farzandini eng bilimdon, yuksak ma‘rifatli, mahoratli, ijodkor tarbiyachi tarbiyasiga berishni istaydi. Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi bo‗lajak tarbiyachilarga talabalik davridan boshlab, maktabgacha ta‘linming asl mohiyati bola va tarbiyachining hamkorlik faoUyati ekanligini, bola tarbiyasining maqsadini, bola ruhiyatini rivojlantirish qoidalariga amal qilishni o‗rgatadi. O‗z kasbining mohir ustasi bo‗lish uchun tarbiyachi maktabgacha ta‘lim pedagogikasi fanini chuqur egallashi lozim. Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi o‗quv-tarbiya faoliyatini tashkil qilish vosita va usullarini o‗quv-tarbiya jarayonida kelib chiqadigan muammolar va uning yechimini to‗g‗ri hal qila bilish, innovatsion texnologiya usullaridan foydalanish, qiyinchiliklarning to‗g‗ri yechimini topishga yo‗naltiradi. Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi fani eng muhim asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda o‗rganadi. Ushbu fan bo‘lajak tarbiyachilani maktabgacha ta‘lim muassasalarida tarbiyachilik faoliyatiga tayyorlaydi. Shu sababdan o‗quv qo'llanmada maktabgacha pedagogika fanining nazariy va amaliy masalalarini yoritib berishga alohida e‘tibor qaratildi. Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi fani inson kamolotiga qaratilgan, xalq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va metodik manbalarga, jahon mutafakkir, m a‘rifatparvar pedagog olimlarining asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalashning qonun, qoida va tamoyillariga asoslanadi. Maktabgacha ta‘lim pedagogikasining milliy asoslari: ta‘lim tarbiya masalalari, har bir millatning milliy merosiga, umum-bashariy qadriyatlariga bog‗langan holda bog‗cha yoshidan boshlab o‗zligini anglash, erkin fikrlash, g‗urur tuyg‗ularini shakllantirishga qaratiladi. Ushbu o‘quv-uslubiy qo‗llanmani tayyorlash O‗zbekistonda barkamol avlod ma‘naviyalini shakllantirish borasidagi islohotlar, maktab faoliyatini modernizatsiyalash, ya‘ni ta‘lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirishga doir MTM Konsepsiyasi, «Davlat talablari», MTM Nizomlari hamda 7 «Bolajon» tayanch dasturi asosida yaratilib, amaliyotda qollanilayotganligi masalalariga e‘tibor qaratildi. Mazkur o‗quv-uslubiy qo‗llanma oliy ta‘limning maktabgacha ta‘lim yo‘nalishi, pedagogika kasb-hunar kolleji o‗quvchilariga mo‗ljallangan. Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi fanini chuqur o‗rganib, har bir bola qalbini zabt etuvchi murabbiy — ustoz bo‗lishlarida o‗quvchilarga omad tilaymiz. Download 50.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling