7.Tug’ruqxonada ikkita chaqaloq almashib qolganligi malum bo’ldi.
Ularning qon guruhi 0 va B, birinchi ota-onaning qon guruhi 0 va B, boshqa bir oilaning qon guruhlari esa A va A B ekanligi aniqlandi. Shu ma’ lumotlardan foydalanib bolalarning haqiqiy oilasini ko’rsatib bering.
8. Bolaning ona tomondan bobosi AB qon guruhiga ega. Uning
barcha bobo-buvilari 0 qon guruhiga ega bo’lgan. Shu bolaning
guruhi A, B, AB yoki 0 bo’lish ehtimoli (%) qanday?
9.Agar oiladagi farzandlarning qon guruhlari A, В va AB, 0 bo’lsa, ularning ota-onalari qanday qon guruhiga ega bo’ladi?
10.Ayolning qon guruhi I, erkakniki esa IV. Bu oilada ota-onasining guruhi bilan bir xil qon guruhga ega bo’lgan farzandlarning tugilish ehtimoli qanday?
11.II qon guruhli ayol I va III qon guruhli farzandlarga ega. Farzandlarning otasi qanday qon guruhiga ega ekanligini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |