Monoduragay chatishtirishga doir masalalar va topshiriqlar
1.No'xatdagi urug’pallaning sariq rangi yashil rang ustidan dominantlik qiladi. Ota-ona o'simliklarning o‘z-o’zidan changlanishi natijasida 33 ta sariq va 11 ta yashil no'xat olindi. Ota-ona o‘simliklarning genotipini aniqlang. Sariq rangli o‘simliklarning (taxminan) nechtasi gomozigotali, geterozigotali?
2. Pomidor mevasi yumaloq va noksimon shakllarda bo'ladi. Agar ikki o’simlikni chatishtirib olingan avlodda yumaloq va noksimon mevali o’simliklarning soni teng bo’lsa, chatishtirilgan o’simliklarning genotipini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |