47.DNK da 300 ta vodorod bog’, bo’lib, G-S orasidagi vodorod bog’lar umumiy bog’larning 42 %ini tashkil etsa, shu DNK dagi A umumiy nukleotidlarning necha %ini tashkil qiladi?
48.DNK zanjirida 450 ta T nukleotidi bo‘lib, u barcha nukleotidlarning 15 %ini tashkil qiladi. Shu fragmentda nechta adenin, guanin, sitozin nukleotidlari bor va ular necha %ni tashkil qiladi?
GENETIKA ASOSLARI
Gameta olishga doir masalalar va topshiriqlar
1.Quyidagi genotipga ega bo‘lgan organizmlar qanday tipdagi gametalarni hosil qiladi?
a) A A; b) Aa; c) aa.
2.aaBB va AaBb genotipli organizmlar nechta va qanday tipdagi gameta hosil qiladi?
3.Quyidagi genotipli organizmlar nechta gameta hosil qiladi va har ikkalasi uchun bir bo‘lgan gametalarini aniqlang.
a) AaBbCcDDee; b) aaBbCCDdEe.
4. To‘rtinchi qon guruhli, yuzlarida sepkili bo’lgan, o‘naqay, kul- rang ko‘zli, to’lqinsimon sochli ayol (uning onasida sepkillar bo‘lmagan, shuningdek u chapaqay va silliq sochli bo‘lgan) ning genotipini yozing, va undan nechta gametalar hosil bo’lishi mumkinligini aniqlang (barcha belgilar autosomalar orqali irsiylangan).
5.Yettita belgisi bo‘yicha bir-biridan keskin farq qiluvchi gomozigotali ikki organizm chatishtirilganida F1 da gametalar nisbati qanday bo‘ladi?
6.Genotipi AaBBCcDD x aaBbccDd bo’lgan organizmlar chatishtirilganida gametalar nisbati qanday boladi?
7.AaBbCCddFfGg genotipli organizmda abCdfG gametaning hosil ho'lisli ehtimolini aniqlang
Do'stlaringiz bilan baham: |