Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti 70230101 Lingvistika: nemis tili mutaxassisligi bo`yicha
I bosqich magistranti Halimova Shohista Sharipovnaning ilmiy-pedagogik faoliyatining bajarilishi bo`yicha
2022-yil dekabr oyi uchun
HISOBOTI
Men, Nurullayeva Gulshana Xayrullayevna 1- bosqich magistranti dekabr oyida calendar ish reja bo`yicha rejalashtirilgan quyidagi ishlarni bajardim:
Ilmiy rahbarim Y.B. Ro’ziyev bilan calendar ish rejaning dekabr oyida rejalashtirilgan vazifa va topshiriqlarni belgilab oldik. Ilmiy rahbarim tavsiyalariga asosan dissertatsiya mavzuimga mos International Scientific Research Conference , Belarus jurnalida “ Nemis va O’zbek tillarida zamon shakllarining gapda ifodalanish tamoyillari “ mavzusida ilmiy maqola chiqardim va sertifikat bilan taqdirlandim.
Bundan tashqari, tezis mavzuim doirasida “Nemis va o’zbek tillarida o’tgan zamon shakllarining paradigmatic va sintagmatik xususiyati” mavzusidagi bir nechta maqola va tezislar toppish maqsadida online kutubxonalar bazasiga kirdim. Shuningdek, respublikamiz miqyosida e`lon qilingan konferensiya materiallarini ham ko`zdan kechirdim va turli kitob, electron variantdagi maqola va tezislarni to`play boshladim. Xususan, e-library, z-library, open- library resurslarini ko`rib chiqdim. Google scholar bazasidagi ingliz, nemis va o`zbek tilidagi maqolalar tahliliga bag`ishlangan bir nechta maqolalarni o`qib chiqdim. Shuningdek, malakali o’qituvchilarning talabalar bilan birgalikda olib brogan dars mashg’ulotlarini ham tahlil qildim. Masalan Karimova Dilafruzning 13-dekabrda 11.2.21-guruhda o’tkazgan Til aspektlari amaliyoti, Kommunikativ grammatika fanidan o’tkazgan “Die zusammengesetzte Satz und seine Arten. Das Satzgefuge . Die Wortfolge im Nebensatz” mavzusidagi darslarini kuzatib, o’z taklif va mulohazalarim ni berdim va o’qituvcgning dars uslublari bilan tanishdim. Yana tajribali ustoz Hayotova D. B ning 21- dekabrda TNA 2-kurslarda “Deutsche Erfundungen” mavzusidagi dars mashg’ulotlarini kuzatdik. Shuningdek, talaba Ibragimova Durdonaning 12 – dekabrda “Beruf” mavzusida o’tkazgan dars mashg’ulotini tahlil qilib o’z fikr-mulohazalarimni bildirdim
Ilmiy-pedagogik rahbar: f.f.f.d.( PhD) Jumayev E. B.
Tadqiqotchi: Nurullayeva G. X.
Do'stlaringiz bilan baham: |