Buxoro davlat universitetidan Olimpiya o’yinlari sari


Download 0.78 Mb.
Sana24.09.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1687036
Bog'liq
BuxDUdan olimpiya o\'yinlari sari-2023


Buxoro davlat universitetidan Olimpiya o’yinlari sari
Buxoro azaldan polvonlar yurti deb bejiz aytilmagan. Sharif shaharda kurash necha ming yillardan beri mavjud va hamon bu yurt o`g`lonlari kurash tushib, bel olishib ulg`aymoqda. O’sib ulg’ayotgan yosh polvonlar o’z mahoratini yanada oshirish maqsadida oliy dargoh Buxoro davlat universitetida taxsil olishni chin dildan istashadi. Buxoro davlat universitetida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarishni samarali yo‘lga qo‘yish uchun shart-sharoitlar yaratish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Universitetimiz sobiq bitiruvchilarining izdoshlari sport yakkakurashlari bo’yicha “Buxoro davlat universitetidan Olimpiya o’yinlari sari yo’l” shiori ostida bugungi kunda ham xalqaro maydonlarda yuksak natijalarni qo’lga kiritib kelmoqdalar.
Tarixga bir nazar.
Rishod Rashidovich Sobirov – Buxoro davlat universiteti sobiq bitiruvchisi.



Sovrinlari:
Olimpiada: 3 ta bronza
Jahon chempionati: 2 ta oltin, 1 ta bronza
Jahon kubogi/Gran-Pri/Ulkan toj: 10 ta oltin, 4 ta kumush, 1 ta bronza
Osiyo chempionati: 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza
Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati: 1 ta oltin
Mukofotlari:
Xalqaro toifadagi sport ustasi (2003)
O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi" fahriy unvoni (2008)
"O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil" esdalik nishoni sohibi (2011)
"O'zbekiston iftihori" fahriy unvoni sohibi (2012)
"El-yurt hurmati" ordeni sohibi (2016)


Sherzod Nasimovich Namozov - Buxoro davlat universitetida taxsil olgan, hozirgi kunda “Sport nazariyasi va metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi.

2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari chempioni, Jahon chempionati sovrindori, ikki karra Osiyo chempionati gʻolibi, ikki karra Yozgi Paraosiyo oʻyinlari gʻolibi.


Shirin Xomitovich Sharipov - Buxoro davlat universiteti sobiq talabasi.





2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori, 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Para-Osiyo oʻyinlari va Osiyo chempionatlari gʻolibi va sovrindori, Islom birdamlik oʻyinlari gʻolibi, Jahon chempionati sovrindori, Jahon oʻyinlari sovrindori.


Ahadov Shahram Zokir o’g’li - Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat (sirtqi) ta’lim yo’nalishi 5-bosqich talabasi.





2016-yil Hindiston kurash bo‘yicha Jahon chempionatida oltin medal.

2017-yil Turkiyaning Istambul shahrida kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi 11-jahon chempionatida oltin medal.

2018-yil Tunisda dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasida oltin medal.

2018-yil Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo`yicha nufuzli Gran-pri musobaqasida beronza.

2019-yil Budapesht Gran-prisida bronza medal.

2022 –yil Turkiyaning Kon'ya shahrida bo‘lib o‘tgan V Islom birdamlik o‘yinlari g’olibi.

2022-yil “Jerusalem Masters 2022” kumush medal.

Eslatib o’tamiz.

2023 – yil Vengriya mezbonligida o’tgan “Masters” musobaqasi yakuniga yetgach Xalqaro dzyudo federatsiyasi Olimpiada uchun sportchilarning yangilangan reytingini eʼlon qildi. Unga koʻra, yangilangan reytingda Shahram Ahadov 73 kg vazinda 1748 achko jamg’arib duzyodo olamida 13 o’rinda turibdi.

Shahram Ahadovga 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida omad tilaymiz.

Bugungi kunda Buxoro davlat universitetida olimpiya va paralimpiya o’yinlari g’olib va sovrindorlari Rishod Sobirov, Sherzod Namozov, Shirin Sharipov, Shahram Ahadovlar kabi polvonlar izdoshlari safi kengaymoqda. “Universiada-2022” sport musobaqalarining respublika final bosqichida “Kurash”, “Dzyudo” sport turlari bo’yicha talabalarimiz umumjamoa hisobida birinchi o’rinni qo’lga kiritgani bejiz emas albatta.

2023 -yil 27-30 - iyul kunlari Poytaxtimizda bo’lib o’tgan oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo ochiq kubogida yoshlar o’rtasida Buxoro davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakul'teti Sport faoliyati (kurash) ta'lim yo'nalishi - 2 kurs talabasi Bahodirova Elizza Vafoyevna 57 kg vazinda II o'rin (kumush) medalni qo'lga kiritgan bo’lsa yana bir talabamiz 81 kg vazn toifasida Sport faoliyati (kurash) ta'lim yo'nalishi - 1 kurs talabasi Sharipov Shaxzodxo’ja Maqsudovich III o'rin (bronza) medal sazovor bo’ldi.



Sport nazariyasi va metodikasi

kafedrasi mudiri Shukurov R.S


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling