Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti fakultetlaridagi barcha ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklarida hemis tizimining tatbiq etilishi hamda kontentlarning to‘ldirilganlik holati to‘g‘risida ma’lumot
Download 24.03 Kb.
|
Hemis tizimini o\'rganilganlik holati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim
Jismoniy madaniyat fakulteti dekanati tomonidan barcha 18 ta akademik guruhlar uchun Hemis Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimida talaba va professor-o‘qituvchilarning dars jadvallari to‘liq kiritilgan hamda shu dars jadvali asosida dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida 39 ta akademik guruhlari mavjud bo‘lib, ulardan 4 ta akademik guruhlarida rus tilida darslar olib boriladi. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekanati tomonidan barcha 39 ta akademik guruhlari uchun Hemis Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimida talaba va professor-o‘qituvchilarning dars jadvallari to‘liq kiritilgan hamda shu dars jadvali asosida dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Hozirgi kunga qadar barcha fakultetlar tomonidan o‘zlariga tegishli ta’lim yo‘nalishlari uchun Hemis Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimida talaba va professor-o‘qituvchilar uchun dars jadvallari o‘z vaqtida yuritilib kelinmoqda. 2. Institutda 22 ta’lim yo‘nalishi hamda 11 ta mutaxassislik bo‘lib bakalavr yo‘nalishi hamda magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejasiga ko‘ra 600 dan ortiq fan o‘tiladi. Barcha fakultet dekan o‘rinbosarlari tomonidan o‘zlariga tegishli ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejasi bo‘yicha Hemis Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimida 1-3 semestr fanlari yuklangan. Hozirgi kunga qadar tizimda barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari uchun kuzgi semestr jarayonida o‘tiladigan fanlardan fanlarning mavzulari fan dasturiga muvofiqligi o‘rganildi va ular orasida farq chiqmaganligi aniqlandi. Hemis Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimida barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari uchun kuzgi semestr jarayonida o‘tiladigan fanlardan fan mavzulari kontentlari kiritilgan va ular fan professor-o‘qituvchilari tomonidan fanga oid resurslar bilan to‘ldirilib borilmoqda 3. Hemis tizimida barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari uchun o‘tiladigan fanlardan fan mavzulari kontentlari fan professor-o‘qituvchilari tomonidan fanga oid resurslar bilan to‘ldirilib borilishini o‘rganish vaqtida F.F.Shukurov (oliy matematika, geometriya), Yu.A.Mamatoxunova (matematik analiz, oliy matematika), F.E.Tuyev (O‘zbekistonning eng yangi tarixi), L.S.Abdullayeva (xorijiy til (nemis)), S.Sh.Pulatova (adabiyotshunoslikka kirish), D.M.Nosirova (xorijiy til (nemis)), S.X. Ruziyeva (bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish), M.A.Baxronova (o‘qish va yozish amaliyoti), J.I.Mizrabova (xorijiy til)lar tomonidan fanlardan hech qanday ma’lumot kiritilmaganligi aniqlandi. Shu bilan bir qatorda G.S. Rajabova (ta’limda axborot texnologiyalari), M.R. Nazarov (umumiy fizika), D.B. Sohibov (oliy matematika), Sh.I. Vosiyeva (xorijiy til), N.A.Baxriyeva (pedagogika nazariyasi va tarixi), Z.Z.Shernazarov (umumiy psixologiya), A.A.Sobirov (umumiy psixologiya), Sh.I.Toyirova (umumiy psixologiya), Sh.I.Ibadullayeva (rangtasvir), Z.M.Alayeva (vocal va zamonaviy musiqa), D.Yu.Ruziyev (bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish), D.S.Dustova (o‘zbek(rus tili)), S.X. Ruziyeva (bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish), G.D.Niyazova (maktabgacha ta’limda qiyosiy pedagogika), U.B.Muxsinova (maktabgacha pedagogika)lar tizimga fan kontentlari yaratilgan, ammo mavzular ichiga mavzuga doir resurslar mavjud emas. 4. Hemis Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimida professor-o‘qituvchilar tomonida dars mashg‘ulotlariga talabalar davomatini olib borish to‘liq yuritilayotgani yo‘q. Tizimda o‘zgartirishlar kiritilayotganligi munosabati bilan talabalar davomati muntazam olib borish imkoni bo‘lmadi. 5. Hozirgi kunga qadar barcha professor-o‘qituvchilar tizimga kirib o‘zlariga tegishli fanlar resurslarini yangilash yoki qo‘shimcha kiritish maqsadida tizimda doimiy faol turishipti. 6. Hemis Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimida har bir tyutorlar uchun o‘ziga tegishli guruhlar berkitildi. Bugungi kunda har bir tyutor o‘z guruhidagi talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarini yangilab borayapti. Yuqoridagilarni inobatga olib ishchi guruh Download 24.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling