Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti fakultetlaridagi barcha ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklarida hemis tizimining tatbiq etilishi hamda kontentlarning to‘ldirilganlik holati to‘g‘risida ma’lumot


Download 24.03 Kb.
bet1/3
Sana14.01.2023
Hajmi24.03 Kb.
#1092744
  1   2   3
Bog'liq
Hemis tizimini o\'rganilganlik holati


Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti fakultetlaridagi barcha ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklarida HEMIS tizimining tatbiq etilishi hamda kontentlarning to‘ldirilganlik holati to‘g‘risida
MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 16-iyun kuni “Oliy ta’lim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 34-sonli bayoni 23-bandida keltirilgan Jahon banki ishtirokidagi oliy ta’lim tizimini modemizatsiya qilish loyihasi doirasida “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish - HEMIS” axborot tizimi ishlab chiqilganligi to‘g‘risidagi ma’lumoti hamda 2021/2022 o‘quv yilida joriy etish uchun barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga Axborot tizimining to‘liq talqini (versiyasi) o‘rnatilganligi va undagi topshiriqlar ijrosi Institutda amalga oshirilayotganligini o‘rganish borasida ishchi guruh tuzildi.


Ishchi guruh quyidagi so‘rovnoma bo‘yicha ish olib bordi.


1. O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari tomonidan dars jadvallarini yuritilishi;
2. Birinchi o‘quv jarayonida o‘tiladigan fanlarning fan dasturiga muvofiqligi va tizimga fan kontentlarining yuklanganligi;
3. Professor-o‘qituvchilar tomonidan fan mavzusiga oid resurslarning tizimga (matn, taqdimot, videorolik) yuklanganlik holati;
4. Professor-o‘qituvchilar tomonidan darsda davomatning yuritilishi;
5. Professor-o‘qituvchilarning Hemis dasturida faolligi;
6. Tyutorlarning Hemis dasturidagi faoliyati;


1. Institutda 6 fakultet mavjud bo‘lib, bular Aniq va tabiiy fanlar, Pedagogik va ijtimoiy fanlar, Harbiy ta’lim, Tillar fakulteti, Jismoniy madaniyat hamda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetlaridir.
Aniq va tabiiy fanlar fakultetida 43 ta akademik guruhlar mavjud bo‘lib, shundan 5 ta akademik guruhlarda rus tilida darslar olib boriladi.
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekanati tomonidan barcha 43 ta akademik guruhlar uchun Hemis Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimida talaba va professor-o‘qituvchilarning dars jadvallari to‘liq kiritilgan hamda shu dars jadvali asosida dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
Harbiy ta’lim fakultetida30 ta akademik guruhlari mavjud.
Harbiy ta’lim fakulteti fakulteti dekanati tomonidan barcha 30 ta akademik guruhlari uchun Hemis Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimida talaba va professor-o‘qituvchilarning dars jadvallari to‘liq kiritilgan hamda shu dars jadvali asosida dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
Tillar fakulteti dekanati tomonidan barcha 63 ta akademik guruhlar uchun Hemis Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimida talaba va professor-o‘qituvchilarning dars jadvallari to‘liq kiritilgan hamda shu dars jadvali asosida dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda.



Download 24.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling