O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti


Download 57.29 Kb.
bet1/10
Sana07.02.2023
Hajmi57.29 Kb.
#1172694
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
B16HISP, B26HISP (Pedagogika nazariyasi va tarixi) FD


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI






TASDIQLAYMAN”
TAFU rektori
__________________A. Umarov
2021 y. “___” __________

PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI


FANINING O’QUV DASTURI

Bilim sohasi:

100000

  • Ta’lim

Ta’lim sohasi:

110000

  • Ta’lim

Ta’lim yo’nalishi:

60110100

Pedagogika va psixologiya



Fan/modul­ kodi
B16HISP, B26HISP

O’quv yili
2021-2022

Semestr
1,2

ECTS kreditlar
12

Fan/Modul­ turi
Majburiy

Ta’lim tili
O’zbek/Rus

Haftadagi dars soatlari
12

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg’ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

Pedagogika nazariyasi va tarixi

180

180

360

2.

I. Fanning mazmuni
Fanni o’qitishdan maqsad-bo’lajak o’qituvchilarni zamonaviy pedagogika fanlarining nazariy va tarixiy asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish. Ilmiy-nazariy asoslari, pedagogika nazariyasi tushunchasi, uning kategoriya va tamoyillari, o’kuv jarayonini tashkil etishning metod va shakllariga qo’yilgan zamonaviy talablar, ta’lim oluvchilar shaxsi omillari, uning shakllanish tarakkiyoti, yagona o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish, tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillarini amaliyotda tatbiq etish ko’nikmasini hosil kilishdan iborat.
Fanning vazifasi - pedagogik qonuniyatlar hamda tamoyillarga asoslangan holda o’kuv-tarbiya ishlarini o’tkazish, ta’limni tashkil etishning asosiy shakllarini amaliyotda qo’llash. pedagogik vaziyatlarni, ta’lim va tarbiya natijaparini taxlil etish, o’quvchilar jamoalarini o’rganish, ta’limda orkada kolish sabablarini aniklash, pedagogika tarixi kishilik jamiyatining taraqqiyot tarixi va hayotdagi o’rni va ahamiyatini ochib berish.


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
II.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:


1-semestr.
1-mavzu: Pedagogika nazarinsi faniniig mazmuni va mohiyati, predmeti.
Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogikaning asosiy kategoriya va tushunchalari. Pedagogik fanlarning tuzilishi. Pedagogik fanlar tizimi. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlariga tavsif.
2-mavzu: Pedagoglik kasbining jamiyatdagi o’rni.
O’qituvchi haqida tushuncha. O’qituvchi shaxsiga qo’yilgan talablar. Demokratik jamiyatda pedagoglik kasbi. O’qituvchilik kasbining bugungi
kundagi ahamiyati va roli.
3-mavzu: Shaxs kamoloti ijgimoiy-biologik xodisa, pedagogik jarayon ob’ekti va sub’ekti sifatida.
Shaxs haqida tushuncha. Shaxs rivojlanishi. Shaxs rivojlanishining omillari. Bola shaxsi tarbiya ob’ekti va sub’ekti sifatida. Shaxs faolligi.
4-mavzu: Yaxlit pedagogik jarayon.
Pedagogik tizimlar va ularning shakllari haqida tushuncha. Ta’lim tizimlariga umumiy tavsif. Yaxlit pedagogik jarayonning mohiyati. Pedagogik jarayon yaxlit xodisa sifatida. Pedagogik jarayonni yaratish mantig’i va sharoitlari.
5-mavzu: Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida.
Ta’lim nazariyasi (didaktika) pedagogikaning tarkibiy kismi sifatida. Didaktikaning maqsad va vazifalari. Didaktik kategoriyalarning mazmun-mohiyati.
6-mavzu: Ta’lim jarayoni yagona tizim sifatida. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari.
Ta’lim jarayoni mohiyati. O’rganish bilish faolligi shakli sifatida. O’kitish va o’rganish jarayonlari tavsifi, o’kuv jarayonida ularning o’zaro bog’likligi. Sharq va G’arb mutafakkirlarining gnoseologik g’oyalari ta’lim jarayoni asosi sifatida. O’kuvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. Ta’lim tamoyillari va qonuniyatlari.

Download 57.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling