Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


II bob. Eksperimental psixologiyada shaxsning o`rni va ahamiyati


Download 75.95 Kb.
bet4/8
Sana13.02.2023
Hajmi75.95 Kb.
#1192691
1   2   3   4   5   6   7   8
II bob. Eksperimental psixologiyada shaxsning o`rni va ahamiyati

    1. Shaxs borasida tadqiqotlar va ularning rivojlanishi

Psixologiyada shaxs to‘g‘risidagi qarashlarning tub ildizi Z.Freydning shaxs nazariyasi borasidagi izlanishlariga borib taqaladi. Freydning psixodinamik konsepsiyasiga ko‘ra shaxs tuzilmasi va himoya mexanizmlari ma’lum tizimlashtirilgan. Z.Freyd bo‘yicha shaxs tuzilmasi uchta tarkibiy komponentlardan iborat:
Id”sohasi-bu shaxsning instinktli jihati bo‘lib, unda shaxsning eng kuchli instinktlari o‘rin olgan. Ular shaxs xulq-atvorini to‘g‘ri va chet yo‘llar bilan aniqlash va namoyon bo‘lishini ifodalaydi. “Id” sohasi vazifalarini qoniqish tamoyiliga asosan bajaradi.
Z.Freyd psixoanalitik nazariyasida qayd etishicha, psixik jarayonlar qoniqish tamoyiliga ko‘ra avtomatik tarzda boshqarilar ekan. Hech qondirilmaganlik ichki ruhiy zo‘riqishni keltirib chiqaradi. O‘z navbatida u psixik faollikni vujudga kelishiga olib keladi. Bu faollik zo‘riqishni va qoniqmaganlikni susayishiga yoki qoniqishga olib keladi.
Freydning psixodinamik nazariyasida ikkita asosiy instiktlarga ajratiladi: hayot instinkti (libido, eros) sifatida seksual instinkt; vayrongarchilik, buzg‘unchilik sifatida e’tirof etiluvchi o‘lim instinktlari (mortido, tanatos). Inson xulq-atvorining bu shakli shaxsning destruktiv instinkti sifatida namoyon bo‘lib, agressiyani ham instinkt natijasi deb baholaydi. Ularning hayotiy zarurat sifatida namoyon bo‘lishini to‘sib qo‘yish shaxsda jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi kuzatiladi. Bu esa nevrozning asosi hisoblanadi. Asarlarining birida Freyd motido instinkti haqida to‘xtalgan bo‘lib, unda shaxs o‘zini o‘zi saqlash uchun (yo‘q qilmaslik) o‘zga kishini yoki o‘zgalarni yo‘qotishga intiladi. Freyd uchun eng hal etuvchi jihat, bu inson xulq –atvorida jamiyat rivojlanishidagi qonunlarini emas, irratsional psixik kuchlarning namoyon bo‘lishini hisobga olgan, unda intellekt voqelikni faol aks ettiruvchchi vosita emas, balkli bu kuchlarni maskirovka qiluvchisi hisoblanadi. Individ bilan ijtimoiy muhit abadiy va yashirin kurashda bo‘ladi. Uning psixoanalitik qarashlarida kuchaytiruvchi holatda instiktdan intellektning kuchlirog‘i.
Ego” sohasi-bu shaxsning ongli tomonini ifodalovchi ratsional qismidir. “Ego” doimiy ravishda “Id” sohasi bilan o‘zaro ta’sirlashuvda bo‘ladi, ikki asosiy instinktlar
Men tomonidan tanlanadigan mexanizm hali aniq ta’biri mavjud emas.
Siqib chiqarish jinsiy xohishlar bilan kurashishda foydalaniladi.
“Men” va “Ono”ning titib kurish va “Ustun menning” shakllanishiga qadar bir necha himoya mexanizmidan foydalaniladi.
Barcha himoya mexanizmlarining maqsadi “Men”ga yordam berishdan iborat. Shu sababli ham u uchta asosiy bezovtalanishga yo‘naltirilgan, ya’ni Menni zararlashi mumkin bo‘lgan nevrotik , axloqiy, va real.
Biroq Men ichdan chiqadigan norozilikdan himoyalanib qolmasdan, ilk davrlarda Men xavfli instinktiv stimullar bilan tanishadi, shuningdek u norozilikni kechiradi .
Agar tashqi qoniqish yoki manfaatning asosiy manbai tashqi ob’ekt bo‘lgan holda unda shunchalik yuqori norzilikni kechirishga sabab bo‘lib qoladi.
Yosh bolaning Meni ko‘proq qoniqish prinqipi bilan yashaydi. U tashqaridan bo‘ladigan norozilikni hali ko‘p kechirmaydi.
Angliyalik psixoanaliz vakillarining fikricha
E.Eriksonning fikricha: “psixoanaliz” proeksiya va introeksiyaning ilk vaqtlarda eng xavfli himoya mexanizmi bo‘lib qoladigan ichki va tashqi olam orasidagi ilk farqli holatni o‘tkazib yuborgan . Introeksiyada biz tashqi mehribonlik ichki ishonchlilikni ifodalashi mumkin. Proeksiyada esa ichki gunohkorlik tashqi vahshiylik tarzda kechirishimiz mumkin.
Ilk chaqaloqlik davrida (tug‘ilgandan yilgacha, oral davr)-bu bosqichda bola o‘zi va ahamiyatga ega narsalar haqida (ota, ona, ), introeksiya, proeksiya, inkor etish, uyquchanlik, identifikatsiya,
Go‘daklik, (1-2 yoshlik, anal bosqich.) Menning funksiyasi rivojlanadi.
Harakat-nutq-voqelikni testirovanie-integratsiya : izolyatsiya, reaktivlik, bekor qilish, intellektuallashuv, regressiya.
Biogenetik nazariyaning yirik namoyandalaridan biri bo‘lmish amerikalik psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb “rekapitulyatsiya qonuni” ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenezdagi individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning talqiniga binoan, go‘daklik hayvonlarga xos taraqqiyot pallasini qaytarishdan boshqa narsa emas. Bolalik davri esa qadimgi odamlarning asosiy mashg‘uloti bo‘lgan ovchilik va baliqchilik davriga aynan mos keladi. 8-12 yosh oralig‘ida o‘sish davri o‘smiroldi yoshidan iborat bo‘lib, yovvoyilikning oxiri va sivilizatsiyaning boshlanishidagi kamolot cho‘qqisiga hamohangdir. O‘spirinlik esa jinsiy yetilishdan (12-13) boshlanib to yetuklik davri kirib kelgunga qadar (22-25 yoshgacha) davom etib, u romantizmga ekvivalentdir. S.Xollning talqiniga qaraganda, bu davrlar “bo‘ron va tazyiqlar”, ichki va tashqi nizolar (konflikt) dan iborat bo‘lib, ularning kechishi davomida odamda “individuallik tuyg‘u” si vujudga keladi. Shaxsni rivojlanishining ushbu nazariyasi o‘z davrida bir talay tanqidiy mulohazalar manbai vazifasini o‘tadi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas.
Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis “konstitutsion psixologiyasi” (insonning tana tuzilishiga asoslagan nazariya) namoyandalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs (psixologiyasi) tipologiyasi negiziga bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan o‘sishining xususiyati o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud, deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va uning bir boshqa sikloid toifasiga xos (tez qo‘zg‘aluvchi, his-tuyg‘usi o‘ta barqaror), ikkinchi uchida esa shizoid toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg‘usi cheklangan) xos odamlar turishini aytadi. Bu taxminini u shaxs rivojlanishi davriga ko‘chirishga harakat qiladi, natijada o‘smirlarda sikloid xususiyatlari, (o‘ta qo‘zg‘aluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik, ilk o‘spirinlarda esa shizoidlik xususiyatlari bo‘ladi, deya xulosa chiqaradi. Lekin insonda biologik shartlangan sifatlar hamisha yetakchi va hal qiluvchi rol o‘ynay olmaydi, chunki shaxsning individual-tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi.
Biogenetik nazariyaning namoyandalari amerikalik psixologlar A.Gezell va S.Xoll taraqqiyotning biologik modeliga chamalab ish ko‘radilar, bu jarayonda muvozanat, integratsiya va yangilanish sikllari o‘zaro o‘rin almashinib turadi, degan xulosaga keladilar.
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko‘rinishi Zigmund Freydning shaxs talqinida o‘z ifodasini topgan. Uning ta’limotiga binoan, shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan, ayniqsa birinchi navbatda, u jinsiy (seksual) mayliga (libidoga) bog‘liqdir. Bunga o‘xshash biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki betakror turtki rolini bajara olmaydi.
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko‘rinishi - bu aksil qutbga joylashgan sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Sotsiogenetik yondashishga binoan, shaxsda ro‘y beradigan o‘zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya) usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o‘zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko‘ra, inson biologik tur sifatida tug‘ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi
Maslou Abraxam Xarold (1908-1970) gumanistik psixologiya asoschilaridan biri bo‘lgan amerikalik psixolog bo‘lib, u psixologiyaga motivatsiyalarning perarxik modelining muallifi sifatida kirib kelgan. Bu ierarxiya asosida uning tug‘ma va universalligi haqidagi postulat yotadi. U inson motivatsiyasini quyidagi ketma-ketlikda tartiblab chiqqan: Maslou ehtiyojlar piramidasi Maslou ierarxiyasi asosiy mazmuniga ko‘ra, extiyojlarni hech qachon “hamma narsa yoki hech narsa” prinsipi asosida qondirib bo‘lmaydi. Ehtiyojlar bir-biriga qisman mos keladi va insonda bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq pog‘onadagi ehtiyojlarga motivatsiya uyg‘onishi mumkin. Maslouning ehtiyojlarining ierarxik modeli doirasida o‘rtacha insonning qondirishi kerak bo‘lgan 5 ta ehtiyojlarini ko‘rsatib o‘tgan.

Fiziologik – 85%

Xavfsizlik va himoya – 70%

Muhabbatga va aniq sotsial guruxga bog‘liqlik – 50%

Hurmat va e’tibor – 40%

O‘zida extiyojlar perarxiyasining yuqori pog‘onasini namoyon qiluvchi o‘zini o‘zi aktuallashtirish pog‘onasi – 10 %

Maslouning fikricha, inson pastroq pog‘onadagi ehtiyojlarini qondirmaguncha, yuqori pog‘onadagi ehtiyojlarga erisha olmaydi. Shuning uchun yuqori pog‘onadagilar ehtiyojlarga juda ozchilik, ya’ni aholining 1 % igina erishadi. Maslou yana shuni ta’kidlab o‘tadiki, o‘z o‘zini aktuallashtiruvchi insonlar uchun mustaqillik, xreativlik, mahsuldorlik, dunyoni falsafiy anglash va erkin muloqandmandlik xos.

1960-yillar boshlarida Maslou qo‘l ostida bir qancha gumanistik yondashuv vakillari birlashib, psixologiyadagi ikki muhim intellektual oqim bo‘lgan psixoanaliz va bixeviorizmga qarshi gumanistik psixologiyani yaratadilar. Gumanistik psixologiya kuchli tashkil qilingan nazariy tizim bo‘lmasdan, uni shaxsga va klinik psixologiyaga nazariy munosabat bildiruvchi o‘ziga xos gurux desa ham bo‘ladi. Maslou o‘z yo‘nalishini psixologiyadagi uchinchi kuch deb nomlagan. Bu yondashuv vakillari inson tabiatining aniq kelib chiqish konsepsiyalarini ajratib o‘rganishgan. Amaliy jihatdan esa bu yondashuvlar g‘arb falsafiy tafakkuri tarixida o‘zining chuqur ildiziga ega. Gumanistik psixologiyaning ildizi ekzistensial falsafa ildizlariga borib taqaladi. Uni Seren Kerkegor (1813-1855), Karl Yaspers (1883-1969), Martin Xaydegger (1889-1976) va Jan-Pol Sartr (1905-1980) kabi bir qancha Yevropalik faylasuf yozuvchilar hisoblanadi.

Gumanistik psixologiyani namoyondalari Erik From, Gordon Olport, Karl Rojers, Viktor Frankl va Rollo Mey kabi mashhur psixologlar hisoblanadi. Gumanistik psixologiya namoyondalarining fikricha, inson hech qachon bir joyda qotib qolmaydi, u har doim rivojlanishga imkon topadi. Kollejning yuqori kurs studenti o‘zining to‘rt yil avvalgi o‘spirinlik davriga qaraganda hozir boshqacha. Uning fikrlashi, dunyoqarashi o‘zgargan. Uni yana to‘rt yildan so‘ng uchratsangiz u o‘z xayotining yangi yo‘llarini egallagan, masalan, o‘zining kasbiy kar’erasiga ega bo‘lgan yoki oilali, farzandli bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Shu yo‘sinda erkin mavjudot bo‘lmish inson bu xayotda yashashi uchun o‘zining ko‘pgina imkoniyatilarini ochishi zarur.

O‘z o‘rniga ega bo‘lish oson emas. Insonlar o‘z taqdirlarini tanlash va unga o‘zlarini yo‘naltirishga o‘zlari mas’uldirlar. Bu dunyoga kelgan ekanlar ular faqat birgina insonning ya’ni o‘zlarining xayotlariga mas’uldirlar. Mas’ullik va erkinlikdan qochish bu o‘zini soxta tutish bo‘lib, oxiri umidsizlik va tashvishli xayotga olib keladi. Maslou shaxsning gumanistik nazariyasini ishlab chiqqan bo‘lib, bu 50 yil davomida o‘z kuchini yo‘qotmagan. Maslouning fikricha Individ bu bir butunlikdir. Har bir insonni unikal, tashkillashgan, bir butunlikda o‘rganish kerak. U psixologiyada shuncha yildan beri insonning alohida xodisalarini detali analiz qilishganini ta’kidlaydi.

Maslou uchun shaxsning markaziy xususiyati bu uning umumiyligi va bir butunligidadir. Yaxshi teoriyada oshqozon yoki tish yoki bosh og‘rig‘i kabi reallik mavjud emas. Faqatgina individium ehtiyoji mavjud. Agar bir kishi och deylik. Uning o‘zi nimanidir yegisi keladi, oshqozoni emas, agar u kishi biror narsa tanavvul qilsa, o‘zi yegan bo‘ladi. Uning oshqozoni emas. Demak u kishi o‘zi butunlikda ehtiyojini qoniqtirgan bo‘ladi, faqatgina oshqozonining ehtiyojini emas.

Ya’ni Maslouning fikriga ko‘ra, motivatsiya bitta butun insonga ta’sir qiladi, uning alohida organizmiga emas.



Download 75.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling