Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Shaxsning inqirozi haqiqatan idealga intilishoqibatda emas idealni noto‘g‘ri talqin qilishi sababli yuzaga keladi


Download 75.95 Kb.
bet5/8
Sana13.02.2023
Hajmi75.95 Kb.
#1192691
1   2   3   4   5   6   7   8
2.2. Psixologik bilimlar rivoji

Shaxsning inqirozi haqiqatan idealga intilishoqibatda emas idealni noto‘g‘ri talqin qilishi sababli yuzaga keladi.

Ideal-inson madaniyatni hosilasi sintezi.

Haqiqiy ideal o‘zida insonlar bilan muloqotda til topishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Aynan mana shu birlik muloqotni buzulishi nevrotik egosentrizmga sabab bo‘ladi.

Shunday qilib K. Xornining nevroz xaqidagi ta’limotini quyidagicha sharhlash mumkin:

Nevroz kurtaklar bola tug‘ilgandan keyingi xavotirdan boshlanadi va inga dushman bo‘lgan adovatli dunyo bilan kurashish natijasida davom etadi.

Buning natijasida yuqoridagi qayd qilingan 3 ta himoya strategiyasi ishlab chiqiladi.

Jahon psixologiyasi fanida shaxsning kamoloti, uning rivojlanishi to‘g‘risida xilma-xil nazariyalar mavjud: biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalistik, bixevioristik Ulardan biogenetik nazariyaning negizida insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida qabul qilingan bo‘lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan o‘zaro shunchaki aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh maqsadi - biologik determinantlariga (aniqlovchilariga) qaratiladi va ularning mohiyatidan sotsial-psixologik xususiyatlar keltirilib chiqariladi.


Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Gekkellar kashf qilishgan. Biogenetik qonuniyat organning taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilganda hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o‘ynagan. Biroq organning individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan. Jumladan, biogenetik qonunga ko‘ra, shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g‘oya yotadi.
AQShda keng tarqalgan nazariyalardan yana bittasi - bu individual tajriba va bilimlarni egallash (mustaqil o‘zlashtirish) nazariyasidir. Mazkur nazariyaga binoan shaxsning hayoti va uning voqelikka nisbatan munosabati ko‘pincha ko‘nikmalarni egallash va bilimlarni o‘zlashtirishning samarasi qo‘zg‘atuvchini uzliksiz ravishda mustahkamlanib borishning mahsulidir. (E.Torndayk, B.Skinner va hokazo).
K.Levin tomonidan tavsiya qilingan “fazoviy zarurat maydoni” nazariyasi psixologiya fani uchun (o‘z davrida) muhim ahamiyat kasb etadi. K.Levinning nazariyasiga ko‘ra individning xulqi (xatti-harakati) psixologik kuch vazifasini o‘tovchi ishtiyoq (intilish), maqsad (niyat) lar bilan boshqarilib turiladi va ular fazoviy zarurat maydonining ko‘lami va tayanch nuqtasiga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo‘lib, u biogenetik, sotsiogenetik omillarning qimmatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar taraqqiyotining birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Ushbu yondashishning uchta mustaqil yo‘nalishga ajratib tahlil qilish mumkin, chunki ularning har biri o‘z mohiyati, mahsuli va jarayon sifatida kechishi bilan o‘zaro tafovutlanadi.
Psixikaning irratsional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari bo‘lmish emotsiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi.
Shaxs xarakterining shakllanishi uning turli xil ta’sir ko‘lamiga egaligi bilan bog‘liq. Shu sababli ham xarakterning shaxsga ta’siri – uning «Men» konsepsiyasi, «Men» xislatlarining simptomo kompleksi va «Men» geperalizashgan tizim sifatida tahlil qilinadi.
Differensial psixologiyada ushbu uch jabha xarakter tuzilmasidagi holatining tasviriy ko‘rinishi mavjud (1-ilova). Sanab o‘tilgan komponentlarda shaxsning ijtimoiy munosabatlar va qadriyatlarni kamol topishi hamda o‘zini o‘zi amalga oshirishdagi «qism - butun» yoki «shaxs - jamiyat» o‘rtasidagi tizimini asoslashga imkon beradi. Chunki shaxsning xarakteriologik xususiyatlarini jins va faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra psixologik jihatdan o‘rganishimiz xarakter xislatlari, shaxs fazilatlari va tipologiyasini yaqqol ajrata olishimizni talab etadi. Shuningdek, xarakterning mentalitet va etnopsixologik xususiyatlar bilan bog‘liqligi ham psixologik sharhga va qiyosiy tahlilga muhtoj.
Xarakter bilan shaxslilik xislatlarining bog‘liqligini xilma-xil pozitsiyada yoritishlar mavjud, ya’ni umumpsixologik (I.Kant, I.P.Pavlov, Sheldon, K.Yung. Buss, Plomin, Ch.Spilberger, R.Zimborda, G. Ayzenk, Ollport, Odlert, R.Kettell, Goldlerg, V.M.Rusalov, B.S.Bratusem, V.S.Merlin, Royce, Powe va boshqalar) va ijtimoiy - psixologik (A.Maslou, E.Shoostrom, E.Shpranger, K.Xorni, R.Fayn, N.A.Aminov).
Shaxs xulq - atvorida namoyon bo‘ladigan xususiyatlarni bayon etishda bir qator konsepsiyalarni o‘rni yuqori baholanadi.
Inson xulq - atvoridagi farqlanishlarni bayon etishda Shveysariyalik psixolog Karl Yung o‘ziga xos tiplashtirishga erishdi, ya’ni ekstroversiya va introversiya. Introversiya ichki stimullarga yo‘naltirilgan bo‘lib, xulq- atvorda tarmoqlanish va har xil faollik shakllariga qiziqishning pastligi bo‘lsa; ekstroversiyada esa tashqariga yo‘nalganlik, xulq - atvorda qo‘zg‘aluvchanlik hamda har xil faollik shakliga nisbatan intensiv qiziqishning yuqoriligi kuzatiladi. Bu jarayon keyinchalik G.Ayzeyk va Sukerman hamda Komo tomonidan ham turli kontekstda o‘rganildi (7;9 -24).
Inson tipologiyasidagi o‘ziga xos yondashuvlardan biri individual - anatomik yondashuvidir. Insondagi individual - anatomik tana shaklining o‘zgarishi proporsional moslik, tana proporsiyasi va tuzilish tipi bo‘yicha bayon etiladi .
Morfopsixik klassifikatsiya bo‘yicha taqdim qilingan nazariyadagi konstitutsiya tiplari fiziologik - morfofiziologik, patologik-morfopatologik, bioximiyaviy - morfobiologik, sotsiotip - psixotip pozitsiyaga ega.
Shuningdek, hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan tana konstitutsiyasiga oid E.Krechmer ta’limoti eng namunali tipologiyalardan hisoblanadi. Uning yondashuvi tana tuzilish tiplari bilan psixik kasalliklarning bog‘liqligi asosida psixik, leptosomatik, atletik, displastik kabi xarakteriologik tiplarini keltirib chiqardi. U odamning tana konstitutsion tuzilishiga ko‘ra uchta tipga ajratadi.
Shaxs tipologiyasi xarakter aksentuatsiyasiga bog‘liq ravishda ham amalga oshiriladi.
Shaxsning tiplarga ajratish nazariyalari ichki xususiyat, shaxs xislati va sifati yoki uning tashqi namoyon bo‘lishini (masalan xulq – atvor va xatti - harakat) o‘zida mujassamlashtiradi.
Shulardan xislat nazariyasi dastlab G.Ollport va R.B.Kettelllar tomonidan qo‘llanila boshlagan. Bu nazariyani shaxsning ichki psixologik xususiyatlari tavsifi sifatida insonning turmush tarzini o‘z ichiga olgan psixodinamik, eksperemental, dinamik tuzilma turlarga ajratish mumkin.
Mazkur nazariyaga asosan odamlar bir-birlaridan farq qilib, shaxsni yaxlitligicha tasavvur qilish uchun, uning o‘ziga xos xislatlari va ularni rivojlanish darajasiga test o‘tkazish yoki jiddiyroq tekshirish, asoslash orqali aniqlik kiritiladi.
Ushbu nazariyaga asoslanib shaxs xislatlarini omilli tahlil qilish yunalishi ya’ni «uchlik», «beshlik» va «o‘n oltilik» vujudga keldi.
«Uchlik» ma’nosida G.Ayzenkning shaxsga biologik dispozitsiyadan yondashishi, ya’ni Ye (ekstroversiya - introversiya), N (neyrotizm - emotsional barqarorlik) va R (psixopatiya - emotsional mustaqillik) omillari yotadi.
«Katta beshlik» yoki leksik model (Goldberg) bugungi kunda besh omilni ifoda etadi .
«Besh omilli shaxslilik» nazariyasida ikkinchi model - psixometrik model hisoblanib, u universal xususiyatlarni namoyon bo‘lishini aniqlaydi .
Shaxs xislatlarining omilli tahlil qilishni «o‘n oltilik» yunalishi asoschisi R.B.Kettell bo‘lib, u «16 – omilli shaxslilik so‘rovnoma» metodikasi muallifidir. R.Meylining fikricha, mazkur metodikaning har bir omili bo‘yicha kamida o‘ttiz uch xil xislatlar tavsifini keltirish mumkin.
R.Meyli tomonidan berilgan o‘ttiz uch xil qarama – qarshi xislatlar ketma - ketligi, uning mulohazasiga ko‘ra shaxsni batafsil tavsiflaydi .
Ayrim tadqiqotchilar shaxsga to‘liq psixologik xarakteristika berish uchun 5 ta o‘ziga xos xislatlargina yetarli, deb hisoblashsa, boshqalari esa 20 ta xususiyatlar ham kamlik qiladi, deb ta’kidlashadi.
Shaxslilik tipologiyasidagi omilli tahlillar natijasida qator tafovutlanuvchi barqaror xususiyatlar varianti vujudga keldi (Teylor, F.Zinibardo, Spielberger, Eckhard, Kassinol va boshqalar).
Chet mamlakatlarda shaxs xususiyatlarining o‘ziga xosligini aniqlashning «alternativlik» konsepsiyasi singari bir qator nazariyalar, shulardan «ijtimoiy o‘zlashtirish» deb ataluvchi nazariya ham keng tarqalgan.
Bu nazariyada shaxsning asosiy psixologik xarakteristikasini xulq-atvor yoki bir talay xulq - atvor majmuasi tashkil qilishi tushuntiriladi. Inson xulq – atvori va ijtimoiy faolligiga boshqa odamlar tomonidan uning xatti - harakatlarini muhokama qilinishi va qo‘llab – quvvatlanishi ta’sir qiladi .
Shaxsning psixoanalitik nazariyasi (Z.Freyd) ham g‘arbda keng tarqalgan nazariyalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Z.Freyd ta’limoti bo‘yicha shaxsning tuzilishi 3 tizimdan iborat: «U», «Men» va «Kayvoniy men». «U» - bu mustaqil bo‘lib, uning mohiyatida - qiziqish, ehtiyoj va motiv yotadi (ongsizlik darajasini ifodalaydi). «Men» - onglilikni, «Kayvoniy men» esa yuqori ong darajasini ifodalaydi. «U» - qoniqish prinsipiga asoslanadi. «Men» - haqiqatga yaqin, «Kayvoniy men» - ideal taasurotga - jamiyatdagi ahloq normalari va qadriyatlariga asoslanadi.
«U»- insonning hayvonot dunyosiga yaqinligi, uning tajribasi hayotdagi omadsizligi natijasida kelib chiqishidir.
«Men» - insonning o‘zini anglashi, o‘z shaxsi va xulq - atvorini tasavvur qilishi va baholay bilishidir.
«Kayvoniy men» - jamiyatni insonning yuqori onglilik holatiga ta’sir ko‘rsatishidir. Buning natijasida odam ijtimoiy, axloqiy qadriyatlar va me’yorlarni o‘zlashtiradi. Shaxslilik xislatlarini yoritishda shaxsning uch komponentli konsepsiyasi ham muhim ahamiyatga ega. Mazkur komponent tarkibiga faollik, ijtimoiylik, emotsionallik kiritilgan.
Shaxsning xususiyatlarini tiplashtirish masalasi shaxs tipologiyasini umumiy, differensial - psixologik nuqtai nazardan keng qo‘llanish borasida yetarlicha ilmiy manbaga ega. Ammo shaxs tipologiyasini boshqa millat va turli faoliyat yo‘nalishidagi jinslarga muvofiq o‘rganishda, yangidan yangi fundamental tadqiqotlarga zarurat seziladi. Shu bois, tadqiqotimizda xarakteriologik xususiyatlarni milliy muhitda ma’lum jins doirasida o‘rganish o‘rinlidir. Bu esa bizdan xarakter, xarakteriologiya va tipologiyaga oid ilmiy manbalardan asos sifatida foydalanishimizga undaydi.
Shaxs tipologiyasi va xarakteriologik xususiyatlarini umumpsixologik jihatdan tadqiq etilishini o‘zlashtirgan holda, mavzuimizning xususiyatidan kelib chiqib, muammoni ijtimoiy - psixologik nuqtai nazaridan tahlil qilishga e’tibor qaratamiz.
Shaxsning ijtimoiy - psixologik tipologiyasi masalasi yuzasidan ham izlanishlar mavjud (K.Yung, A.Maslou, Sh.Shostrom, E.Shpranger, Ch.Kulli, J.Mid, R.Linton, T.Parsons, R.Merton va boshqalar ).
Shaxsning ijtimoiy - psixologik nazariyalariga nazar solinganda, ularning Amerika, Yevropa, Sharq va mahalliy psixologiya maktabi vakillari tomonidan o‘rganilganligini guvohi bo‘lamiz. Ular orasida psixodinamik, bixevioristik, kognitiv, gumanistik, shaxsning o‘zini o‘zi kamolotga erishtirish (A.Maslou), «Men ko‘zgu» («Men konsepsiya»), ekzistensial va rolli yondashuvlarni ajratib o‘tishga xayrihohmiz.
Analitik psixologiya maktabi asoschisi shvesariyalik olim K.Yung inson psixikasi va shaxs tuzilmasiga o‘ziga xos yondashgan. Ushbu yondashuv individual va jamoaviy ongsizlik tabiatidagi xususiyatlarni ijtimoiy muhitda shaxsni tahlil etishda asos sifatida qaraydi. Hatto uning shaxs tiplari borasidagi ilmiy izlanish natijalari bugungi kunda sotsionika - shaxsning ijtimoiy tiplari to‘g‘risidagi qarashlarga asos bo‘lib xizmat qilib kelmoqda .
Shuningdek, shaxsning rollar nazariyasi sof ijtimoiy - psixologik xarakterga ega, deyish mumkin. Ushbu yo‘nalish vakillari sifatida Ch.Kulli, J.Mid, R.Linton, T.Parsons, R.Merton va boshqalarning e’tirof etamiz. Shaxsga rollar asosida yondashish g‘oyasi Amerika ijtimoiy psixologiyasida XX asrning 30 - yillaridayoq asos solingan (Ch.Kulli, J.Mid).
Ch.Kulli shaxs insonlarning atrof - muhit bilan keng qamrovli o‘zaro ta’sirlashuvi asosida shakllanadi va natijada o‘zining «Men-ko‘zgu»sini shakllantiradi, deydi. Uning mulohazasiga ko‘ra, shaxsning «Men-ko‘zgu»si uch elementdan iborat:
1. Bizni boshqa kishilar idrok etadilar (odamlar mening yangi kiyimimga alohida e’tibor qaratadilar, deb ishonch bilan aytaman);
2. Ular nimani ko‘rsalar o‘sha narsani qabul qiladilar (mening yangi kiyimim ularga yoqishiga ishonaman);
3. Biz idrok qilinganlariga ko‘ra javob beramiz (men albatta shunday kiyinishga harakat qilaman).
Ushbu qarashga tadbirkor ayollarning ijtimoiy - psixologik xususiyatlarini yoritishda metodologik asos sifatida e’tibor qaratish o‘rinlidir.
Amerikalik olim J.Mid o‘z izlanishlarida ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish bolalikdan boshlanadi va u uch bosqichda kechadi, degan mulohazani berdi:
1. Imitatsiya bosqichi, ya’ni bolalar o‘z xatti - harakatlarining mohiyatini tushunmasdan, kattalarning xulq - atvoriga taqlid qiladilar.
2. Individual o‘yin bosqichida bola birinchi individual o‘yinda dastlabki ijtimoiy rolni o‘zlashtiradi. Masalan «ona va qizi», «ota-ona» o‘yinlarida oilaviy, «do‘konchi» yoki «shifokor» kabi o‘yinlarida esa kasbiy rollarni egallaydilar. Ular bu bosqichda o‘z xatti - harakatlari mohiyatini tushunadilar.
3. Guruhiy o‘yinlar bosqichi; bunda bola jamoaviy o‘yinning ishtirokchisi sifatida qatnashadi. Bu o‘yinda esa jamoa a’zolari yordamida guruhning ichki nizomi hamda qonun - qoidalarni o‘zlashtiradi. Guruhiy o‘yin bolani katta hayotga tayyorlaydi.
J.Midning ijtimoiy rollarni shakllanish bosqichlari to‘g‘risidagi fikrini ijtimoiy muhitda katta yoshdagilarning faoliyati bilan bog‘laydigan bo‘lsak, ko‘p hollarda kasbiy faoliyat uchun zarur shaxsiy hamda kasbiy sifatlarni shakllantirishga mo‘ljallangan trening mashg‘ulotlari ham o‘yin shaklida amalga oshiriladi. Masalan, ishbilarmonlik o‘yinlari, tashkiliy o‘yinlar va shaxslararo munosabatga kirishimlilik xususiyatlarini shakllantirishga qaratilgan o‘yinlarni keltirib o‘tish mumkin.
Shuni e’tirof o‘tishimiz kerakki, J.Midning yuqorida sanab o‘tilgan rollarni shakllanish bosqichlari haqidagi qarashlari yoshlik davrlari nuqtai nazaridan izohlab o‘tilgan bo‘lsada, uning mohiyatini chuqurroq tahlili yangi tadqiqotlarga undashi tabiiy.
T.Parsons va uning izdoshlari shaxsga individda mavjud bo‘lgan va jamiyat hayotida namoyon bo‘luvchi ko‘plab ijtimoiy rollar funksiyasi sifatida qaraganlar.
Shaxs xarakteri va uning ijtimoiy tabiati borasidagi qarashlar va izlanishlarda ham umumiy qonuniyatlar yoritilgan. Ammo ularning biron bir etnik muhitga mansubligi borasida yaqqolroq munosabatlar aks etmagan. Jahon psixologiyasi fanida shaxsning kamoloti, uning rivojlanishi to‘g‘risida xilma-xil nazariyalar mavjud: biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalistik, bixevioristik
Ulardan biogenetik nazariyaning negizida insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida qabul qilingan bo‘lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan o‘zaro shunchaki aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh maqsadi - biologik determinantlariga (aniqlovchilariga) qaratiladi va ularning mohiyatidan sotsial-psixologik xususiyatlar keltirilib chiqariladi.
Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Gekkellar kashf qilishgan. Biogenetik qonuniyat organning taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilganda hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o‘ynagan. Biroq organning individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan. Jumladan, biogenetik qonunga ko‘ra, shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g‘oya yotadi.



Download 75.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling