Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


-TOPSHIRIQ. “Beixtiyor chizilgan suratlar” testini bajaring


Download 0.87 Mb.
bet137/169
Sana19.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1600118
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   169
Bog'liq
2 5244698480563199183

3-TOPSHIRIQ. “Beixtiyor chizilgan suratlar” testini bajaring.
Birinchi kvadrat. O‘rtadagi nuqta Egoni anglatadi va tashqi voqealarga nisbatan emotsional reaksiyani ifodalaydi. Sinaluvchi chizgan rasm uning muammolarini hal etishdagi holatini bildiradi. Masalan, nuqtadan bir nechta to‘g‘ri chiziq chiqarilgan bo‘lsa, bu muammolarni yechishga nisbatan egiluvchanlik va ishonchni bildiradi., muammoni yechishga nisbatan bir necha variantlarga egaligini anglatadi.
Ikkinchi kvadrat. Chap tomon tepasidagi to‘lqinli chiziq o‘arakatni ifodalaydi. Rasmda nimani bog‘lab chizishiga qarab, yo erkin harakatlanish, yoki nimaga bog‘liqlikni ifodalaydi.
Uchinchi kvadrat. Uchta vertikal chiziqlar zavq-shavqli- izzat-nafs, jizzakilik. Agar tekshiriluvchi bu simvolga alohida chizgilar berilgan bo‘lsa, maqsadga erishishi aniq va aniq motivga ega. Agar simvollar qoralatib chizilgan bo‘lsa, bunday sifatlar xoliligini anglatadi.
To‘rtinchi kvadrat. Tepadagi qora kvadrat to‘g‘rilash lozim bo‘lgan muammoni yoki chegarani ifodalaydi. Kvadratda chizilgan narsaga qarab, muammoni yechishga nisbatan faol yoki passivlikni bildiradi.
Beshinchi kvadrat. Ikkita dioganl tarzdagi kesishuvchi chiziq. Tekshiriluvchini sayyohatni davom ettirishga taklifni, ularni davom ettirilganligiga qarab, bu o‘zidan nimani taqdim etayotganligini bildiradi. Kesishuvchi chiziqlar qilich va bolg‘ani ifodalaydi va bu agressivlik yoki dushmanlikni bildiradi. Kesishmaydigan chiziqlar qat’iyatsizlik, irodani va qat’iyatlilikni yetishmasligini bildiradi.
Oltinchi kvadrat. Ikkita alohida vertikal va gorizontal o‘tkazilgan chiziq, hozirgi yoki o‘tmishdagi emotsiya bilan muhitning birligini ifodalaydi. Ular ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar va er-xotin orasidagi munosabatni ham ifodalaydi. Bir xilda chiziq muhitni me’yorda ekanligini, chiziqlarni aks holati esa tekshiriluvchi ongidagi beqarorlikni bildiradi.
Yettinchi kvadrat. Yarim aylana nuqtasidan o‘ng burchakka qaratib chiziladigan tasvir kishini xushmuomalalik, nazokatini, sezgirligini. Kvadratda tekshiriluvchi o‘zida bunday sifatlar bor yoki yo‘qligini namoyon etadi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling