Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Download 0.87 Mb.
bet154/169
Sana19.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1600118
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   169
Bog'liq
2 5244698480563199183

Kun

Vaqt

Xona

1.

Dushanba

13.00 – 17.00

307

2.

Juma

13.00 – 17.00

307



TARQATMA MATERIALLAR





Psixologiyaning falsafa tarkibida rivojlanishi

Xronologiya

Bosqichning mazmuni

Natija



Er.av. V-VI asrlar

Psixika haqidagi dastlabki ilmiy fikrlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi

Ruh haqidagi fanning paydo bo‘lishi va unda 2 yo‘nalish - materialistik va idealistik yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi. Psixik protsesslar sezgi idrok, xotira, tafakkur, affekt, iroda haqidagi ilk empirik bilimlarning paydo bo‘lishi. Tana va ruh munosabatiga har xil yondashish.

V-VIII asr

Ruh haqidagi fanning falsafiy ta’limoti doirasida tibbiy bilimlar asosida rivojlanishi

Tomistik psixologiyaning paydo bo‘lishi.

XV-XVI asr

Ruh haqida fanning anatomik fiziologik bilimlar asosida rivojlanishini davom ettirish.

Tadqiqot ob’ekti sifatida ruhni inkor etish «Psixologiya» terminini kiritilishi.

Psixikaning asosiy vazifalari



Pedagogika va psixologiya








Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.

Psixologiyaning asosiy metodlari


1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.
1. Qaysi biri qiyin – mashg‘ulotning boshlanishimi yoki yakuni?
a) o‘qituvchi uchun; b) o‘quvchilar uchun.
2. Mashg‘ulot jarayonida pauza davomiy bo‘lishi mumkinmi?
3. Ishlash uchun nima samarali: o‘qituvchi butun guruhga savol bilan murojaat qilishimi yoki alohida o‘quvchiga?
4. Mashg‘ulotni qanday tashkil e’tish ma`qul: o‘quvchi’larni fikriy faoliyatini bitta tor doiradagi savolni muhokama qilishga qaratishmi yoki ularni hilma-hil faoliyat turlariga jalb e’tishmi?
5.Agar o‘quvchi’lar o‘quv materialini birinchi martaning o‘zida anglab va tushunib olishgan bo‘lsa, uni bir necha marotaba o‘qib chiqishga yo‘naltirish kerakmi?
2-topshiriq. O‘qituvchi diqqatining yo‘nalganligini aniqlang:
- yangi materialni tushuntirish jarayonida;
- bilimlarni tekshirish jarayonida;
- o‘quvchilarning mustaqil va nazorat ishlarini bajarishlari jarayonida;
- yaxlit tarzda mashg‘ulotni o‘tkazish jarayonida.
O‘quvchilar faoliyatidagi qanday tashqi belgilar o‘qituvchiga mashg‘ulotning har bir bosqichida pedagogik xulosalar chiqarishga yordam beradi.
3-topshiriq. Quyida keltirilgan diqqatning har bir sifati uchun uning namoyon bo‘lishini tasvirlashga doir ta`lim muassasasi hayotidan aniq misollar va dalillarni izlab toping.
Diqqat sifatlari
Faollik: ixtiyoriy (ongli), ixtiyorsiz (anglanmagan).
Yo‘nalganlik: tashqi (atrof-muhitga nisbatan), ichki (o‘z-o‘ziga).
Qamrov doirasi: hajmi (katta, kichik), taqsimlanishi (uzun, qisqa).
Ko‘chishi (oson, qiyin).
Barqarorligi (barqaror, barqaror e’mas).
4-topshiriq. “O‘zgalar fikrini o‘qish”.
Daftaringizga yozma tarzda guruh a`zolaridan birining kayfiyatini yozing. Tavsifnomada kim haqida yozayotganligingizni oshkor qilmang.
Kasbiy-pedagogik fantaziyani faollashtirishga doir topshiriqlar
1-topshiriq. Quyida keltirilgan so‘zlardan imkoni boricha ko‘proq gap tuzing: “daraxt”, “uy”, “ta`lim oluvchilar”, “deraza”. Har bir gapda mazkur so‘zlarning barchasi ishtirok e’tishi lozim.
2-topshiriq. Quyida keltirilgan so‘zlar asosida qisqa hajmli hikoya tuzing: “kabinet”, “kalit”, “shlyapa”, “qorovul”, “yomg‘ir”, “qayiq”, “atirgul”, “timsoh”.
3-topshiriq. A) fantastik daraht; b)fantastik hayvonning rasmini chizing. Qanday vositalar yordamida yangi obraz yaratilganligini aniqlang. Unga nom bering.
4-topshiriq. Quyida keltirilgan hikoyani davom e’ttiring. “Chet tili o‘qituvchisi Nigora Boboqulovna sinf honasiga kirdi. Hammasi odatdagidek, o‘quvchi’lar partani oldida tik turib, unga salom berib qarshi olishdi. Doskada fe`l so‘z turkumiga oid plakat osig‘liq turibdi. To‘satdan...”.
5-topshiriq. Obraz yaratishga harakat qiling (masalan, qishloq ko‘chasi: qum, tovuqlar, bolachalar yugurib yurishibdi). So‘ngra sizga yaratgan obrazni rassom, bastakor, yozuvchi, o‘qituvchi qanday ko‘rishini izohlang.
6-topshiriq. “Istiqboldagi ta`lim muassasasi” qanday bo‘lishi haqida o‘ylang va uni yozma bayon e’ting. Mazkur ta`lim muassasasi o‘qituvchilari va o‘quvchi’larini siz qanday tasavvur e’tasiz? Uning o‘ziga hosliklari va farqli jihatlarini ajrating.
7-topshiriq. Malaka oshirishda birga o‘qigan kursdoshlarni yigirma yildan so‘ng tabriklang. Mazkur tabrik uchun asos bo‘lgan nostandart vaziyatni o‘ylab toping.
8- topshiriq. Quyidagi mavzular asosida reja tuzing va o‘zingizning fikr – mulohazalaringizni bildirib, “Mustaqil ish” yozing:
1. “Pedagogik ta`lim jarayonida zamonaviy ahborot tehnologiyalaridan foydalanish”
“Dars jarayonida o‘qituvchining komp’yuter texnologiyalaridan foydalanishi”.
Pedagogik texnikaga doir topshiriqlar
1-topshiriq. Quyida keltirilgan vaziyatlar bilan tanishing va berilgan vaziyatga mos mimik, pantomimik ko‘rinishni ifoda e’tib bering.
1-vaziyat. O‘qituvchining honaga kirib kelishi. Salomlashish. O‘zini tanishtirish va guruh bilan tanishuv.
2-vaziyat. O‘qituvchining auditoriyaga kirishi. Salomlashish. Tasodifan e’shik taqillashi. Harakatlaning va munosabat bildiring.
3-vaziyat. O‘qituvchining auditoriyaga kirib kelishi. Salomlashish. Quyidagi tarzda hikoyani boshlash: “O‘quvchilar men sizlarga quyidagi haqida aytmoqchiman...”. Hikoyani davom e’ttirish (fan bilan bog‘liq yoki qiziqarli biror voqeaga taalluqli). Hikoya qiluvchining vazifasi – o‘quvchi’larning diqqatini voqeaga jamlash, auditoriya bilan kontaktga kirishish, o‘zining tashqi ko‘rinishi haqida o‘ylash.
2-topshiriq. Umumiy mimik reaksiyani aniqlashga doir topshiriq.
Dars boshlandi. Siz o‘qituvchi stolini oldidasiz. Eshik ochildi. Kirib kelgan o‘quvchi’ga qarang:
Talabchanlikka doir: “Kiring, tezroq o‘tiring”.
Hayratlanishga doir: “Men sizdan buni kutmagan e’dim”.
So‘roq ohangida: “Tushunmadim, nimadir sodir bo‘ldimi?”
Norozi ohangda: “Ruhsat, sizga! Darsga halaqit qilmang?”
Чursand ohangda: “Va nihoyat keldizmi?”
3-topshiriq. Individual reakciyani aks e’ttirishga doir topshiriq.
Siz doskaga yozyapsiz. O‘quvchilar siz bilan birga daftarlariga yozib borishlari kerak. “To‘satdan” qanaqadir shovqin e’shitildi, orqaga qaradingiz, quyidagilarni ifoda e’ting:
Hayrat bilan: “Tushunmadim, nimadir bo‘ldimi?”
Mulohaza bilan: “Kim, shu shovqin qilayotgan? Haliyam yozishni boshlamadizmi?”
Talabchanlik bilan: “Shoqvin qilmang, tinch o‘tirib yozing”.
Zarda ohangida: “Jim, yozayotgan vaqtda shovqin qilmaslik kerak”.
Qayg‘urish ohangida: “Men tushunmayman, yozayotganda vaqtda ham shovqin qilish mumkin-mi?!”
4-topshiriq. Ovoz buzilishlarining 4 ta sababini izohlang.
1.Har kungi ovoz zo‘riqishi
2.Ovoz apparatining zaifligi
3.Gigiena qoidalarini bilmaslik.
4.Ovoz apparatining tug‘ma zaifligi.


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling