Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Download 0.87 Mb.
bet25/169
Sana19.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1600118
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   169
Bog'liq
2 5244698480563199183

Mustaqil ta’lim topshiriqlari:
1. Shaxs haqida tushuncha?
2. Shaxsni o‘rganishga turlicha yondashuvlar to‘g;risida gapiring?
3.Individ, shaxs, individuallik to‘g‘risida ma’lumot?
4. Shaxs shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari haqida nimalarni bilasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Umarov B.M. Psixologiya: darslik / B.M.Umarov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi; O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti. – Toshkent: Voris-nashriyoti, 2012. – 66-94 b.
2. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya. Darslik. – T., 2010. – 247 b.
3. Shamshetova A.K., Melibayeva R.N, Usmanova X.E., Xaydarov I.O.. Umumiy psixologiya. 0 ‘quv qo‘llanma. – Т.: «Barkamol fayz media», 2018. – 92-107 b.
4. G‘oziev E. G‘ Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik. – T.: “Universitet” 2002.4-28b.
5. Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya: Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik. / P.I. Ivanov, M.E. Zufarova; Mas’ul muharrir D.M. Mirzajonova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirligi. – Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. 65-68 b.
6-Mavzu: Shaxsning bilish jarayonlari. Diqqat.
Reja:
1.Diqqat haqida tushuncha.
2.Diqqatning nerv-fiziologik mexanizmlari.
3.Diqqat turlari. Diqqatning xususiyatlari.
4.Diqqatning psixologik asosi haqida qisqacha xulosa.
Tayanch tushunchalar: diqqat, ixtiyoriy, ixtiyoriy, muvofiqlashgan diqqat, dominant.
Diqqat haqida tushuncha.
Diqqat deb ongimizni bir nuqtaga to‘plab, ma’lum narsa va hodisalarga faol yo‘naltirilishiga aytiladi. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo‘ldoshidir.
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo‘yadi. Inson ziyraqligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uningturmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning hatti harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo‘ladi.
Psixologiya fanida diqqatga har xil ta’rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir obyektga aktiv (faol) qaratilishi aytiladi (P.I.Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o‘zimiz qilgan ishimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqatning obyekti bo‘la oladi.

    1. Diqqatning fiziologik asoslari.

Diqqatning nerv-fiziologik asosida orientirovka yoki tekshirish deb aytiladigan maxsus reflekslar yotadi. Orientirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining po‘stida kuchli qo‘zg‘olish jarayonidan iborat bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, har bir daqiqada organizmga turli narsalarning ta’siridan hosil bo‘lgan qo‘zg‘olishlarga nisbatan, orientirovka yoki tekshirish refleksini hosil qilgan narsaning ta’siridan yo‘z bergan qo‘zg‘olish kuchli bo‘ladi. Diqqat ma’lum nerv markazlarining qo‘zg‘alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog‘liqdir. Bu esa subyekt ahamiyatli bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilarni ajratishni, ya’ni psixik faoliyatning yo‘naltirilishini ta’minlaydi. Bunday yo‘naltirilishning sodda misoli sifatida oriyentatsiya refleksini ko‘rsatish mumkin. Har qanday yangidan yuzaga kelgan qo‘zg‘atuvchi, agar u yetarli darajada intensiv (kuchlanishga ega) bo‘lsa, tegishli qo‘zg‘alish jarayonini yuzaga keltiradi, bu refleks, I.P.Pavlov aytganidek «nima u» degan refleks bilan ifodalanadi, bu esa sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.
I.P.Pavlov ta’limoti bilan akademik A.A.Uxtomskiy olib borgan tekshirishlari bir–biriga to‘g‘ri keladi. Agar nerv sistemasiga bir qancha qo‘zg‘ovchilar bir vaqtda ta’sir qilsa bosh miya po‘stida shu ongning o‘zida bir necha qo‘zg‘alish o‘choqlari paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, har bir qo‘zg‘alish o‘chog‘i bosh miya po‘stining hamma yog‘iga tarqalishga iradiatsiyalanishga moyildir. Shuning uchun ayrim qo‘zg‘alish o‘choqlari o‘rtasida to‘qnashish va «kurash» sodir bo‘ladi. Bu kurash natijasida qo‘zg‘alish o‘choqlaridan biri hukmron (dominanta) bo‘lib oladi Mana shu hukmron bo‘lib olgan qo‘zg‘alish o‘chog‘ini akademik Uxtomskiy «dominanta» deb ataydi. Uxtomskiyning bergan ta’rifiga ko‘ra;
Dominanta – bu ayni chog‘da markazda sodir bo‘ladigan reaksiyalar xarakterinni bir qadar belgilab beruvchi hukmron qo‘zg‘alish o‘’chog‘idir. Dominantalar mavjud bo‘lgan paytda boshqa qo‘zg‘alish o‘choklari («subdominantalar» - nisbatan kuchsiz qo‘zg‘alish o‘choqlari) ko‘pincha yo‘qolib ketmaydilar. Ular dominantaga qo‘shilib, uni kuchaytiradilar yoki dominanta bilan kurasha boshlaydilar. Bu kurash jarayonida subdominanta dominanta bo‘lib olishi mumkin, ilgarigi dominanta esa – subdominanta bo‘lib qolishi mumkin. Hukmron qo‘zg‘alish o‘chog‘i bo‘lgan dominanta diqqatimizning ma’lum narsaga yo‘naltirilishi va tuplanishining fiziologik asosidir.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling