IV. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba; Umumiy psixologiya haqida bilimga ega bo‘lishi, umumiy psixologiyaning xronologiyalari haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi; umumiy psixologiyaning tadqiqot metodlari, tamoyillari, ta’lim shakllari, ta’lim tashkil etish texnologiyasini qamrab olgan asosiy qonun va tushunchalar. Dars mashg‘ulotiga qo‘yilayotgan umumiy psixologiya fani talablariga oid xususiyatlarini bilish va ulardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; Ta’lim jarayonlarida umumiy psixologiyaga xos usullarni qo‘llash, ilmiy-nazariy muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
4
|
V. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
• ma’ruzalar;
• interfaol keys-stadilar;
• seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
• guruhlarda ishlash;
• taqdimotlar qilish;
• individual loyihalar;
• jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
|
5
|
VI. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchaparni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish. O‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va oralik nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.
Oraliq nazorat:
– Modul o‘qituvchisi (instruktor) bilan kelishilgan holda fikrlar almashuvi yozma yoki og‘zaki shaklda;
– Oraliq nazorat shakllari: munozaralar, shuningdek muhokama qilingan asosiy masalalarni tushunishlarni tekshirish uchun testlar va yozma ishlar.
Yakuniy nazorat:
– Imtihon – modul davomida olingan bilim va ko‘nikmalarni baholash; yozma savollarni yoki o‘quv dasturi (syllabus) materiallari bo‘yicha yozma, xususan nazariy va amaliy jihatlarni o‘z ichiga oladi.
|
6
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |