Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika kafedrasi
Download 0.87 Mb.
|
2 5244698480563199183
- Bu sahifa navigatsiya:
- MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI MAZMUNI 1-Mavzu: Umumiy psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi. Reja
- Tayanch iboralar
- Psixologiya fan sifatida psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o‘rganadi desak to‘g‘ri bo‘ladi
Pedagogika kafedrasi mudiri:
“_____” _____________ 2022 yil __________________ G.V.Izbullayeva (imzo) Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi Pedagogika kafedrasining “_____” _____________ 2022 yil ____ -sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.
MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI MAZMUNI 1-Mavzu: Umumiy psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi. Reja: 1.Umumiy psixologiya predmeti va vazifalari. 2.Umumiy psixologiyaning tarmoqlari. 3.Psixologiya tabiiy va ijtimoiy fan sifatida. 4.Psixologiyaning falsafa doirasidagi rivojlanishi. Tayanch iboralar: Psixologiya, psixika, ruhiyat, miya, ong, sezgi, idrok, xotira, xayol, fantaziya holat, xususiyat, jarayon, motivatsiya. Umumiy psixologiya predmeti va vazifalari. Psixologiya – grekcha «psyche» - jon, ruh va «logos» - ta’limot, ilm so‘zlaridan iborat bo‘lib, inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil qiladi. Biroq hozirgi davrda “jon” tushunchasi o‘rniga “psixika”ni qo‘llashda davom etmoqdamiz. Lingvistik nuqtai nazardan jon, psixika tushunchalari aynan bir xil ma’noni bildiradi. Lekin psixika tushunchasi bugungi kunda jondan kengroq ko‘lamga ega bo‘lib ham ko‘zga ko‘rinuvchi ham ko‘zga ko‘rinmovchi tomonlarini o‘zida aks ettiradi. Demak, qisqa qilib, psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarining o‘ziga xos tomonlaridir, deb ta’riflash mumkin. Psixologiya fan sifatida psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o‘rganadi desak to‘g‘ri bo‘ladi. Hozirgi vaqtda psixologiya o‘zi o‘rganadigan alohida predmetiga, o‘zining alohida vazifalariga, o‘zining maxsus tadqiqot metodlariga egadir. Uning psixologik muassasalar tarmog‘i (institutlari, laboratoriyalari, psixolog kadrlarni tayyorlovchi o‘quv yurtlari), ixtisoslashtirilgan kitob nashiriyotlari mavjud. Psixik faoliyat mexanizmlari u yoki bu psixik jarayonni amalga oshiradigan konkret anatomik-fiziologik apparatlarning ishlashini taqazo qilgani uchun ham psixologiya bu mexanizmlarning tabiati va harakatini boshqa fanlar (fiziologiya, biofizika, bioximiya, kibernetika va boshqalar) bilan birgalikda ochib beradi. Psixika to‘g‘risidgi dastlabki tasavvurga ega bo‘lish uchun dastavval psixika mohiyati bilan tanishamiz. Odatda, psixik hodisalar deganda ichki, subyektiv tajriba faktlarining (voqelikning) namoyon bo‘lishi tushuniladi, boshqacha aytganda psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi har bir olingan yaqqol shakllaridan iboratdir. Ichki, subyektiv tajribaning o‘zi nimani anglatadi? Insondagi quvonch yoki zerikish tuyg‘ulari, uning nimalarinidir esga tushirishi, biron bir hohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki hayajonlanish, xadiksirash hislarining barchasi shaxsning ichki dunyosi tarkibiy qismlaridir, ya’ni ularning hammasi subyektiv psixik hodisalar sanaladi. Subyektiv hodisalarning asosiy xususiyati – ularning bevosita subyektga taalluqliligidir. Agar inson idrok qilsa, sezsa, fikrasa, eslasa, xohish bildirsa, albatta ana shu hodisalarni bir davrning o‘zida tushunib (kuzatib) ham turadi. Inson intilsa, ikkilansa, bir qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir bo‘layotganligini anglab turamiz ham shuning uchun psixik hodisalar bizning ruhiyatimizda sodir bo‘lishidan tashqari, ular bevosita ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘lib turadi. Obrazli qilib aytganda, odamning ichki dunyosida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi, odatda, shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning tomoshabini hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan subyektiv hodisalar xususiyatidan kelib chiqqan holda ayrim psixologlar psixologiya fani subyektiv kechinmalarning paydo bo‘lishi va ularning kechishi bilan shug‘ullanishi zarur, uning asosiy metodi o‘zini-o‘zi kuzatish (shaxsning o‘z fikrlari, xis-tuyg‘ulari, xatti harakatlarini o‘zi kuzatishi) bo‘lmog‘i kerak, degan xulosaga keladilar. Lekin psixologiya fanining keyingi davrdagi taraqqiyoti bunday cheklanganlik fanni mutlaqo ta’minlay olmasligini tasdiqladi. Psixologiya fanining o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadigan muammolari juda xilma-xil bo‘lib, u eng avvalo, psixik faoliyatning asosiy qonunini belgilash, uning rivojlanish yo‘llarini aniqlash, har-bir psixik jarayonning asosida qanday mexanizm borligi, uning o‘zgarish jarayonlarini ochib berish masalalarini o‘rganadi. Shuning uchun ham ilmiy psixologiya boshqa barcha o‘rganilayotgan fanlar orasida eng asosiy fanlardan hisoblanadiki, uning jamiyat rivojlanishi bilan ahamiyati yanada ortib va takomillashib boraveradi. Psixologiya – inson ruhiy olamini o‘rganuvchi fan. Psixika – ruhiy holatlar yig‘indisi. Psixologiyani o‘rganish insonlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni jamiyatdagi ilg‘or g‘oyalar va ta’limotlarni ta’lim – tarbiya, falsafa, huquk nafosat, adabiyot va shuningdek, o‘quvchi yoshlarning kasbiy ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idroki, xullas insonparvar psixologiyaning barcha qonuniyatlarini o‘z ichiga oladi. Mustabid tuzum rahbarlari uzoq yillar davomida insonning haq-huquqlarini cheklashga, eski andozalarga asoslangan ijtimoiy tarbiya – milliy psixologiyamizni so‘zsiz itoatkorlikka moyillik ruhida totalitar mafkuraning ta’siri bilan yashashga odatlantirib keldi. Shuning uchun ham ular milliy psixologiya va umumpsixologik qonuniyatlarni jamiyat a’zolaridan mutassil sir tutishga harakat qildilar. Shunga qaramasdan istiqlol sharofati bilan Respublikamizning yyetakchi psixolog olimlari E.G‘oziev, G‘.Shoumarov, V.Karimova, B.Qodirov, M.Davletshin, A.Jabborovlar amaliy psixologiyani keng ko‘lamda rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdilar. Psixologiya fani oldiga hayot va turmush tomonidan yangi-yangi vazifalar qo‘yila boshladi. Bu yangi vazifalar, birinchidan, respublikamizda yuzaga kelgan yangi ijtimoiy muhit, mustaqillik sharoiti tufayli bo‘lsa, ikkinchidan, mamlakatimiz xalqlari ongidagi sifatiy o‘zgarishlar istiqlol mafkurasi tufayli sodir bo‘ldi. Bu ikki hol insoniyat tarihida yangi mazmundagi o‘zaro munosabatlarni va yangicha faoliyat formalarini vujudga keltirdi. Psixologiya fanining boshqa fan sohalaridan farqli tomoni shundan iborat uning amaliy-tadbiqiy jihatlari mavjud bo‘lib, ijtimoiy turmushning barcha javhalarida bevosita qatnashadi, muayyan darajada ta’sir o‘tkazadi. Psixologiya boshqa fanlardan farqli o‘laroq o‘z tadbiqiy ma’lumotlari natijalarining ko‘p qira ko‘p yoqlama ekanligi bilan tubdan ajralib turadi va mutlaqo boshqa sifat ko‘rsatikichiga ega. Ayniqsa bu borada o‘zini o‘zi boshqarish alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun u tabiatni o‘rganish ilmidan tafovutlanib, o‘zining psixik jarayonlari, funksiyalari, holatlari, hissiyoti, irodasi, xarakteri, temperamenti kabilarni boshqarishda o‘z aksini topadi. Inson o‘zini anglab borib, o‘z insoniy hislatlari, xususiyati, sifati xulqini o‘zartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirgi kunda zamon psixologiyasi fani o‘zini o‘zi boshqarish va takomillashtirish, o‘zini o‘zi qo‘lga olish, o‘ziga o‘zi buyruq berish, o‘zini o‘zi tarbiyalash bo‘yicha boy materiallar to‘plagan, bu esa o‘z navbatida inson munosabati, maqsadi, holati, kechinmalari o‘zgarishi va yangidan yaralishi haqida ilmiy tadbiqiy ma’lumotlar beradi, kundalik turmush psixiologiyasi rang-barangligini ta’minlab turadi. Psixologiya inson psixikasining aniqlash, shakllantirish, yangi sharoitga ko‘chirish, takomillashtirish, rivojlanish dinamikasini ta’minlash, yangi sifat bosqichiga o‘tishini qayd qilish imkoniyati borligi bilan o‘ta amaliy, tadbiqiy fanga aylangandir. Umumiy psixologiya boshqa sohalar kabi shartli ravishda qabul qilingan nomdan iborat. Psixologiya fanining ilmiy tushunchalarini, kategoriyalari (Shaxs, motivatsiya, muomala, ong)ni, tadqiqot metodlarini umumiy psixologiyada umumlashtirish uchun uning boshqa sohalaridagi tekshirish natijalarini mavhumlashtirish maqsadga muvofiq. Umumiy psixologiya fani asosiy kategoriyalar, tushunchalar, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, individual tipologik xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. 1.Psixik jarayonlar: sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol va boshqalar. 2.Irodaviy jarayonlar: motiv, motivatsiya, ehtiyojlar, intilishlar, qaror qabul qilish kabilar. 3.Hissiy jarayonlar: emotsiya, his-tuyg‘ular kayfiyat, emotsional ton, stress, affekt singarilar. Psixik holatlarga psixik jarayonlarning ma’lum bir sifatlarining ko‘rinishlari kiradi. Masalan, hissiy jarayonlardan psixik holat isfatida kayfiyat, psixik xususiyatlarga qobiliyatlar va boshqalar kiradi. Psixik holat tushunchasi psixik holatlarga nisbatan nisbiy statikligini anglatadi. Psixik xususiyat tushunchasi esa tadqiq qilinaytgan hodisaning mustahkamligini, qaytaruvchanligini aks ettiradi va bu narsa shaxs tuzilishida o‘z ifodasini topadi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling