V a z I r L i g I


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
Sana08.08.2020
Hajmi0.68 Mb.
#125771
Bog'liq
pedagogika nazariyasi va tarixi 2


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O ’ Z B E K I S T O N

 

R E S P U B L I K A S I



 

X A L Q


 

T A ’ L I M I

 

V A Z I R L I G I



                     

N A V O I Y

 

D A V L A T



 

P E D A G O G I K A

 

I N S T I T U T I  



2011 

PEDAGOGIKA NAZARIYASI 

VA TARIXI 

 

 

FANIDAN 

 

FANI  BO`YICHA  O`QUV-USLUBIY MAJMUA 

 (BAKALAVRIAT BOSQICHI TALABALARI UCHUN) 

 

 

 

 

 

 

F.O.XODJIYEVA 

 

N A V O I Y



 

 


 

F.O.ХODJIYEVA 

«Pedagogika nazariyasi va tarixi» fani bo`yicha o`quv-

uslubiy majmua (bakalavriat bosqichi talabalari uchun). -Navoiy:  2011.      

365 -bet. 

 

 

 



«Pedagogika  nazariyasi  va  tarixi»  fanidan    ushbu    o`quv-uslubiy  majmua 

Navoiy Davlat pedagogika instituti “Pedagogika” kafedrasida tayyorlangan. Ushbu 

majmua o`quv-uslubiy va ma'lumotli hujjatlardan iborat bo`lib, talabalarni ma'ruza 

va amaliy masg`ulotlarni mustaqil o`rganish bo`yicha o`zlashtirish sifatini oshiradi. 

O`quv-uslubiy  majmua    «Pedagogika  nazariyasi  va  tarixi»    fani  bo`yicha 

bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo`ljallangan.   

 

 

Тaqrizchilar:                  p.f.n., dots.  O.Shomiyeva  



                                            p.f.n., dots. D.Axatova 

 

 

 

     



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Navoiy  Davlat  pedagogika  instituti  “Pedagogika”  kafedrasining  2011  yil  mart 

oyidagi 9-son yig`ilishida muhokama qilingan 

 

 

© F.O.Хodjiyeva -Navoiy: NavDPI, 2011. 



1-Mavzu: KIRISH. KADRLAR TAYYORLASh MILLIY MODELI O’QITUVChILIK 

KASBI VA UNING   JAMIYATDA TUTGAN O’RNI. 

 

 

Mashg’ulot maqsadi 

 

 

      I.    Bosh  maqsad  -    «Ta’lim  to’g’risida»gi  Qonun  va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy 

modeli»ni o’rganish va bo’lg’usi o’qituvchilarda  pedagogik mahoratni shakllantirish; «Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi»da  belgilangan  vazifalarni  hayotga  tadbiq  qilishga  qodir  bo’lgan 

qobiliyatlarni shakllantirish.  

 

    II.  Oraliq  maqsadlar    (Ta’lim  natijalari)  -  Mustaqillikdan  keyingi    ta’lim-tarbiya 



sohasidagi  islohotlar  mohiyatini  bilish;  Ta’lim  qonuni  va  milliy  dasturning  qabul  qilinish 

sabablari;  Ta’lim  qonunining  tuzilishi  va  mohiyati;  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»ning 

mohiyati;  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  modeli»ning  tarkibiy  qismlari;  o’qituvchilik  kasbining 

tarixiy taraqqiyoti; o’qituvchining jamiyatda tutgan o’rni; o’qituvchi shaxsining insonparvarligi 

to’g’risida tushuncha berish. 

 III.  Harakatga  teng  maqsadlar  (Natijaga  erishish  shartlari)        -        O’zbekistonda    

ta’lim-tarbiya     sohasida  bo’layotgan islohotlarga munosabat bildirish; Ta’lim qonuni va milliy 

dasturning qabul qilinish sabablarini tahlil etish; Ta’lim qonuni asosida ta’lim tizimi va turlarini 

yoddan sanab berish; «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi va uni  ro’yobga chiqarish 

bosqichlarini   yoddan  aytib berishga tayyorlanish; «Kadrlar tayyorlash milliy modeli»  tarkibiy 

qismlari  mohiyatini  ochib  bera  olish;  o’qituvchilik  kasbining  tarixiy  taraqqiyot  bosqichlarini 

gapirib  berish;  bugungi  kunda  jamiyatimizda  o’qituvchining  tutgan  o’rniga  munosabatini 

bildirish;  o’qituvchi  shaxsining  insonparvarligiga  o’z  o’qituvchilari  namunasida  misollar 

keltirish.  



      

IV. Erishilgan natijani o’lchash me’yori (baholash usuli) - guruhlarga bo’lingan 

holda «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va  «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni «B-B-B 

jadval»i asosida tahlil qilish; «Mening ideal o’qituvchim» mavzusida referat tayyorlash; 

milliy modelning tarkibiy qismlariga sinkveyn tuzish; berilgan vaqt  doirasida testlar 

to’plamini bajarish; Mashg’ulot davomida berilgan savollarga javob berish. 

 

 

                                                       REJA: 



 

1.  "Ta’lim  to’g’risida"gi  qonun  va  "Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi"ning  qabul  qilinishi, 

ularning mohiyati. 

2. «Kadrlar tayyorlash milliy modeli» to’g’risida tushuncha. 

3. O’qituvchilik kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o’rni. 

4. O’qituvchi shaxsining insonparvarligi. 

 

            Jihozlar:    Multimedia,  elektron  proyektor,  mavzuga  oid  turli  diagramma  va  chizmalar; 



«Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». 

 

 



Ma’ruzani  boshlashdan  oldin  hurmatli    Prezidentimizning  «Aql-zakovatli,  yuksak  ma’naviyatli 

kishilarni  tarbiyalay  olsakkina,  oldimizga  qo’ygan  maqsadlarga  erisha  olamiz,  yurtimizda 

farovonlik va taraqqiyot qaror topadi»

 

degan fikrini uqtirgan holda ma’naviy jihatdan mukammal 



rivojlangan  insonni  tarbiyalash,  ta’lim  va  maorifni  yuksaltirish,  milliy  g’oyani  ro’yobga 

chiqaradigan  yangi  avlodni  voyaga  yetkazish  davlatimizning  eng  muhim  vazifalaridan  biri 

ekanligini qayd etib o’tmoqchimiz. 

 

Bu  ulug’vor  vaziflarni  amalga  oshirish  uchun  Respublika  Oliy  Majlisining  1997  yil  29 



avgust    IX    sessiyasida,  qonuniy  zamin  bo’lgan  "Ta’lim  to’g’risida"gi  Qonun,  "Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi"  qabul  qilindi.  Shu  o’rinda,  jamiyatimizdagi  qaysi  holatlar    Ta’lim 



qonuni va Milliy dastur qabul qilish zaruratini yuzaga keltirdi?   degan savolning tug’ilishi  

tabiiy. 


 

 O’zbekiston  Respublikasi  «Ta’lim  to’grisida»gi  Qonunining  qabul  qilinishiga    bir  qator 

omillar  sabab  bo’ldi:  birinchidan,  biz  yashayotgan  muhitda  ijtimoiy  tuzum  o’zgarishi  bo’lsa, 

ikkinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarish va mulkka bo’lgan munosabat o’zgardi, uchinchidan, eski 

mafkuraviy qarashlar  yangi sharoitga javob bermay qo’ydi, to’rtinchidan, ta’lim muassasalarida 

olib borilayotgan tadbirlar jahon andozalariga mos ravishda tashkil qilinishni, talabalarga milliy 

va umuminsoniy qadriyatlar his-to’yg’ularini singdirib, ularni har tomonlama barkamol, chuqur 

bilimga ega mutaxassis etib tayyorlashni taqozo etdi. 

 

Ta’lim  qonuni  va  Milliy  dasturni  o’rganish  uchun  bugungi  kunda  keng  qo’llanilayotgan 



interfaol  uslublar  yordamida,  xususan  «B-B-B  chizma»dan  foydalanamiz.  B-B-B  -  (Bilamiz. 

Bilishni xohlaymiz. Bildik) usuli mashg’ulot  jarayonida matnni tushunishni kuzatishdagi grafik 

tashkilotchi hisoblanadi. 

B-B-B chizmasi 

 

Taxminan nimani 



bilamiz? 

Nimani bilishni 

xohlaymiz? 

Nimani bildik? 

 

 



 

 (Talabalar  guruhlarga bo’linish qoidalari asosida kichik guruhlarga ajratiladi. Ta’lim 

qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yuzasidan har bir guruh o’zaro hamkorlikda 

«Taxminan nimani bilamiz» ustunini to’ldirishadi. Doskada chizilgan jadvaldagi birinchi 

ustunga esa barcha guruhlarning javoblari jamlanadi. Berilgan   javoblar toifalar bo’yicha 

guruhlanadi. Masalan, ta’lim turiga, tizimiga, boshqarishga va boshqalarga oid javoblar.  Keyin 

har bir guruh a’zolari o’zaro  kelishgan  holda  «Bilishni  xohlayman»  ustuniga  mavzu  

yuzasidan o’zini qiziqtirgan savollarini yozib chiqishadi. Doskadagi ikkinchi ustunga barcha 

guruhlarning savollari jamlanadi. Shundan so’ng talabalar Ta’lim qonuni va Milliy dastur matni 

bilan to’liq tanishib chiqadilar va jadvalning ikkinchi ustuniga qaytib, o’zlari bilishni xohlagan 

savollardan qaysilariga javob topganlarini belgilab chiqishadi. Savollarga topilgan javoblar 

uchinchi «Bildik» ustuniga  yoziladi. Talabalarni qiziqtirgan qaysidir savolga javob chiqmay 

qolgan bo’lsa, uni o’qituvchi to’ldiradi yoki uyga vazifa sifatida bilib kelishni topshiradi.) 

 

Xo’sh,  ta’lim  sohasidagi  davlat  siyosatining  asosiy  tamoyillari  nimalardan  iborat? 

degan savolning tug’ilishi ham tabiiydir.  

 

Ma’lumki, "Ta’lim to’g’risida"gi Qonun 5 ta bo’lim 34 moddadan iborat. Ta’lim sohasidagi 



davlat  siyosatining  asosiy  tamoyillarida:  ta’lim  O’zbekiston  Respublikasi  ijtimoiy  taraqqiyoti 

sohasida  ustuvor  deb  e’lon  qilinadi,  demak  ta’lim  -  tarbiya  ishlari  davlat    siyosatining  asosiy 

prinsiplaridan biridir. 

 

Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iboratdir: 



 

1.Ta’lim va tarbiyaning insonparvar demokratik xarakterda ekanligi. 

 

2.Ta’limning uzluksizligi va izchilligi. 



 

3.Umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus kasb hunar ta’limining majburiyligi. 

 

4.O’rta maxsus, kasb hunar ta’limining yo’nalishini tanlashning ixtiyoriyligi. 



 

5.Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi. 

 

6.Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi. 



 

7.Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuvi. 

 

8.Bilimli bo’lish va iste’dodni rag’batlantirish. 



 

9.Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish. 

 

Ta’lim  -  tarbiya  sohasida  amalga  oshirilayotgan  islohotlardan  ko’zlangan  maqsad 



barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdir. 

 

«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»da:  1.)  Muammolar  va  kadrlar  tayyorlash  tizimini 



isloh  qilish  omillari.  2.)  Milliy  dasturning  maqsadi,  vazifalari  va  uni  ruyobga  chiqarish 

bosqichlari.  3.)  «Kadrlar  tayyorlashning  milliy  modeli».  4.)  Kadrlar  tayyorlash  tizimini 

rivojlantirishning  asosiy  yunalishlari.  5.)  Dasturni  ruyobga  chiqarishga  oid  tashkiliy  chora-

tadbirlar1  nomli  besh  bo’lim  mavjud.  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  modeli»ning  tarkibiy  

qismlarini ko’rib chiqsak.  

 

 

 



 

 

  



 

 

 



 

 

 

 

                    

           

 

 

 

Shaxs-  kadrlar  tayyorlash  tizimining  bosh  sub’ekti  va  ob’ekti,  ta’lim  sohasidagi 

xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi

      davlat  va  jamiyat  -  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimining  faoliyatini  tartibga  solish  va 

nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib  olishning kafillari;  

 

uzluksiz  ta’lim  -  malakali  raqobatbardosh  kadrlar  tayyorlashning  asosi  bo’lib,  ta’limning 

barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat 

ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi; 

 

fan- yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik 

va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; 

 

ishlab  chiqarish  -  kadrlarga  bo’lgan  ehtiyojni,  shuningdek  ularning  tayyorgarlik  sifati  va 

saviyasiga  qo’yiladigan  talablarni  belgilovchi  asosiy  buyurtmachi,  kadrlar  tayyorlash  tizimini 

moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.  

          O’qituvchilik  (pedagog)  kasbi  qachon  va  qanday  zaruratlar  natijasida  paydo 

bulganligi haqida  o’ylab ko’rganmisiz? 

 

Bu  savol  yuzasidan  munozara  uyushtiramiz  (Talabalarning  fikrlari  tinglanadi,  muhokama 

etiladi va yakuniy xulosa chiqariladi). 

 

Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ustoz, muallim, o’qituvchi zimmasiga eng muhim 



vazifa - jamiyat kelajagi bo’lgan yoshlarni tarbiyalash, ilm berish vazifasi yuklatilgan. Hatto 

ibtidoiy jamoa tuzumidayoq yoshlarni tarbiyalash muassasalari tashkil etilib, ularda tajribali, 

hayotni ko’rgan oqsoqollar bolalarni tarbiyalaganlar. O’qituvchilik kasbining paydo bo’lishi 

tarbiyaning kelib chiqishi bilan bog’liqdir.  

 

Ibtidoiy  kishilarning  mehnat  faoliyati  va  bunda  tarkib  topgan  ijtimoiy  munosabatlar  



tarbiyaning  vujudga  kelishi  uchun  asosiy  shart  bo’ldi.  Inson  mehnat  qurollari  tayyorlay 

boshlagan davrdan boshlab kishilik jamiyati paydo bo’ldi. Eng oddiy mehnat qurollarini qo’llash 

va ularni ongli ravishda tayyorlashning toboro kengayib va murakkablashib borishi yosh avlodga 

mehnat bilimlarini, ko’nikma va tajribalarini berish zaruratini  tug’dirdi.  

 

Dastlab bu hol mehnat faoliyati jarayonida va butun ijtimoiy hayot quynida ro’y berar edi. 



Keyinchalik tarbiya  inson faoliyati va  ongining alohida sohasiga aylandi.  

 

Yangi tug’ilgan bolani jamoadagi keksalar, oqsoqollar boqardilar. Matriarxat 



taraqqiyotining oxirlarida bolalarni tarbiyalash uchun  yoshlar uylari paydo bo’lib, ularda urug’ 

oqsoqollari bolalarga  tarbiya berganlar.  Quldorlik davrida esa quldorlarning bolalari uchun 

                                                 

Кадрлар тайёрлаш миллий дастури // Баркамол авлод- Ўзбекистон тараqqиётининг пойдевори.Тошкент: «Шарq»,1998. 32-61-бетлар 



«Kadrlar tayyorlash milliy modeli»ning 

tarkibiy qismlari 

 

SHAXS 



 

DAVLAT VA 

JAMIYAТ 

 

UZLUKSIZ 



TA’LIM 

 

FAN 



 

ISHLAB  

CHIQARISH 

 


maxsus maktablar tashkil etilgan. Qadimgi  Yunonistonda bolalarga bilim beradigan kishini  

«didaskal» («o’qitaman», «o’rgataman» so’zidan olingan) deb ataganlar. Bolalarni maktabga 

qullardan biri boshlab borgan yoki sayrlarga olib chiqqan bunday tarbiyachi «pedagog» 

(«payne»- bola, «agogeyn»- yetaklamoq so’zidan olingan) deb atalgan. Bu tushunchalar hozirda 

ham o’qituvchiga nisbatan ishlatiladi, lekin uning mohiyati boshqacha ahamiyat kasb etadi.  

 

Har bir jamiyatda ham pedagog, o’qituvchi, tarbiyachilarga yoshlar   murabbiysi     sifatida   



katta  hurmat bilan qarab  

kelingan. Ayniqsa, bizning mustaqil yurtimizda   o’qituvchiga hurmat-

e’tibor va unga quyilgan mas’uliyat ham nihoyatda oshib   bormoqda.  Bu o’rinda      

Respublikamizda  1 oktabrni «Ustoz va murabbiylar kuni» deb e’lon qilinganligini ta’kidlab 

o’tish joiz. 

 

 Ma’lumki, "shaxs va davr" yoki "davr va shaxs" munosabati muammolari tahlilida  uchta 



holat bo’lishi mumkin: 

 

Birinchidan,  shunday  shaxslar  bor  -  ular  davr  bilan  hamnafas,  o’zi  yashagan  zamonning 



yalovbardori sifatida namoyon bo’ladi. 

 

Ikkinchi  toifa  shaxslar  o’z  davrining  ruhi,  maqsad  va  vazifalarini  anglay  olmaydi,  ya’ni 



zamondan orqada qoladi. 

 

Uchinchi  toifa  insonlar  yetakchilar  sanalib,  ular  voqelikdan  o’zib  ketadi,  ayni  paytda  o’z 



davrining  ruhini  chuqur  his  etadi  va  anglaydi.  Bunday  shaxs  hayotiy  qarashlari,  g’oyasi  va 

faoliyat yo’nalishida kelajakni ko’ra oladi. 

 

O’qituvchi shunday  yetakchilik xususiyatiga ega bo’lgan, ma’naviyati yuksak shaxs bo’lishi 



va shunday shaxsni tarbiyalashi lozim. Shaxsning ma’naviy olami yuqori bo’lsa, tabiiy ravishda 

bu uning amaliy faoliyatida ham o’z ifodasini topadi, uning g’oyalari jamiyatga singadi. 

Shunday  qilib,  milliy  dasturdan  ko’zlangan  maqsadlar  juda  ko’p.  Avvalo,  bu  maqsad  va 

vazifalarning  to’la  amalga  oshishi  mamalakatimizdagi  ijtimoiy-siyosiy  muhitning  o’zgarishiga 

olib keladi, jamiyatda yangi shaxs- komil insonlar vujudga keladi. 

Ikkinchidan  yurtboshimiz  so’zi  bilan  aytganda:  «ta’limning  yangi  modeli  ishga  tushgach, 

insonning hayotdan o’z o’rnini topish jarayoni tezlashadi», «Ta’limning yangi modeli  jamiyatda   

mustaqil   fikrlovchi   erkin  shaxsning  shakllanishiga olib keladi...  «ta’limning  yangi  modeli 

jamiyatimizning potensial kuchlarini ro’yobga chiqarishda  juda katta ahamiyat kasb etadi»  

 

Xuddi  shunday  jamiyatimizning  Milliy  dasturda  ko’zlagan  maqsadlarga  erishishi  ta’lim-



tarbiya tizimidagi ishlar samarasiga va avvalo, o’qituvchiga ham bog’liqdir. O’z davrining ruhini 

chuqur anglagan, kelajakni ko’ra bilgan shaxslarni tarbiyalash o’qituvchi tarbiyachilarning bosh 

vazifasidir.  O’qituvchi  va  o’quvchi  munosabatidagi  majburiy  itoatkorlik  o’rnini  ongli  intizom 

egallashiga  erishmog’imiz  darkor.  O’qituvchining  bosh  vazifasi:  o’quvchilarda  mustaqil  fikr 

yuritish  ko’nikmalarini  hosil  qilishdan  iborat.  Ularda  tafakkur  qirralarini  shakllantirish  va 

rivojlantirish eng muhim ta’limiy tarbiyaviy ish bo’lib hisoblanadi.  

 

 

 



2-MAVZU: PEDAGOGIKANING PREDMETI,  

MAQSAD VA   VAZIFALARI. 

 

Mashg’ulot  maqsadi 

 

I.  Bosh  maqsad  -  pedagogika  fanining  predmeti,  maqsad  va  vazifalari,  uning  boshqa 

fanlar  bilan  aloqasi,  pedagogika  fanlari  tizimi  mohiyati,  asosiy  pedagogik  kategoriyalar,  milliy 

mafkurani shakllantirishda Pedagogikaning fan sifatidagi  vazifalari bilan tanishish. 

II. Oraliq maqsadlar (ta’lim natijalari)  -     «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar 

tayyorlash milliy dasturi» mohiyati; ta’lim-tarbiya sohasidagi islohatlar maqsadi; Prezidentimiz 

I.A.  Karimovning    «Barkamol  avlod-  O’zbekiston  taraqqiyotining  poydevori»  nutqida  ilgari 

surilgan  g’oyalar;  «Pedagogika»  so’zining  kelib  chiqishi  va  ma’nosi;  Pedagogika  fanining 



maqsad va vazifalari; jamiyat  rivojida pedagogikaning o’rni; pedagogikaning asosiy  tushuncha 

(kategoriya)lari:  ta’lim,  tarbiya, ma’lumot,  rivojlanish,  pedagogik  faoliyat,  pedagogik  jarayon, 

tarbiyaning  maqsadi,  bilish,  anglash,  o’rgatish;  Pedagogikaning  boshqa  fanlar  bilan  aloqasi; 

Pedagogika  fanlari  tizimi;  milliy  mafkurani  shakllantirishda  pedagogikaning  o’rni  kabi 

masalalarni bilish. 

III.  Harakatga  teng  maqsadlar  (Natijaga  erishish  shartlari)-  O’zbekistonda  ta’lim-

tarbiya  sohasida    bo’layotgan  islohatlarga  munosabat  bildirish;  Ta’lim  qonuni  va  milliy 

dasturning  qabul  qilinish  sabablarini  tushuntirib  berish;  Prezidentimizning  «Barkamol  avlod- 

O’zbekiston  taraqqiyotining  poydevori»  nutqidagi  asosiy  g’oyalarni  ajratib,  mohiyatini  yoritib 

berish;  Pedagogika    fanining  maqsad  va  vazifalari,  uning  asosiy  tushunchalari  («ta’lim», 

«tarbiya»,  «ma’lumot»  va  hokazolar)ga  berilgan  ta’riflarni  yoddan  aytishga  tayyorlanish; 

Pedagogika fanining jamiyat rivojidagi o’rnini misollar bilan yoritib berish; Pedagogika fanining 

falsafa,  tarix,  psixologiya,  sotsiologiya,  etika,  estetika,  iqtisod,  adabiyot  fanlari  bilan    aloqasini 

misollar  bilan  izohlab  berish;  pedagogika  fanlari  tizimini    sharhlab  berish;  Milliy  mafkurani 

shakllantirishda ta’lim-tarbiya muassasalarining roli haqidagi o’z qarashlarini bayon etish. 



   

IV. Erishilgan natijani o’lchash me’yori (baholash usuli) - guruhlarga bo’lingan 

holda «Ta’lim qonuni va Milliy dastur», «Ta’lim-tarbiya islohati», «Pedagogikaning 

fanlar bilan aloqasi», «Pedagogika fanlari tizimi» tushunchalariga Klaster tuzish; 

Pedagogika, ta’lim, tarbiya, ma’lumot  so’zlariga Sinkveyn tuzish; berilgan vaqt  

doirasida testlar to’plamini bajarish; Mashg’ulot davomida berilgan savollarga javob 

berish. 

 

            

  REJA: 

  

1. Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. 



2. Jamiyat va olam rivojida pedagogikaning mohiyati.  

3. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari.  

4. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi va pedagogika fanlari tizimi. 

5. Milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantirishda pedagogikaning o’rni. 

 

 

               Nima uchun O’zbekistonda ta’lim-tarbiya  sohasini isloh qilish zarur bo’lib qoldi? 



    Bu savolga javob berish uchun dastlab Prezidentimizning Oliy Majlis XII sessiyasida aytgan 

quyidagi    fikrini  keltirishimiz  o’rinlidir:  «  Eng  avvalo  bizning  ta’lim  tizimiga  bo’lgan 

munosabatimizni  ham  tubdan  o’zgartirish  kerak.  Ta’lim  islohati  bizni  demokratik  o’zgarishlar, 

yangi jamiyat barpo etish yo’lidan dadil yetaklovchi, barchamizni harakatlantiruvchi  ichki kuch 

bo’lmog’i  zarur.  Har  birimizga  besh  barmoqday,  eskicha  aytganda  to’qqiz  pulday  ayon 

bo’lsinkim,  ta’lim-tarbiya  tizimini    o’zgartirmasdan  turib,  odamlar  ongini,  demakki,  ularning 

turmush tarzini ham o’zgartirish mumkin emas». 

 

Yurtboshimiz  ta’lim-tarbiya  islohatining  zarurligi  va  muhimligi  haqida  o’zining  qator 



nutqlarida ham qayta-qayta to’xtab o’tadi. 1997 yil Oliy Majlis 1X sessiyasida so’zlagan nutqida 

shu  vaqtgacha  amalga  oshirilgan  tadbirlar  talabga  javob  bermayotganligini,  eski  sho’rolar 

zamonidan  qolgan  ta’lim-tarbiya  tizimiga  xos  mafkuraviy  qarashlardan  va  sarqitlardan  to’liq 

qutila  olmaganligimiz,  ikkinchidan,  o’zgarishlar  yuzaki  bo’lib,  ta’lim-tarbiya  va  o’quv 

jarayonlarining tarkibini, bosqislarini bir-biri bilan uzviy bog’lash,  ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya        

tizimini  tashkil  qilish  muammolarini  yechib  bermaganligi,  uchinchidan,      bizning    amaldagi 

ta’lim-tarbiya      tizimimiz bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga 

javob bera olmasligi... kabilar ham bu  islohatni  zarurligini ko’rsatdi. 



   

 

 

 



O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  IX  sessiyasi  (1997  yil  29  avgust)  da  "Ta’lim 

to’g’risida" gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy  dasturi" qabul qilindi. Bu qonun hujjatlariga 



asosan  respublikamizda  ta’lim  -  tarbiya  tizimini  tubdan  o’zgartirish,  uni  yangi  zamon  talabi 

darajasiga ko’tarish, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishning qonuniy asoslari belgilab 

olindi. Bu borada bir qancha ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. 

 

Ana  shu  sessiyada  Prezident  I.A.Karimov  "Barkamol  avlod  -  O’zbekiston  taraqqiyotining 



poydevori" mavzusida nutq so’zlab quyidagi g’oyalarni ilgari surgan edilar: 

Maktablarning moddiy bazasini mustahkamlash; 

Bilimli, mahoratli tarbiyachi o’qituvchilarni tayyorlash, ularning hayotiy talablarini qondirish; 

O’quv  jarayoniga  tegishli  bo’lib  boshlang’ich  sinflarda  va  undan  keyingi  bosqichlarda 

o’qiyotgan bolalarga qaysi sinfda nimani o’qitish maqsadga muvofiqligini ilmiy nuqtai nazardan 

asoslash; 

4.Boshlang’ich ta’limga ikkinchi darajali ish deb qaramaslik, chunki bolaning dunyoqarashi, 

didi  salohiyati  shakllanadigan        boshlang’ich        sinflarga      eng    yetuk,    eng  tajribali 

murabbiylar biriktirib qo’yilishiga katta e’tibor berish. 

 

Respublikamiz mustaqillikka erishgach ijtimoiy tuzum o’zgardi. Ijtimoiy tuzumning 



o’zgarishi shu tuzumning maqsadi, vazifalariga mos keladigan va uni amalga oshiradigan kadrlar 

tayyorlash vazifasini qo’ydi. Demak, ta’lim - tarbiyaning tashkiliy - uslubiy asoslarini yaratish 

davr talabi bo’lib qoldi. Ana shu davr talabiga muvofiq barkamol avlodni tayyorlab voyaga 

yetkazishning qonuniy asosi bo’lmish "Ta’lim to’g’risida"gi qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy 

dasturi" qabul qilindi. 

 

Hozirgi  kun jamiyat rivojida pedagogikaning o’rni qanday? 

 

XXI    asrda  ijtimoiy  -  iqtisodiy  munosabatlar  rivojida  inson  aql  zakovati  va  ma’naviyati 



asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo’lmoqda. 

Shuning  uchun  insonparvarlik  bozor  iqtisodiyoti  asosida  huquqiy,  demokratik  davlat,  erkin 

fuqarolik  jamiyati  qurilishining  bosh  tamoyili  sifatida  maydonga  chiqdi.  O’zbekiston 

Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi qonunida ta’lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida 

ustuvor  deb  e’lon  qilinishi  pedagogika  fani  zimmasiga  juda  katta  mas’uliyatli  ulug’vor 

vazifalarni  yukladi.  Juda  boy  ilmiy,  ma’naviy,  madaniy,  diniy  merosimiz  qayta  tiklana 

boshlandi. 

 

Har  bir  mustaqil  fan  o’zining  predmeti  va  metodologik  asoslariga  egadir.  Jumladan, 



pedagogika fan sifatida shakllanib, o’zining predmetiga ega. Boshqa fanlar kabi pedagogika ham 

fan sifatida paydo bo’lar ekan, u avvalo jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida vujudga keldi. 

Shu  sababli  tarbiya  jarayonini  ijtimoiy  hayotning  ajralmas  qismi  deb  qarash  lozim.  Chunki 

tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib, jamiyatni, uning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin.  

 

Pedagogika atamasi qadimiy bo’lib, "bola yetaklovchi" degan ma’noni bildiruvchi grekcha 



"paydogogos" so’zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarda ko’rstilishicha, qadimgi Yunonistonda 

o’z  xo’jayinlarining  bolalarini  sayr  qildirgan,  ehtiyot  qilgan  tarbiyachini  "pedagog"  ("bola 

yetaklovchi")  deb  atashgan.  Keyinchalik  esa  bu  tushuncha  keng  ma’noda  ishlatilib,  maxsus 

bilimlarni  egallagan  mutaxassislarga  nisbatan    qo’llanila  boshlandi.  Shu  bilan  birga  ta’lim  - 

tarbiya ishlari bilan shug’ullanuvchilar kasb - hunar homiylari sifatida ajralib chiqa boshlaydilar. 

Ularning ta’lim - tarbiya borasidagi faoliyatlari va to’plagan tajribalaridan o’rinli foydalanishlari 

PEDAGOGIKA fanini vujudga kelishiga olib keldi.   

 

Pedagogikaning   rivojiga  IX-XVI   asrlar (Sharq  uyg’onish davri)da    yashab ijod etgan Al-



Buxoriy, At- Termiziy,  Abu Nosir Forobiy,   Abu Rayhon Beruniy,Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos 

Xojib, Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yassaviy, Bohouddin Naqshbandiy, Mirzo Ulug’bek,  Mir 

Alisher  Navoiy,  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  kabi  buyuk  daholar,  XIX  asrning  oxiri  XX  asr 

boshlarida    Turkistonda  jadidchilik  harakatining  yirik  namayondalaridan    Abdurauf  Fitrat, 

Mahmudxo’ja  Behbudiy,  Munavvarqori  Abdurashidxonov,  Abdulla  Avloniy,  Saidahmad 

Siddiqiylar,    Ovro’pa    davlatlarining  buyuk  mutafakkir  va  pedagog  olimlaridan    Yan  Amos 

Komenskiy,  Jan  Jak  Russo,  I.G.  Pestolotssi,  Adolf  Disterveg,  K.D.  Ushinskiy,      A.  S. 

Makarenko,  J.  Lokk,  Jon.  Dyui,  Edvard  Torndayk,    S.  T.  Shatskiy,  B.  Blumlar  ulkan  hissa 

qo’shdilar. 


 

 Pedagogika  fan  sifatida  shakllanib,  takomillashib  borib,    ta’lim  -  tarbiyaning  maqsad  va 

vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqidagi fanga aylandi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 



 

 

 Pedagogikaning  asosiy    kategoriyalariga  ta’lim,  tarbiya,  ma’lumot,  rivojlanish, 



pedagogik faoliyat, pedagogik jarayon, bilish, o’rgatish, ta’lim-tarbiya metodlari, prinsiplari va 

boshqalar kiradi. Biz ularni pedagogik tushunchalar ham deb ataymiz. 

 

 

Tarbiya - deb tarbiyachi o’zi hohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish 



uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga ko’ra tizimli ta’sir ko’rsatishiga aytiladi. 

 

Ta’lim - maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o’tkaziladigan o’quvchilarni bilim, 



ko’nikma va malakalar bilan qurollantiradigan bilim qobiliyatlarini o’stiradigan, ularning 

dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir. 

 

Ma’lumot -  ta’lim - tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan 



ko’nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir. 

 

Pedagogik faoliyat- estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy  



 

 

Pedagogikaning  

vazifalari 

 

dunyoning moddiy-



ma’naviy rivoji-da 

barkamol shaxsni 

shakllantirish 

 

shaxsning aqliy-



amaliy 

imkoniyatlarini 

ro’yobga chiqarish 

 

insonning ijodiy 



qobiliyatlarini

  

namoyon etish 



 

insonning 

intellektual jihatdan 

rivojini ta’minlash 

 

insonning 



o’zi 

xohlagan 

kasbini 

tanlashi 

uchun

 

imkoniyat yaratish 



 

o’zi tanlagan 

mutaxassisligi 

bo’yicha baxtiyor 

faoliyat ko’rsatishi 

uchun tar-biyaviy-

didak-tik shart-

sharoit  yaratish 



Pedagogika fanining predmeti 

 

Тa’lim-tarbiya-



ning zamonaviy 

qonuniyatlari 

 

Тa’lim-tarbiya-



ning mazmuni 

 

Тa’lim-tarbiya- 



ning usullari, 

vositalari 

 

Dunyoning moddiy-



ma’naviy rivojida shaxs 

kamolot uy-g’unligi 

 


maqsadlarga muvofiq ravishda yosh avlodni hayotga tayyorlashning aqlan o’ylab ko’rilgan, katta 

yoshdagilarning ijtimoiy zarur bo’lgan mehnatining o’ziga xos turidir.  

 

Pedagogik jarayon - ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan kattalarning pedagogik faoliyati 



ta’sirida  tashkiliy shakllantirilgan va mazmunan boyitilgan hamda tarbiyachining yo’naltiruvchi 

va olib boruvchi rahbarlik roli natijasida bolaning o’z-o’zini taraqqiy ettirishidir. 

 

 

Pedagogikaning  rivojlanib  va boyib borishiga qaysi fanlar ta’sir kursatadi ? 



 

 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

  

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Маданият-

шунослик 

психология

 

физиология 



гигиена 

математика 

кибернетика 

лингвистика 

валеология 

социология 

сиёсатшунослик 

информатика 

демография 

этнография 

диншунослик 

эстетика 

Ахлоqшу-

нослик 


фалсафа 

тарих 


мантиq 

биология 



Педагогика фанининг 

предматлараро 

боg’лиqлиги 

Мактабгача таълим 

педагогикаси 

Умумий таълим 

педагогикаси

 

Ўрта махсус, касб-



hунар таълими 

педагогикаси 

Олий таълим 

педагогикаси 

Даволаш педагогикаси 

Герантопедагогика 

Hарбий педагогика 

Янги педагогик 

технологиялар 

Педагогик диагностика 



Педагогика тармоqлари 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

           

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Milliy g’oya va mafkurani shakllantirishda Pedagogikaning o’rni  qandayligini  ko’rib 

o’taylik. 

 

Tarixga  nazar  tashlar  ekanmiz,  tarbiya  haqidagi  g’oyalar  eramizdan  oldingi  VI  asrda 



shakllanganligi  haqida  ma’lumotlar  mavjud.  Keyingi  davrlarda  pedagogik  g’oyalarning 

shakllanishida  zardushtiylik  ta’limotida,  uning    muqaddas  kitobi  "Avesto"da  qimmatli  fikrlar 

talqin etilgan. Qur’oni Karim va Hadisi Shariflarda musulmon ahlining dunyoqarashi, falsafasi, 

ma’naviyati,  axloqi,  e’tiqodi  har  tomonlama  barkamolligi  kabi  insoniy  sifatlarni  shakllantirish 

yo’llari bayon qilingan. Boy ma’naviy qadriyatlarimizga munosabatni belgilashda Prezidentimiz 

I.A.Karimov  maqsad,    faqat  ilmiy  madaniy  merosni  o’rganish  emas,  balki  betakror 

xazinamizning ilmiy, amaliy tamoyillarini yangi davrga xizmat qiluvchi qirralarini, hikmatlarini 

Педагогика фанлари тизимининг махсус 

тармоqлари 

Дифек-тология 

Сурдопедаго-гика (соqов 

болаларни ўqитиш ва 

тарбиялаш 

Логопедия нутqи яхши 

ривожланма-ганлар 

билан шуg’улланиш 

Тифлопедагогика-кўзи 

ожиз болаларни ўqитиш 

ва тарбиялаш 

Олигофренопедаго- 

гика (аqлий ривожланишдан 

орqада qолган болаларни 

тарбиялаш ва ўqитиш) 


ochish,  ularni  hayotga  tatbiq  qilishdan  iborat  ekanligini  mustaqilligimizning  ilk  kunlaridanoq 

belgilab  bergan  edilar.  Mamlakatimizda    ma’naviyat  sohasiga  alohida  e’tibor  berilishi  milliy 

davlatchiligimizning,  milliy  mafkuramizning  asosini  mustahkamlashda  muhim  ahamiyat  kasb 

etadi.  


 

Prezidentimiz  g’oya,  mafkura,  milliy  g’oya,  milliy  mafkura,  ma’naviyat  atamalarining 

etimologiyalarini  ochib  berdi.    U  milliy  g’oya,  milliy  mafkura  har  kungi  hayot  sharoitlaridan 

kelib chiqishi bilan birga har bir fuqaroning, davlatning, millatning istiqbolidan kelib chiqishini 

ko’rsatdi. 

 

 Ma’lumki, g’oya -  insonlarga kuchli ruhiy ta’sir ko’rsatuvchi, ularni harakatga keltiruvchi 



fikrdir .Fikr esa inson miyasining mahsuli . 

 

Mafkura  (arabcha  «mafkura»-  nuqtai-nazarlar  va  e’tiqodlar  tizimi,  majmui)-jamiyatdagi 



muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar , fikrlar va  g’oyalar 

majmuidir. 

 

Milliy  mafkura  -  xalqimizning  ma’naviy  -  ilmiy  mentaliteti,  g’oyalari  asosida  amalga 



oshirilayotgan ishlar, jarayonlardagi tutayotgan  yo’li, davlatga, jamiyatga, olamga, o’z  - o’ziga, 

taraqqiyotga munosabatlar tizimidan ibortadir. 

 

Insonning  ma’naviy  faolligi  amaliy  -  kasbiy  faolligi  bilan  uyg’unlashganda  barkamollik 



sifatlari  tabiiy  shakllanadi,  rivojlanadi.  Aynan  ana  shu  tushunchalarni  to’g’ri  anglash  ta’lim  - 

tarbiyaning  metodologik  asoslarini  to’g’ri  tanlashga  yordam  beradi.  Chunki  ta’limning 

sub’ektivlik,  demokratik,  huquqiy  insonparvarlik  asoslari  insonlarning  nodir,  betakrorligini 

ro’yobga chiqarishdir. 

 

Yoshlarimizda bolalikdan boshlab sog’lom e’tiqod va yuksak dunyoqarashni shakllantira 



olsak, ular ma’naviyati boy, mustaqil fikrli va olijanob shaxslar bo’lib ulg’ayadi. Mafkuraviy 

dunyoqarash va milliy g’oyalar shunday e’tiqod asosida shakllanadi.  

 

Milliy istiqlol g’oyasini yoshlar ongi va qalbiga singdirishda milliy urf-odat va 



an’analarimizning, oila va mahallalarning, ayniqsa ta’lim-tarbiya beruvchi muassasalarning o’rni 

juda salmoqli bo’lib, bu ham pedagogika fani oldiga ulug’vor  vazifalarni qo’yadi. Qanday 

usullar, vositalar va yo’llar bilan ta’lim-tarbiya  jarayonini boshqarish lozimligini  pedagogika 

belgilab beradi.                                                                       



                                                                                                                                   

 

 

 

Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar

 

 



1.Quyidagi  «..  donolar  bisotidan..»  deb  nomlanmish    hikoyatlardan  parchalarni  o’qing  va 

mushohada qiling. 

 

  

 



Ilm o’rganish  fazilatlari haqida 

 

Allohning yerdagi elchisi Rasululloh aytmishlarki, ilm o’rganish har bir mo’min va muslima 



uchun farzdir. Ilm tolibi uchun borliq mavjudot,  hatto dengizdagi baliqlar ham (o’z) gunohlarini 

so’rab istig’for aylaydilar. 

 

Ilm ibodatdan afzaldir, chunki  u  dinni tutib  turuvchidir. Bilim olmoq ikki toifaga bo’linur, 



ya’ni  biri  qalban  ilmga  tashnalikdur,  bu  foydali  ilmdur.  Bunday  ilm  kishi  hayotini  toabad 

nurafshon qiladur. Ikkinchi xildagi  ilm esa faqat tildagidur. 

 

 

Savol: Bu hikoyatda qanday ilm to’g’risida fikr bildirilyapti?    



 

 

 

2. F a r o s a t   u ch u n         m a o sh. 



 

  

Bir savdogarning ikki mirzasi bor ekan. Savdo-tijorat  ishlarida barcha yumushlarni har 



ikkalasi ham birdek bajarishar, savdogarga sidqidildan xizmat qilisharkan. Lekin maosh 

masalasida anchagina farq bo’lib, biri ko’p, biri esa ozroq haq olar ekan. Bu ahvol anchagina 

davom etibdi. Maoshi oz mirza ancha vaqt xojasining og’zini poylab yuraveribdi. Biroq 

savdogar bu haqda hech ham gap ochmas, har kuni  odatdagi o’z ishlari bilan mashg’ul bo’lar 

ekan. 


  Sabr kosasi to’lgan mirza bir kun payt topib yuragidagi dardini xojasiga to’kib solibdi. 

Mana  qanchadan  beri  indamay  hamma  ishlaringizni  qilib  kelyapman.  Ishyoqmaslik  qilib,  biror 

vazifadan bo’yin tovlagan yerim yo’q. Anavi mirza bilan bajaradigan ishimizda shuncha kuzatib 

biror farqni anglay olmadim.  Lekin maoshimiz nega turlicha ekanligiga aslo aqlim yetmayotir,- 

debdi.  

Xoja mirzaning so’zini eshitib miyig’ida kulibdida, uning da’vosi to’g’ri ekanligini tan olibdi 

va  bu  haqda  keyinroq  gaplashajagini  aytib,  hozir  zarur  bir  yumushni  ado  etib  kelishini 

buyuribdi. 

Bosh ustiga!- debdi mirza tavoze bilan o’rnidan turarkan. 

Bo’lmasa  eshiting-  debdi  xoja.-Karvonsaroyga  Bog’doddan  savdogarlar  tushishibdi.  Borib 

ulardan so’rang-chi, bisotlarida baxmal matosi bormikan? 

Mirza  ko’ksiga  kaftini  qo’yib:  «Xo’p  bo’ladi»,  debdi  va  xojasi  huzuridan  chiqibdi.  Hech 

qancha vaqt o’tmay, u karvonsaroyga borib kelibdi. 

-Taqsir bog’dodlik savdogarlarda baxmal mato bor ekan!-debdi. 

Rangi qanaqa ekan bilmadingizmi?-debdi xoja. 

Yo’q! Rangini so’ramabman. 

Rangini bilib keling!- deb buyuribdi xoja mirzaga. 

Mirza yana karvonsaroyga qarab ketibdi va fursat o’tib yana xojasi yoniga kirib kelibdi. 

Bildim taqsir! Rangini so’rab bildim! Pistamagiz ekan baxmal rangi! 

Yaxshi, - debdi xoja.-  Baxmalning gazini necha so’mdan sotarkanlar bog’dodlik birodarlar? 

  

Tili  lol  mirza  baxmal  narxini  bilib  kelish  uchun  yana  karvonsaroyga  zing’illabdi  va  u 



yerdan  baxmal  narxini  ham  aniqlab  kelibdi.  Lekin  xojasi  tushmagur  mirzaga  yana:  «Hammasi 

bo’lib qancha baxmallari bor ekan, bilmadingizmi?»-degan savolni ko’ndalang qilib, uni mulzam 

qilibdi. Mirza baxmalning qancha ekanligini bilib kelish uchun yana karvonsaroyga junayotgan 

ekan, xoja uni to’xtatibdi. 

To’xtang,  -  debdi  va  ikkinchi  mirzani  chaqirtirib,birinchi  mirzaga  aytgan  dastlabki  topshiriqni 

aytibdi. Ikkinchi mirza ham karvonsaroyga qarab ketibdi va bir fursat o’tgach, xoja va birinchi 

mirza o’tirgan yerga kirib kelibdi. 

To’g’ri  taqsir!  Karvonsaroyga  Bog’doddan  savdogarlar  kelishibdi.  Bisotlarida  baxmal  matolari 

xam bisyor emish,- debdi. 

Rangi qanday ekan uning? 

Rangi pistamag’iz, sifati ham soz! 

Har gazini qanchadan deyishmoqda? 

  

Ikkinchi  mirza  baxmal  narxini  ham  aniq  aytib  beribdi.  U  xojasining  «Hammasi  bo’lib 



qancha baxmallari bor ekan?» degan savoliga ham aniq javob qilibdi. 

 Shu  paytdan  xoja  ikkinchi  mirzaning  xizmati  uchun  unga  minnatdorchilik  aytib,  javob 

beribdi va birinchi mirzaga yuzlanibdi. 

Mirzam, endi tushungandirsiz, maoshingidagi farq sababini? 

 Maosh belgilashda xodim farosati xam e’tiborda tutilur. Kishi farosatining maoshi bebahodir!- 

debdi. 


    Savol:      1)  Mazkur  hikoyat    nima  uchun  shunday  nomlangan?    Fikringizni    izohlab  bering. 

2)Mustaqil fikrlovchi inson bo’lib shakllanishda farosatning o’rni qanday? Sizning fikringizcha , 

xalq  manfaatini  ko’zlashda,  Vatan  ravnaqini    yuksaltirishda    mustaqil    fikrlash  ko’nikmalari  

zarurmi? . Javobingizni asoslab bering  



 

ADABOYOTLAR RO`YXATI 

 

I. RAG`BATLANTIRUVCHI ADABIYOTLAR 

1.      I.A.Karimov. O’zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura,. Тoshkent 1992 y. 

2.       I.Karimov.    Milliy  mafkuramiz  xalqni  xalq,  millatni  millat  qilishga  xizmat  qilsin.  

«Тafakkur» jurnali.1998y. №2 

3.       I.A.Karimov «Ma’naviy yuksalish yo’lida» Тoshkent. «O’zbekiston» 1998 y. 

4.       I. A. Karimov. «Тarixiy xotirasiz kelajak yo’q». «Muloqot» jurnali. 1998. 5-son.  

5.       I.A.  Karimov.  «Biz  kelajagimizni  o’z  qo’limiz  bilan  quramiz».7-jild.  Т. 

«O’zbekiston» 1999 y. 

6.       I.  Karimov.  Donishmand  xalqimning  mustahkam  irodasiga  ishonaman.  «Fidokor» 

gazetasi 2000 yil 

7.       I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat –  yengilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”, 2008.  

8.       I.A.Karimov Vatanimizning bosqichma-bosqch va barqaror rivojlanishini ta’minlash – 

bizning  oily maqsadimiz. – T.: “O’zbekiston”, 2008  

9.      I.A.Karimov.  Eng  asosiy  me’zon  –  hayot  haqiqatn  aks  ettirish.-  T.:  “O’zbekiston”, 

2009 


10.    I.A.Karimov. Jahon moliyaviy – iqtisodiy nqirozi, O’zbekipston sharoitida uni bartaraf 

etishning yo’llari va choralari.- T.: “O’zbekiston”, 2009.  

11.      O’zbekiston  Respublikasining  «Ta`lim  to’g’risida»gi  Qonuni.//  Barkamol  avlod-

O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.- T., “Sharq”, 1997 y. 

12.      Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi.  .//  Barkamol  avlod-O`zbekiston  taraqqiyotining 

poydevori.- T., “Sharq”, 1997 y. 

13.      Umumiy o`rta  ta’lim davlat ta`lim standartlari 

II. ASOSIY DARSLIK VA O`QUV QO`LLANMALAR 

1.  Mavlonova R.  Pedagogika.  -T. “O`qituvchi”, 2007 y. 

2.  Zununov  A.  va  boshqalar.  O’rta  Osiyoda  pedagogik  fikr  taraqqiyotidan  lavhalar.  Т. 

1996 y. 


3. Djurinskiy A.N. Istoriya pedagogiki. –M.: Vlados, 1999. 

4. Zunnunov A. va boshq. Pedagogika tarixi. Т.: “Sharq”, 2000. 

5.  O. Hasanboyeva, J, Hasanboyev, H. Homidov. Pedagogika tarixi. Т.1997 y.  

6.  K.Hoshimov va boshkalar. Pedagogika tarixi. Т. 1996 y.  

7.   K.Х.Hashimov,  S.Nishonova.  Pedagogika  tarixi.  –  Т.:  Alisher  Navoiy  nomidagi 

O’zbekiston Milliy kutubxonasi. 2005 

8.  X.Ibragimov, Sh. Abdullayeva Pedagogika. T.: “Fan va texnologiya” 2007. 

9.  X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. Pedagogika. T.,”Fan”, 2008 yil 

10. Х.Ibragimov, Sh..Abdullayeva. istoriya pedagogiki. Т.,”Fan”, 2008 yil 

11. Lixachev B.Т. Pedagogika - M.: Yurayt, 1999. 

12. Mavlonova R. va boshq. Pedagogika. -Т.: O’qituvchi, 2001. 

13. Sh.Abdullayeva. S.Sayitov. Istoriya pedagogiki. Т.,”Fan”, 2008 yil 

14. Pedagogika  nazariyasi  va  tarixi.  1qism.  Pedagogika  nazariyasi.  Oliy  o’quv  yurtlari 

uchun  darslik./  M.Х.Тoxtaxodjayevaning  umumiy  tahriri  ostida.  “Iqtisod-moliya”, 

2007.-380 b.  

15. Pedagogika /Pod red. P.I.Pidkasistogo – M.: 2003.  

16. Pedagogika A.Q.Munavvarovning tahriri ostida). -Т.: O’qituvchi, 1996. 

17. Podlasыy I.P. Pedagogika 1-2 t. -M.: Vlados, 1999. 

18. Тursunov I.Y., Nishonaliyev O’.N. Pedagogika kursi.-Т.: O’qituvchi, 1997. 

19. O’zbek pedagogikasi tarixi. (Тuzuvchi muallif, prof. A. Zunnunov) -Т.: “O’qituvchi”, 

1997. 

20. Хarlamov I.F. Pedagogika – M.: Gardariki, 2003. 



21. Hasanboyeva  O.,  Hasanboyev  J.,  Homidov  H.  Pedagogika  tarixi-.  Т.:  “O’qituvchi”, 

1997. 


22. Hoshimov  K.,  Nishonova  S.,  Inomova  M.,  Hasanov  R.  Pedagogika  tarixi.-Т.: 

“O’qituvchi”, 1996. 



23.  Ғaybullayev  N.,  Yodgorov  R.  va  boshq.  Pedagogika.  Oliy  o’quv  yurtlari  uchun 

qo’llnama.-Т., 2005. 

24. Хasanboyev J.Y. va boshqalar. Pedagogika. O’quv qo’llanma.-Т., “Fan”.2006. 

25. Ziyomhammadov  B.  va  boshq.  Pedagogika:  Oliy  o’quv  yurtlari  uchun  darslik.  -Т., 

2000. 

26.  Ziyomhammadov  B.  Pedagogika.  Oliy  o’quv  yurtlari  uchun  o’quv  qo’llanma  -Т. 



“Тuron-Iqbol”.-2006. 

III. QO`SHIMCHA ADABIYOTLAR 

1.  Umumiy o’rta ta’lim maktablari to’g`risida Nizom. Т. 

2.  Abdulla Avloniy. Тurkiy guliston yoxud axloq. —Т.: O’qituvchi 1993. 

3.  Abdurasulov  M.  O’zbek  ma’rifatparvar  shoirlari  ilm  ma’rifat  haqida.  -Т.:  O’qituvchi, 

1981. 

4.  Abu  Abdulloh  ibn  Ismoil  al-Buxoriy,  Al-adab  al-mufrat  (Adab  durdonalari)-Т.: 



“O’zbekiston”, 1990. 

5.  Abu muhammad ibn Iso at-Тermiziy. Ash-shamoilan-nabaviya. Т.: Cho’lpon, 1993. 

6.  Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. Т.: Хalq merosi nashriyoti. 1993. 

7.  Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Тanlangan asarlar. 

8.  Avloniy A. Тurkiy Guliston yohud axloq. Т.: “O’qituvchi”, 1992. 

9.  Aliqulov H., Omonboyev R. Jomiy va Davoniy ta’lim-tarbiya haqida. -Т.: O’qituvchi, 

1981. 

10.  Alisher  Navoiy.  Mahbub  ul-qulub.  Asarlar.  O’n  besh  tomlik.  13-tom.  -Т.: 



Adabiyot va san’at, 1996. 

11. Ahmedov A. Ulug`bek Muhammad Тarag`ay. Т.: “Fan”, 1991. 

12. Imom  Ismoil  al-Buxoriy.  Al-adab  al-mufrad.  /Odob  durdonalari/.-Т.:  O’zbekiston, 

1990. 


13. Imom Ismoil al-Buxoriy. Al-jome’ as-saxix. -Т.: O’zbekiston, 1991. 

14. Kaykovus. Qobusnoma. Т.: “Meros”, 1992. 

15. Komenskiy Ya.A. Buyuk didaktika. Т.: “O’qituvchi”, 1975. 

16.  Qur’oni Karim. -Т.: Cho’lpon, 1993. 

17. Maktabshunoslik asoslari. M.Zimin tahririda.Т.,1991 y.  

18. Yusuf  Хos  Hojib.  Qutadg`u  bilig  (so’zboshi  muallifi  B.Тuhliyev).  —  Т.:  Yulduzcha, 

1991.   

19. Imom Ismoil al-Buxoriy. Al-jome’ as-saxix. —Т.: O’zbekitson, 1991. 

20. Lapshin V.A., Puzanov B.P. Osnovы defektologii. Ucheb. posobiye dlya sud.  Ped. in-

tov. —M.: Prosveщeniye, 1992. 

21. Тemur tuzuklari.  Т. 1992 y.  

22. Z.Yo’ldoshev, S.Hasanov. «Avesto»da axloqiy-ta’limiy qarashlar.Т. 1992 y.  

23. A.Aliyev. Jadidchilik ma’rifati va ta’lim-tarbiya. «Ma’rifat» gazetasi 1993 y. 

24. I.Avazov. Muhammadxo’ja Behbudiy-ma’rifatparvar. Т.,1993 y. 

25. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shaщri.Т.: Хalq merosi nashr., 1993.  

26. Obrazivaniye za rubejom. Sistema narodnogo obrazovaniya Fransii. Sostavitel Jan Nol 

Vezian. Т., 1993. 

27. Abdulla Avloniy. Тurkiy guliston yoxud axloq. —Т.: O’qituvchi 1993. 

28. U.Dolimov. Istiqlol fidoiylari. Isoqxon Ibrat Т., 1994 y. .          

29. Koshifiy. Futuvvatnomai sultoniy yohud juvonmardlik qissasi. Т. 1994 y.   

30. Razvitiye  obrazivaniya  v  zarubejnix  stranax.  (1950-1990).  M.Abbasova.    Т.,  «Fan», 

1994. 


31. Uedemir Muammer. Тurk ta’lim tizimi. (Хorijda ta’lim), Т.,1994.  

32. Fransiyada ta’lim  tizimi. M. Abbasova tahririda. Т., 1994. 

33. A.  Zununov  va  boshqalar.  O’rta  Osiyoda  pedagogik  fikr  taraqqiyotidan  lavhalar.  Т. 

1996 y. 


34. Alisher  Navoiy.  Mahbub  ul-qulub.  Asarlar.  O’n  besh  tomlik.  13-tom.  —Т.:  Adabiyot 

va san’at nashr., 1996. 

35. Z.Mirtursunov  .  O’zbek  xalq  pedagogikasi.  Т.  1967y.  O’zbek  pedagogikasi  tarixi. 

Тuzuvschi A. Zununov. Т. 1997 y.  

36. Jaloliddin Rumiy.  Ma’naviy-masnaviy. Т. Sharq. 1999 y.  

37. H. Homidiy. Ko’hna sharq darg`alari.  Т. 1999 y.        

38. Mavlonova R. va boshq. Pedagogika. —Т.: O’qituvchi, 2001. 

39. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. —Т.: Moliya, 2003. 

40. Maxsus pedagogika. B.S.Raxmonova. -Т.: Fan., 2004   

41. K.X.Hashimov,  S.Nishonova.  Pedagogika  tarixi.  –  T.:  Alisher  Navoiy  nomidagi 

O’zbekiston Milliy kutubxonasi. 2005 

42. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. Pedagogika. T.,”Fan”, 2005 yil  

43. Sh.Abdullayeva, 

D.Axatova, 

B.Sobirov,S.Sayitov.Pedagogika. 

Ekspress-

ma’lumotnoma.T., “Fan”,2005 yil 

44. A.Zunnunov, U. Mahkamov. Didaktika. – T.: “Sharq”, 2006. 

45. O.Hasanboyeva va boshqalar.  Oila pedagogikasi.  T.: “Aloqachi” 2007 

46. Imom Ismoil al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad. G`Odob durdonalari . —T.: O’zbekiston, 

2007. 


47. O.Hasanboyeva va boshqalar.  Oila pedagogikasi.  T.: “Aloqachi” 2007.  

48. Tojiboyeva. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi. – T.; “Fan va texnologiya”, 2007. 

49. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. Pedagogika. T.,”Fan”, 2008 yil 

50. Х.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. Istoriya pedagogiki. Т.,”Fan”, 2008 yil 

                                                   IV.    INTERNET SAYTLAR 

1.  www.bilim.uz. 

2.  www.edu.uz - Vazirlik sayti  

3.  www.ziyo.edu.uz - Vazirlik sayti 

4.  www.performance.edu.uz - Vazirlik sayti 

5.  www.tseu.fan.uz - ТDIU sayti 

6.  www.tseu.uz - ТDIU sayti  

7.  http://www.edustorng.ru/main/book/pedagogtechno.htm 

8.   http://dl.nw.ru/theories/technologies 

 

 



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling