1-MODUL. KIRISH. SINTAKSIS VA GAP BO’LAKLARI
1-mavzu. Kirish. Ona tili va bolalar adabiyoti o’qitishda fanning dolzarb
muammolari fanining maqsad va vazifalari
Tarixning eng qadimgi davrlaridan boshlab, inson nafaqat o`zining tirik qolishi
uchun
kurashgan, balki u o`z qabilasi, urug`ining
ham uzoq yashab qolishi
tadbirini ko`rgan. Binobarin, alla, ovutmachoq, ertak va topishmoqlar mazmuni,
avvalo, ongli, kuchli, epchil va chaqqon insonni shakllantirishga qaratilgan.
Kishilarning atrofni o`rab turgan olam haqidagi tasavvuri va u haqidagi
yig`ilgan bilimlari, hayotiy tajriba asosidagi dono hikmatlari hamda xulosalari
bolalarga o`ziga xos tarzdagi
pand-nasihatlar shaklida, ularga tushunarli
vositalarda etkazilgan. Shuning uchun ham turli xalqlarning, hattoki bir-biridan
juda yiroq masofadagi mamlakatlarning xalq og`zaki ijodida ham juda ko`p
mushtaraklik mavjud.
2- mavzu. Tilshunoslik va til haqida umumiy ma’lumot
Tilshunoslik fani kishilar tili haqidagi fan sifatida ijtimoiy-gumanitar fanlar
guruhiga kiradi. “Tilshunoslik til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki
tuzilishi, tasnifi haqidagi; muayyan tillarning ish ko‘rish (faoliyat) qonunlari va
tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan”. Tilshunoslik
fani hozirgi zamon fanining
barcha asosiy turlari bilan bog‘liq. Tilshunoslik – ko‘p qirrali fan. U fan sifatida
umumiy va xususiy, nazariy va amaliy tilshunoslikka ajratiladi.
3-mavzu. Sintaksisga kirish.
Sintaktik munosabat turlari, so’zlarning teng
va tobe bog’lanishi
Sintaksis grammatikaning ikkinchi qismi bo’lib, unda so’zlarning bir-biriga
bog’lanib, so’z
birikmalari hosil qilinishi, gap turlari o’rganiladi. "Sintaksis"
grekcha so’z bo’lib, "tuzish” demakdir.
Sintaksis o’z navbatida a) so’z birikmasi sintaksisi va b) gap sintaksisi kabi
ikkita bo’limga ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: