Epigraf –(yun. – bitik.sarlavha) – asarning boshlanishida sarlavhadan keyinoq
Yoki uning bo`lim (bob.fasl)lari
boshida keltiririluvchi qisqa, odatda, e`tiborli
manbalardan (xalq ijodi, mashhur kishilarning purhikmat so`zlari va sh.k) olingan
ko`chirma, sitataning bir ko`rinishi.
Baholash mezonlari
O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligining 2009-
yil 11 iyundagi 204- sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “Oliy ta`lim muassaslarida
talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to`g`risidagi”gi
Nizomda
belgilanganidek, “Ona tili” fanidan talabaning bilimini baholash
muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:
- oraliq baholash (OB)
- yakuniy baholash (YB)
Ona tili fani bo`yicha talabaning semester davomidagi o`zlashtirish
ko`rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball baholash
turlari
bo`yicha quyidagicha taqsimlanadi:
- oraliq baholash – 5 ballik tizimda
- yakuniy baholash – 100 balllik tizimda
Joriy baholash bo`yicha ma`ruza, amaliy mashg`ulotlari uchun ajratilgan har
bir mavzu bo`yicha talabaning
adabiyotlardan olgan konspekti, bilimi, mustaqil
ijodiy ishi natijalari va amaliy ko`nikmalarini aniqlab borish nazarda tutiladi.
Ona tili fani bo`yicha talabaning bilimlarini baholashda quyidagi namunaviy
mezonlar inobatga olinadi
Ball
Baho
Talabaning bilim darajasi
90-100
A`lo
Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil
mushohada yuritish. Amalda qo`llay olish. Mohiyatini tushunish.
Bilib aytib berish. Tasavvurga ega bo`lish.
71-89
Yaxshi
Mustaqil mushohada yuritish. Amalda qo`llay olish. Mohiyatini
tushunish. Bilib aytib berish. Tasavvurga ega bo`lish.
60-70
Qoniqarli
Mohiyatini tushunish. Bilib aytib berish. Tasavvurga ega bo`lish.
0-59
Qoniqarsiz
Aniq tasavvurga ega emaslik. Bilmaslik.