Professor-oʻqituvchilar: Hayitov Xamza Axmadovich
Ish joyi: Buxorot davlat universitetining
Pedagogika instituti
Bogʻlanish uchun telefon nomeri: +99890 084-56-56
E-mail:
Prerekvizitlar:
Mazkur fanni oʻzlashtirgunga qadar talabalar quyidagi fanlarni oʻzlashtirgan
boʻlishlari shart: Maktab uchun tayyorlangan “Ona tili”, “Adabiyot”
va OTM
uchun “Ona tili va adabiyot” darsliklarini
Postrekvizitlar:
Ushbu fan quyidagi modullar boʻyicha bilim, koʻnikma
va malakalarni
egallashga xizmat qiladi: “Kirish. Sintaksis va gap bo’laklari”, “Bolalar
adabiyotiga doir badiiy matn tahlili”.
Fanni oʻrganishning zaruriyati.
Keyingi yillarda mamlakatimiz
Prezidenti, Respublika
hukumati ona tilimiz
mavqeini tiklash borasida farmonlar va qarorlar qabul qilishdi, chunki til
millatning ruhini aks ettirishi ayni haqiqat. “Ona tili” fani boshlangʻich ta’lim,
defektologiya, maktabgacha ta’lim magistr yoʻnalishlari oʻquv rejasida keltirilgan
keyingi barcha fan va modullar uchun fundamental asos vazifasini oʻtab, zarurat
yuzasidan birlamchi modul hisoblanadi.
Fanning maqsadi – boʻlajak boshlangʻich sinf, o’rta maxsus ta’lim
hamda
oliy ta’lim oʻqituvchilariga ona tili va adabiyotning barcha boʻlimlari boʻyicha
chuqur ma’lumot berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: