Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


- Mavzu: Shaxs va faoliyat


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/51
Sana23.08.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1669530
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51
Bog'liq
Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti

2- Mavzu: Shaxs va faoliyat 
Mavzu rejasi: 
1. Faoliyatning psixologik xarakteristikasi.
2. Inson faoliyatining tuzilishi. 
3. Faoliyatning asosiy turlari. 
4. Faoliyatning o‘zlashtirilishi va malakalarni egallash. 
5. Faoliyat tuzilishining psixologik talqini.
DEBAT 
DEBAT – tingovchilarga mavzu yuzasidan taqdim etilgan asosiy fikr 
bo’yicha erkin fikr bildirish, fikr almashish. Debat qatnashchilari misollar, faktlar 
keltiradi, axborot beradi, ularni asoslantiradi, mantiqan isbotlaydi, tushuntiradi va 
h.k. Debat tartibi shaxslarga baho berish, emotsional ko’rinishlarni namoyon 
etishga yo’l qo’ymaydi. Muammo yuzasidan alohida ishtirokchining munosabati 
emas, balki muammoning o’zi muhokama qilinadi. 
Debatning diskussiyadan asosiy farqi quyidagicha: debat qo’yilgan savolga 
«ha» yoki «yo’q» degan qat’iy javob olishga bag’ishlanadi. Ya’ni bir guruh 
(tasdiqlovchilar) ijobiy javob tarafdorlari, ikkinchi guruh (inkor etuvchilar) esa 
inkor etuvchi javob tarafdorlari hisoblanadi. Har bir guruhning ichida 2 kichik 
guruh shakllanishi mumkin, birinchisi – dalil to’playdi, ikkinchisi – qarshi dalil 
ishlab chiqadi. 
Debatlar quyidagilarni shakllantiradi: 
– o’z nuqtai nazarini shakllantirish va uni himoya qilish qobiliyatini; 
– notiqlik mahoratini va dialog olib borish qobiliyatini; 
– jamoaviy ruh va etakchilik xususiyatlarini. 
Debat dialog olib borish uchun zarur bo’lgan quyidagi ko’nikmalarni 
shakllantiradi va layoqatni rivojlantiradi: 
– tanqidiy fikrlash (muhokama qilinayotgan fikr va g’oyalarni shakllantirish, 


134 
tahlil qilish va asoslash uchun zarur bo’lgan ratsional, refleksiv va ijodiy 
fikrlash); 
– o’zaro fikr almashinuv madaniyatini, omma oldida chiqish qilish 
ko’nikmalarini; 
– tadqiqot o’tkazish ko’nikmalarini (keltirilayotgan dalillarni isbotlash va 
misollar keltirish uchun axborot manbalari bilan ishlashni talab qiladi); 
– tashkiliy ko’nikmalarni (nafaqat o’zini tartibga solishni, balki bayon 
etilgan materiallarni tartibga solishni nazarda tutadi); 
– tinglash va yozib olish ko’nikmalarini shakllantiradi. Debatlarda ikkita 
jamoa ishtirok etadi (bittasi asosiy fikrni tasdiqlaydi, ikkinchisi inkor etadi). 
Jamoalar debat hajmidan kelib chiqqan holda ikki yoki uchta ishtirokchi 
(spikerlar)dan tash-kil topadi. O’yin mazmuni betaraf bo’lgan uchinchi tomon, 
ya’ni hakamlarni jamoa tomonidan keltirgan dalillarning to’g’riligiga 
ishontirishdan iboratdir. 
Debatlarning har bir bosqichi o’zining tuzilishi va foydalaniladigan metod 
va usullar tizimiga ega. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling