Buxoro davlat universitetitning pedagogika instituti magistratutra bo


Shaxs kamolotida mehnat ta'lim-tarbiyasidan foydalanish jarayonining shakl metod va vositalari


Download 59.73 Kb.
bet8/10
Sana27.12.2022
Hajmi59.73 Kb.
#1067811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2.2 Shaxs kamolotida mehnat ta'lim-tarbiyasidan foydalanish jarayonining shakl metod va vositalari
Jamiyatni tubdan qayta qurish maorifning barcha bo‘g‘inlarini mazmunan qayta tuzilishini talab etadi. Jumladan, maktab ta’lim-tarbiya berish o‘chog‘i hisoblangan, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlari ta’lim-tarbiyasidagi rasmiyatchilikka barham berish, uning ish mazmunini va shakllarini tubdan o‘zgartirish, o‘quvchilarning kundalik talab va ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan o‘quvchilarning ixtiyoriy jipslashgan birlashmalariga aylantirish ko‘zda tutilgan edi.
Islohot maqsadlarini ro‘yobga chiqarish kishilarning ma’lumot va madaniy saviyasini oshirish uchun g‘oyat katta ahamiyatga egaligi ta’kidlangan edi. Yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash, ularni hayotga va mehnatga, ishchan jamoat ta’lim-tarbiyasiga tayyorlash uchun eng yaxshi sharoitlar yaratilishi kerak edi. Bularning hammasi mamlakatning g‘oyaviy-siyosiy, iqtisodiy va mudofaa salohiyatini mustahkamlashga, jamiyatni har tomonlama taraqqiy ettirishga samarali yordam berishiga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim edi. Maktab islohoti xalq maorifi taraqqiyotining yangi bosqichini belgilab berdi. Unda 1985-1990 yillar va 2000 yilga qadar amalga oshirilishi nazarda tutilgan edi. Bu fikr maorifning barcha bo‘g‘inlari mazmuniga, ta’lim va tarbiya usullariga taalluqlidir. Ushbu holatning ob’ektiv va sub’ektiv sabablari mavjud. Birinchidan, inqilobiy yo‘l bilan rivojlanayotgan qayta qurish sharoitida maktab islohotining evolyusion xarakterga egaligi, maktab ishining mazmuni, ilmiy-pedogogik kadrlar, moddiy texnikaviy ta’minlash, boshqarishning tubdan o‘zgartirilmaganligi ham islohot talablarining bajarilishiga to‘siq bo‘lgan edi. Islohotni amalga oshirishdagi tashkilotchilik ishlarining yetarli bo‘lmayotganligi, byurokratik metodga asoslanayotganligi, bir maromda taraqqiy etayotgan xalq xo‘jaligining ehtiyojiga mos ravishda kadrlar tayyorlash mo‘ljallanganligi ham islohot talablarini qiyinchilik bilan hal etilishining sababi edi. Bular esa o‘z navbatida ta’lim-tarbiya saviyasini oshirishga hamda o‘quvchilarning aqliy salohiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, lekin islohotning asosiy yo‘nalishlarini amaliyotga tatbiq etishda qiyinchiliklarga uchrash bilan bir qatorda ba’zi bir ijobiy natijalarga ham erishildi.
O’quvchilarning aqliy mehnat ta’lim-tarbiyasini tashkil etishda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitilayotgan fanlarning mazmuni va tarkibi ham muhim ahamiyatga ega. Tahlil qilinayotgan davrda maktablarda o‘qitilayotgan fanlarning soni 20 taga yetardi. Lekin o‘quv rejalarida yoshlarii mustaqpl fikrlashga, mulohaza yuritib, xulosa chiqarishga hamda ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy bilimlar asosini o‘rgatadigan fanlar o‘rin olmagan edi. Mavjud fanlar esa tarkiban eskirgan bo‘lib, hukmron g‘oyaga itoatkorlikka undashga yo‘naltirilgan edi.
Aqliy mehnat ta’lim-tarbiyasining to‘g‘ri tashkil etilishi, albatta, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. Shu nuqtai nazardan ta’kidlash lozimki, tahlil qilinayotgan davr mobaynida o‘quvchilarni mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish deklorativ holatda e’tirof etildi, xolos. «Mabodo, biror o‘quvchi o‘qituvchiga e’tiroz bildirsa, ertaga u hech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qolardi. Maktablardagi jarayonda o‘qituvchi hukmron. U boladan faqat o‘zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishini talab qiladi».
Yuqorida keltirilgan qisqacha tahlil asosida hamda o‘zimizning kuzatishlarimizga tayanib quyidagi xulosalarni bildirishni maqsadga muvofiq deb bildik.
Barcha amaldagi o‘zgarishlar va tadbirlar, asosan, yuzaki bo‘lib, ta’lim-tarbiya va o‘quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog‘lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarini hal qilgan emas. Amaldagi ta’lim tizimi zamonaviy taraqqiyot topgan davlatlar talablariga javob bera olmadi.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunining qoidalariga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga kasbiy bilim va ko‘nikmalar berishning dastlabki yilida ularni shunday iqtisodga oid tushunchalar bilan tanishtirish kerakki, o‘qituvchilar bu tushunchalar bilan o‘z oilalari, yaqinlari, maktab jamoasi orasida duch kelgan bo‘lishlari lozim. Taqdim etilayotgan iqtisodga oid bilim, tushunchalar o‘qituvchilarga yaqin va tanish bo‘lgani uchun, ular dars davomida mavzu bo‘yicha bemalol mushohada yurita oladilar, xulosalar chiqaradilar. Sinfdan sinfga o‘tib borgan sari o‘qituvchilar aniq dalillarni umumlashtirish, bir qancha abstrakt tushunchalarni shakllantirishni o‘rganadilar, ularda izchil tahlil qilish ko‘nikmalari paydo bo‘ladi. Shuning uchun taqdim etilayotgan iqtisodga oid bilim, tushunchalar doirasi bosqichma-bosqich kengaytirilib, chuqurlashtirilib borilishi lozim.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy bilimdonligini rivojlantirish uchun o‘qish darslarida kasbiy mazmundagi kichik hajmli matnlarni ifodali o‘qish, hikoya qilib berish, shu matndagi iqtisodga oid so‘zlar lug‘atini tuzishni yo‘lga qo‘yish, og‘zaki nutqini mukammallashtirish maqsadida esa kasbiy mavzudagi dialoglardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ona tili darslarida o‘qituvchilarning yozma nutqini shakllantirishga qaratilgan diktant, bayon, hikoya tuzish kabi nazoratlar uchun tanlanadigan mavzular iqtisodga oid bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim.
Kasbiy atamalarni o‘qituvchilar tomonidan to‘g‘ri talaffuz qilinishiga erishish uchun, ularni dars boshida sinf doskasiga yozib qo‘yish tavsiya etiladi. Bu esa, o‘qituvchining mazkur atamani eslab qolishini ta’minlaydi.
O‘qituvchilarning izlanuvchanlik, kuzatuvchanlik, topqirlik, ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik kabi harakatlari tartibsiz tarzda vujudga kelmasligi, balki iqtisodga oid bilimlarning mazmuni bunga asos bo‘lishi lozim. Shuningdek, taqdim etilayotgan iqtisodga oid bilimlar o‘qituvchining faoliyatini maqsadli tarzda rivojlantirishga xizmat qilishi kerak. O‘qituvchilarning kasbiy bilimdonligini rivojlantirishda muayyan yoshdagi bolalarning ruhiy holatiga hamda imkoniyati va ehtiyojlariga mos ko‘nikma, malakalar tizimini tarkib toptirishni ko‘zda tutish maqsadga muvofiqdir.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy bilimdonligini rivojlantirish ta’lim berishning faoliyatli yondashuvidan faol foydalanishga qaratilmog‘i lozim. Bunda ta’limning asosini o‘qituvchilar tomonidan o‘qituvchi bergan ma’lumotlarning hammasini eslab qolish emas, balki ularni ma’lumotlar taqdim etish jarayonidagi ishtiroki tashkil etishi kerak. O‘qituvchi ta’lim jarayonining sub’ekti sifatida unda faol ishtirok etishi lozim.
Ta’lim jarayonida o‘qituvchining faolligi, ijodkorligi uning kasbiy bilim va tushunchalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishi bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Shundagina o‘qituvchi o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan iqtisodga oid savollarning muhokamasida ishtirok eta oladi, taqdim etilayotgan kasbiy materialga hamda o‘qituvchining vazifalariga e’tibori oshadi.
O‘qituvchilar ongiga iqtisodga oid bilim va tushunchalarni singdirish spiral (burama chiziq) tarzida qurilishi lozim. Buning ma’nosi shuki, o‘rganilgan kasbiy tushunchalarga ularni kengaytirgan, chuqurlashtirgan, yangi atamalar qo‘shilgan holda qaytib kelinadi. O‘qituvchining asosiy vazifasi quyi sinflarda qisman tanishtirib o‘tilgan materiallarga mohirona qaytishdan iborat. Bunda o‘qituvchi o‘rganilgan kasbiy mavzuni qaytarmasdan, balki uni o‘qituvchiga kengaytirib, chuqurlashtirib, yangi ma’lumotlar bilan boyitgan holda taqdim etishi lozim. Boshlang‘ich sinflarda beriladigan iqtisodga oid bilimlarning mazmuni ham spiral asosida belgilanishi talab etiladi.
O‘qituvchilarning kasbiy bilimdonligini rivojlantirish maqsadida o‘yin, munozara, hikoya qilib berish, test savollari, boshqotirma va boshqa metodlardan foydalanish maqsadga erishishda katta ahamiyatga ega.
O‘qituvchi-yoshlarda kasbiy bilimdonlikning rivojlanishi natijasida ular ijtimoiy hayotga jadal moslashib boradilar. Yoshlikdan boshlab o‘qituvchilar tanlov muammosini, ya’ni qaysi kitobni o‘qish, kim bilan do‘stlashish, uy ishini nimadan boshlash, qaerga borish kerak va boshqalarni o‘zlari hal qila boshlaydilar. Tanlov muammosini mustaqil hal qila olmagan o‘qituvchi «boqimandalikka» o‘rganib qoladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijtimoiy foydali mehnatga to‘g‘ri munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limiy materiallarni tanlashda quyidagilarga amal qilish kerak:
1. Bo‘lajak o‘qituvchilarning psixologik imkoniyatlarini hisobga olish (qisqa muddatli, turg‘un bo‘lmagan e’tibor, kichik hajmli xotira, ko‘rgazma obrazli fikrlashning ustunligi, fikrlash doirasinig aniq xarakterga egaligi).
2. Umumiy bilim va malakaning shakllanganlik darajasini hisobga olish (o‘qish ko‘nikmasi, og‘zaki sanash, har xil masalalarni yechish va boshqalar).
3. Ijtimoiy foydali mehnatga to‘g‘ri munosabat tushunchalarning boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari fikrlash doirasiga mos kelishini hisobga olish (shunday kasbiy tushuncha va hodisalar tanlanishi kerakki, ular bilan o‘qituvchi o‘z hayotida bir necha bor uchrashgan bo‘lishi lozim.
4. Ta’lim berishning umumdidaktik prinsiplarini hisobga olish (ko‘rgazmalilik, izchillik, ommaboplik, faollik prinsiplari ta’limning ilmiyligi va tarbiyaviy xarakterga ega ekanligi va boshqalar).
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijtimoiy foydali mehnatga to‘g‘ri munosabatni shakllantirishni tashkil etuvchi elementlardan biri - o‘qituvchilarning ongida atrofdagilarning mehnati va mehnat natijalariga ijobiy munosabatda bo‘lish fazilatlarini shakllantirishdan iborat. Ta’lim jaryonida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy bilimdonligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’limiy materiallar tizimi quyidagi prinsiplarni o‘z ichiga olgan modulli texnologiyalar orqali shakllanishi kerak:

  1. O‘zaro bog‘liqlik prinsipi.

  2. Oddiydan murakkabga tomon yo‘nalganlik prinsipi.

  3. Fanlararo aloqadorlik prinsipi

  4. O‘qituvchilarga fikrlash, o‘zini ko‘rsatish usullarini taqdim etish prinsipi.

5. Taqdim etilayotgan o‘quv materiallari hayotga, oilaga hamda maktab hayotiga bog‘liq bo‘lish prinsipi.
O‘qituvchilar ongiga kasbiy tushunchalarni singdirishda faol yondashuv prinsipi ularning izchil ravishda turli topshiriqlar, mashq, masala, testlarni yechish, muammoli vaziyatlarni hal qilish hamda ish o‘yinlarida faol qatnashish asosida amalga oshiriladi. Bu turdagi topshiriq, vazifa, o‘yin va amaliy ishlarni bajarish orqali o‘qituvchi o‘qituvchilarni ba’zi bir iqtisodga oid bilim va tushunchalarni o‘zlashtirishga mustaqil mantiqiy xulosalar chiqarish orqali olib keladi. Bunda o‘qituvchilarga tayyor bilimlar taqdim qilinmay, balki ular bu bilimlarni olish uchun doimo o‘zlari mehnat qilishlari kerak bo‘ladi. O‘qituvchi dars davomida o‘qituvchini doimo suhbatga tortishi, savollar zanjiri yordamida muhokamani to‘g‘ri yo‘naltirishi, ularning javoblarini tuzatib, umumlashtirib turishi maqsadga muvofiqdir.
O‘qituvchilarga taqdim etilayotgan iqtisodga oid topshiriqlar ularning yosh xususiyati va o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda berilishi zarur. Topshiriqlar qiyin bo‘lsa, o‘qituvchilarning qiziqish va intilishlariga halal beradi. Agar haddan tashqari oson bo‘lsa, o‘qituvchilar tomonidan topshiriqlarni mensimaslik holatlari paydo bo‘ladi. Taqdim etilayotgan iqtisodga oid savol va topshiriqlar avvalo qisqa va aniq bo‘lishi, mantiqiy izchillikda berilishi, o‘qituvchining fikrini uyg‘otishi, uni o‘ylash, tahlil qilish, taqqoslashga majbur etishi, yangi kasbiy hodisalarni tushunishga undashi kerak.
-dars jarayonida to‘g‘ri taqsimlangan bo‘lishi;
-o‘quvchilar yoshiga mos kelishi;
-asta-sekin qiyinlashtirib borilishi (tizimga solinishi);
-mo‘ljallangan vaqtga mosligi;
-dars davomida o‘qituvchilarga tabaqali yondashishni nazarda tutilishi katta ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijtimoiy foydali mehnatga to‘g‘ri munosabatni shakllantirishning mazmuni shunday bo‘lishi lozimki, u keyinchalik yuqori sinfda beriladigan kasb ta’limning poydevori bo‘lib xizmat qilishi lozim. O‘qituvchilarni kasbiy ehtiyojlar, ularni qondirish yo‘llari, hayotda ko‘p ishlatiladigan kasbiy atama va tushunchalar bilan tanishtirish, tejamkorlikka o‘rgatish hamda oila va maktab misolida iqtisodga oid boshlang‘ich bilim va tushunchalar berishni yo‘lga qo‘yish lozim.
«Agar o‘qituvchining tayyorgarligi, ya’ni uning bilimdonligi hamda pedagogik mahorati har doim talab darajasida hamda o‘qituvchining qiziqishi, diqqatini jamlashi va eslab qolishi doimo yuqori darajada bo‘lganda edi, ta’lim-tarbiya jarayonida istalgan usuldan foydalanganda ham yuqori natijaga erishish mumkin edi. Lekin bu ko‘rsatkichlar tez o‘zgaruvchan bo‘lib, pedagogik jarayonni ana shu o‘zgarishlarni hisobga olgan holda olib borish eng zarur shartlardan hisoblanadi. Aks holda ta’lim-tarbiya jarayonidan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi».
«Mustaqil fikrini bayon eta oladigan shaxsni tayyorlash uchun an’anaviy eski usul qo‘l kelmasligi barchaga ayon. Xo‘sh, uni bu passivlikdan nima qutqarishi mumkin? Albatta darsda yaratiladigan imkoniyat-erkinlik. Bu erkinlik o‘qituvchini jarayonning tamoshabinidan ishtirokchisiga aylantirmog‘i lozim. Buning uchun esa, o‘qituvchi «tanbal tinglovchi»likdan voz kechishi lozim. Bu esa, o‘z-o‘zidan bo‘lavermaydi, albatta. Ishtirokchi-o‘qituvchi mustaqil mutolaa, tahlil, umumlashtirish, mantiqiy xulosa chiqara olish ko‘nikmasiga ega bo‘lmog‘i lozim bo‘ladi. Mana shu jarayonning o‘ziyoq pedagogikadagi mavjud texnologiyalarni yangilashga, takomillashtirishga undaydi. Bunda ishtirokchilarni boshqarib borish uchun o‘qituvchining turg‘un faoliyatiga ham chek qo‘yiladi. U izlanadi, qo‘shimcha manbalar yig‘adi, adabiyotlarni titkilaydi». Taqdim etilayotgan kasbiy tushunchalarning murakkablik pog‘anasiga ko‘p hollarda didaktik omillar, ya’ni o‘rgatish uchun tanlangan savollarning bir-biri bilan ma’lum jihatdan bog‘liqligi, foydalaniladigan materiallarni bayon etishning sifat va tezligi ham ta’sir etadi. Integratsiya asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy bilimdonligini o‘qish darslarida rivojlantirishda ta’lim berishning hikoya usulidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Chunki hikoya butun darsni band qilmaydi, hikoya yakunlangach esa o‘qituvchilar bilan suhbat va savol-javoblar o‘tkazish mumkin. Suhbat butun sinf yoki o‘qituvchilarning ayrim guruhlari bilan yangi mavzuni mustahkamlash va asosiy tushunchalarni ular tomonidan o‘zlashtirilganligini tekshirish maqsadida o‘tkaziladi. Suhbat yordamida o‘qituvchilar mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bayon qilishni o‘rganadilar. Har qanday suhbatlarning asosini didaktik masala tashkil qiladi. Ana shu masala suhbatning vazifasi, xarakteri hamda turini belgilab beradi. Savol-javob o‘tkazish, yangi mavzuni mustahkamlash, o‘qituvchilarni mustaqil fikr yuritish hamda ilgari o‘zlashtirilgan bilimlarni qayta esga tushirish imkonini beradi. Bundan tashqari kichik maktab yoshidagi o‘qituvchilarning kasbiy bilimdogligini rivojlantirishda ta’lim berishning og‘zaki metodidan foydalanish ularning abstrakt fikrlashini oshiradi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ongiga kasbiy bilim va tushunchalarni singdirishda ularning qobiliyatini oshirishga yo‘naltirilgan metodlar, ya’ni muhokama qilish, erkin fikrlash, kasbiy masalalar va muammoli vaziyatlarni xal qilganligi uchun rag‘batlantirish metodlaridan foydalanish katta ahamiyatga ega.


Download 59.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling