Buxoro Davlat Universtiteti Iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish fakulteti Biznesni boshqarish(tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalishi 3-1bbkt-20-guruh talabasi Sharipova Madinabonuning Mehnat iqtisodiyoti fanidan tayyorlagan taqdimoti
Download 1.51 Mb.
|
Шарипова М (MИ) 3-1ББКТ-20
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnatni tashkil etish va uning mehnat faoliyatidagi roli.
- Mehnat taqsimoti va koooperatsiyasi .
Mehnat faoliyati
insonning biror mehnat turi bilan band bo’lishi tushuniladi. Bunga ilmiy va pedagogik faoliyat, ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyati, tadbirkorlik va tijorat faoliyati va boshqalar misol bo’lishi mumkin. Mehnat faoliyatini tashkil etish, bir tomondan, uning asoslarini (huquqiy, ma’naviy-psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy) yuzaga kelishga ikkinchi tomondan, mehnat faoliyati mexanizmini shakllantirilishini taqozo etadi Iqtisodiy asoslar-esa mehnat faoliyatini tashkil qilishning asosini tashkil etadi. Bunda mehnat faoliyatini tashkil qilish mezonlari (ya’ni, shaxsning moddiy manfaatdorligi, bu yerda mehnat faoliyatidan qoniqish darajasi ko’zda tutiladi). Mehnatni tashkil etish va uning mehnat faoliyatidagi roli.Tashkil etish ayni vaqtning o’zida funktsional va nazariy jihatlardan munayyan maqsadga erishish yoki muayyan vazifani hal qilish tizimini yaratish va takomillashtirish sohasidagi ongli faoliyatning jarayoni va natijasidir. Odatda, mehnatni, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishi bir-biridan farqlashni taqozo etadi. Bunda ko’p hollarda mehnatni tashkil etishning bir qismi, deb qaraladi, tashkil etishning o’zi esa boshqarish funktsiyasi, deb tushuniladi. Mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish bilan birgalikda olib borilgan taqdirdagina mehnat samarali bo’lishi mumki. Tashkil etish boshqarishga nisbatan ancha yuqori darajadagi va tartibdagi tushuncha kategoriyasidir, chunki tashkil etish tabiat va jamiyatdagi har qanday jarayon va hodisalarning har ikkala tomoni bo’lgan boshqarish va bajarishga ham singib ketgan bo’ladi. Boshqarishni tashkil etish esa boshqaruv faoliyatini tashkil etishni bildiradi. Bunga tegishli vazifalarni bajarish tizimlari va boshqarish tizimlarini yaratish, hamda boshqarishning tashkiliy tizimlarini yo’lga qo’yish bilan erishiladi. Mehnat taqsimoti va koooperatsiyasi.
Ishlab chiqarishda mehnat taqsimotining uchta turi mavjud bo’ladi: Umumiy mehnat taqsimotiga kishilar faoliyatining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari o’rtasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi, bu sohalar ichida esa sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, savdo, xalq ta’limi, fan, davlat boshqaruvi, madaniyat va hokazolar o’rtasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi. Xususiy mehnat taqsimoti umumiy mehnat taqsimotining sohalar va tarmoqlar ichidagi taqsimotini nazarda tutadi. Masalan sanoat tarmoqlari kichik sohalar, birlashmalar, ayrim korxonalarga bo’linadi; qishloq xo’jaligi dehqonchilik va chorvachilikka, ular ichida esa ixtisoslashtirilgan tarmoqlarga (g’alla, paxta, kartoshka yetishtirish, bog’dorchilik, go’sht, sut, jun yetishtirish va shu kabilar) bo’linadi. Ayrim mehnat taqsimoti ishlar va mehat funktsiyalarining ayrim korxona yoki alohida tashkilot xodimlari o’rtasida: tsexlar, uchastkalar, brigadalar, zvenolar, ayrim ijro etuvchi xodimlar bo’yicha, shuingdek, ularning kasb-malaka guruhlari o’rtasida taqsimlanishini nazarda tutadi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling