Buxoro Davlat Universtiteti Iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish fakulteti Biznesni boshqarish(tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalishi 3-1bbkt-20-guruh talabasi Sharipova Madinabonuning Mehnat iqtisodiyoti fanidan tayyorlagan taqdimoti


Mehnat intizomi va uni rag’batlantirish


Download 1.51 Mb.
bet6/6
Sana15.02.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1199772
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Шарипова М (MИ) 3-1ББКТ-20

Mehnat intizomi va uni rag’batlantirish


Mehnat intizomi-bu, faqat, ish joyiga o’z vaqtida kelish, va bu yerda belgilangan vaqt mobaynida bo’lish emas, balki belgilangan texnologiyaga rioya qilish, mahsulot sifatini, ishlab chiqarishdagi mehnat rejimini ta’minlash, mehnat unumdorligini muayyan darajada saqlashdir. Mehnat intizomi yuzlab va minglab xodimlarni umumiy reja asosida ishlaydigan va umumiy maqsadga intiladigan yagona organizm qilib birlashtiradi.
Mehnat intizomi tushunchasini quyidagi uch qismga bo’lish mumkin:

1.Mehnat faoliyati intizomi.  Korxona yoki tashkilotdagi barcha xodimlarning ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilinishi: ishga o’z vaqtida kelinishi, ish kuni davomida tanaffuslarga rioya qilinishi, ishni grafik asosida tamomlashni, smenali ish sharoitida qayta smena rejimiga rioya qilish va shu kabilarni nazarda tutadi.
2.Texnologik intizom. Bu ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarish usullari va izchilligiga, mahsulot yoki ish sifatiga Aniq rioya qilinishini, yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarishga va avariyalarga byuarham berilishini nazarda tutadi.
3.Ishlab chiqarish intizomi. Korxonada belgilangan ichki mehnat tartibi qoidalarning bajarilishini, ishlab chiqarish rahbarlari buyruqlari va farmoishlarining aniq bajarilishini, mehnatni muhofaza qilish, ishlab chiqirish sanitariyasi, xavfsizlik texnikasi qoidalariga so’zsiz va aniq rioya qilinishini, atrof–muhitning muhofaza qilinishini, nazarda tutadi.

Rag’batlantirish-bu harakat uchun turtkidir. Rag’batlantirishlar ijobiy bo’lishi mumkin, bunda xodim ham moddiy (mukofot, foydaning bir qismini olish, birmuncha yuqori haq to’lanadigan ishga o’tkazish), ham ma’naviy (maqtash, xizmatlarini ko’pchilik oldida e’tirof etish va shu kabilar) rag’batlantiriladi. Shu bilan birgasalbiy: moddiy (yaroqsiz mahsulot ishlab chiqilgan taqdirda yoki asbob-uskunalarga shikast yetkazilganda va hokazolardan ish haqi yoki mukofotni qisqartirish) va ma’naviy (e’tiroz, xayfsan berilishi, ishdagi o’rtoqlari tomonidan mehnat xulqining qoralanishi) bo’lishi mumkin.

  • Mehnat sharoitlari va mehnatni normalashning ahamiyati.
  • Mehnat sharoitlari deganda ishlab chiqarish jarayonida insonni qurshab turuvchi tashqi muhit tushuniladi. Bu muhit inson organizmiga, uning mehnat faoliyatiga, binobirin, uning ishchanlik qobilyati va mehnat unumdorligiga muhim ta’sir ko’rsatadi. Mehnat sharoitlari ta’sirida organizmning uchta asosiy funktsional holati, yaxni normal, chegaraviy (norma Bilan patalogiya o’rtasidagi) va patalogik holatlar shakllanadi.

Mehnatni tashkil etishda uni normalash katta rol o’ynaydi. Mehnatni normalash eng samarali mehnat usuli va metodlarini tanlashda, mehnat taqsimoti va kooperatsiyasining eng yaxshi shakllarini, ish joylarini tashkil etish va ularga xizmat ko’rsatishning ratsional tizimini belgilashda qo’llaniladi. Mehnatni normalash-bu ishlab chiqarishni boshqarish sohasidagi iqtisodiy faoliyatning muhim turi bo’lib, uning yordamida zarur mehnat xarajatlari belgilanadi, uning natijalari aniqlanadi, turli toifadagi xodimlar mehnatining kooperatsiyasi amalga oshiriladi, ular ish o’rinlariga qo’yiladi. Mehnat normalarining barcha turlari ichida asosiysi–vaqt normasi bo’lib, uning vositasida mehnatni tashkil etish ehtiyojlari uchun boshqa normalar: mahsulot ishlab chiqarish normasi  (ish davri davomiyligini vaqt normasiga bo’lish bilan aniqlanadi); xizmat ko’rsatish normasi  (xizmat ko’rsatiladigan ishchilar soni bilan ifodalanadi);  xizmat ko’rsatish soni normasi (biron-bir stanok, agregat yoki patok liniyasiga xizmat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan ishchilar soni bilan

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling