Buxoro innovatsiyalar universiteti
O‘zbekistonda siyosiy islohotlarning boshlanishi. Ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi, jamoat tashkilotlari va ularning faoliyati
Download 127 Kb.
|
O`zbekiston tarixi. D.Xojiyeva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega
- Xalq demokratik partiyasi
- “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (ASDP)
- O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidir (O‘zMTDP)
- “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasiningbirlashuv qurultoyi bo‘lib o‘tdi
- O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi
- “Kamolot” jamg‘armasi
- O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati
O‘zbekistonda siyosiy islohotlarning boshlanishi. Ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi, jamoat tashkilotlari va ularning faoliyati.
Shuni yaxshi uqub olishimiz kerakki, jamiyatimiz tuzilmalarida muvozanatni saqlaydigan kuchli ommaviy, jamoat birlashmalari bo‘lmas ekan, davlat hokimiyatining barcha bo‘g‘inlarida o‘zboshimchalik, valuntarizm, avtoritar tafakkur va boshqaruv apparatining korrupsiyasi singari illatlar paydo bo‘lmasligiga jiddiy kafolat ham bo‘lmaydi. (Islom Karimov. Asarlar. 5- jild, 121- bet.) Siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, nodavlat va notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamiyatda fikrlar erkinligi va muxolifatni shakllantiradi, aholining siyosiy faolligi va siyosiy madaniyatining o‘sib borishiga xizmat qiladi. Afsuski, sovetlar hukmronligi davrida XX asr boshlaridayoq Vatanimizda shakllana boshlagan siyosiy tashkilotlar va ularning rahbarlari yo‘q qilib tashlandi, kommunistik partiyadan boshqa siyosiy partiyalar tuzish taqiqlandi. Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekistonda siyosiy partiyalarning shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va “Jamoat tashkilotlari to‘g‘risida” gi Qonunda jamoat birlashmalarining huquqiy maqomlari belgilab berildi. Konstitutsiyaning 56- moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmasi sifatida e’tirof etilgan. O‘zbekiston fuqarolari siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi (1996- yil 25 - dekabr) Qonunida siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari yanada rivojlantirildi va mustahkamlandi. Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega: • o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatish, o‘z g‘oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ‘ib qilish; • qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis, mahalliy vakillik hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish; • partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish; • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish; • O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o‘rnatish; • O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan huquqlarga ham ega. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda demokratik jamiyatning qonuniy belgisi bo‘lgan ko‘p partiyaviylik shakllandi, jamoat tashkilotlari tubdan yangilandi. O‘zbekistonda 4 ta siyosiy partiya, 2 ta ijtimoiy harakat, faoliyat ko‘rsatmoqda. Siyosiy partiyalar mamlakatimiz fuqarolarining siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, aholining, ayniqsa, saylov jarayonlarida xohish-irodasi va fikrini ifodalash vositasiga aylanib bormoqda. 2007 - yilda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi roli va ahamiyatini tubdan kuchaytirdi. Bosh vazir lavozimiga nomzod bo‘yicha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashish tartibi, uning parlament tomonidan tasdiqlanishi qat’iy belgilab qo‘yildi. Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyalariga Bosh vazirni iste’foga chiqarish, mahalliy ken-gashlardagi partiya guruhlariga esa viloyat hokimlarini iste’foga chiqarish to‘g‘risida tashabbus bilan chiqish huquqlari berildi. Bularning barchasi siyosiy partiyalarning mamlakat hayotidagi o‘rni va ta’siri ortib borayotganidan dalolat beradi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi1991- yil 1- noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurul-toyida tashkil topgan. Ushbu qurultoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O‘zbekiston XDP 1991- yil 15- noyabrda Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olindi. Partiyaning 218 viloyat, shahar va tuman kengashlari, 13665 boshlang‘ich tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda. 400 mingdan ko‘proq a’zolari bor. Xalq demokratik partiyasi o‘z Dasturida milliy mustaqillikni mustahkamlash, demokratik davlat, insonparvar, adolatli jamiyat qurish, O‘zbekiston xalqlari o‘rtasida tinchlik, osoyishtalik, fuqarolar totuvligini ta’minlash, har bir kishining munosib hayot kechirishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, fuqarolarning konstitutsiyaviy haq-huquqlarini kafolatlash maqsadini ilgari surdi. O‘zbekiston XDP parlament partiyasidir. Partiya Oliy Majlis va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar vaqtida o‘z nomzodlarini ko‘rsatadi, saylovchilarning ko‘proq ovozini olish uchun kurashadi, davlat hokimiyati organlarining barcha bo‘g‘inlarida ishtirok etadi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2010 - yildagi qarori bilan XDPning 32 kishidan iborat deputatlari fraksiyasi ro‘yxatga olingan. O‘zbekiston XDPning “O‘zbekiston ovozi”, “Golos Uzbekistana” gazetalari va „Muloqot“ jurnali nashr etilmoqda. 1995-yil 18 fevralda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (ASDP) tuzildi. Partiyaning Toshkentda I ta’sis qurultoyida uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. Adliya vazirligi 1995- yil 18- fevralda “Adolat” SDPni ro‘yxatga olgan. Partiyaning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida huquqiy-demokratik davlat qurish, Vatanga sodiq xizmat qilish, adolatli fuqaroviy jamiyat qurish, demokratiya talablarining hamda mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning orzu-umidlariga monand shart-sharoit yuzaga keltirishga hissa qo‘shishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2010 - yildagi qarori bilan “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 19 kishidan iborat deputatlari fraksiyasi ro‘yxatga olingan. Partiya fraksiyasi “Adolat” SDP majlislari, kengashlari va qurultoylari qarorlariga amal qilib, ular oldida o‘z ishlari yuzasidan belgilangan tartibda hisobot beradi. O‘zbekiston “Adolat” SDP safida 30 mingdan ortiq a’zo bor. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlarda, shuningdek, 17 -5 shahar va tumanlarda partiya Kengashlari tuzilgan. Joylarda 1000 dan ortiq boshlang‘ich partiya tashkilotlari ish olib bormoqda. O‘zbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasining „Adolat“ nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi nashr etilmoqda. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan partiyalardan yana biri - O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidir (O‘zMTDP). U 1995- yil 3 iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1995- yil 9 iyunda O‘zMTDP ni ro‘yxatga olgan. Partiya oliy maqsadi milliy tiklanish g‘oyasini amalga oshirish yo‘lida o‘z harakatining asosiy yo‘nalishlarini quyidagicha belgilaydi: millatning ma’naviy birligi; Vatan - yagona oila; kuchli demokratik davlat; milliy qadriyatlar; ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va umumjahon integratsiya; zamon kishisi; milliy istiqlol. O‘zbekiston MTDPning oliy organi 5 yilda chaqiriladigan qurultoy bo‘lib, unda rahbar organlar saylanadi. 1999- yil 28 - dekabrda O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi tashkil topdi. Parti-yaning 1998 yil 28 - dekabrdagi ta’sis konferensiyasida uning Dasturi va Nizomi tasdiqlangan. “Fidokorlar” partiyasining maqsadi kindik qoni to‘kilgan tuproq, ajdodlar merosi va qadriyatlari bilan faxrlanadigan, xalq g‘amini o‘z g‘ami deb bilib, har qanday tahdid, xavf-xavotir, qiyinchiliklar oldida bosh egmaydigan, tiz cho‘kmaydigan, Vatan, taraqqiyot, ijtimoiy adolat yo‘lida jonini ham fido qilishga tayyor, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan fidokor shaxslarni birlash-tirishdir. Partiya mulkdorlar daxlsiz-ligini ta’minlashga intiladi, fikrlar, g‘oyalar, qarashlar xilma-xilligiga asoslanadi. Toshkentda 20 iyun (2008- y.) kuni O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasiningbirlashuv qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasini birlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Birlashgan partiyalarga “Milliy tiklanish”demokratik partiyasi nomi berildi. Markaziy kengash, Markaziy nazorat-taftish komissiyasi a’zolari saylandi, birlashgan partiyaning bosma organi tasdiqlandi. Partiya markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisi Axtam Tursunov saylandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2010 - yil qarori bilan Milliy tiklanish demokratik partiyasining 31 - nafardan iborat deputatlar fraksiyasi ro‘yxatga olingan. 2003 - yil oxirlarida O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi tashkil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himoya qilish, jamiyat hayotini yanada erkinlashtirishdan iborat. O‘zLiDePning „XXI asr“ haftalik gazetasi nashr etilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi-ning 2010 - yil qarori bilan O‘zbekiston liberal demokratik partiyasining 53 kishidan iborat deputatlar fraksiyasi ro‘yxatga olingan. 1995- yil may oyida jamoatchilikning tashabbusi bilan O‘zbekiston „Xalq birligi“ harakati tashkil etildi va faoliyat ko‘rsatmoqda. Adliya vazirligi mazkur harakatni 1995- yil 9-iyunda ro‘yxatga oldi. Harakatning asosiy maqsadi O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlar va elatlarni jipslashtirish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan huquq va erkinliklarini kafolatlash, mamlakatda millatlararo totuvlik, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlashdan iborat. O‘zbekiston „Xalq birligi“ harakatining oliy organi qurultoy bo‘lib, u 4 yilda bir marta chaqiriladi. Unda rahbar organlar saylanadi. O‘zbekiston “Xalq birligi” harakati tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar va tuman kengashlari hamda boshlang‘ich tashkilotlari ish olib bormoqda. “Xalq birligi” harakati Respublika Baynalmilal madaniy markazi hamda 100 dan ortiq milliy-madaniy markazlar bilan bahamjihat faoliyat yuritmoqdaki, bu turli millat va elat vakillari birligini mustahkamlashda ijobiy rol o‘ynamoqda. O‘zbekiston “Xalq birligi” harakatining “Birlik” va “Edinstvo” haftalik gazetalari nashr etilmoqda. O‘zbekiston Prezidentining 1996- yil 17 - apreldagi farmoniga muvofiq respublika yoshlarining “Kamolot” jamg‘armasi nodavlat xayriya jamoat birlashmasi sifatida tashkil topgan edi. “Kamolot” jamg‘armasining vazifasi yoshlarning manfaat va ehtiyojlarini o‘rganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va davlat ko‘magida hayotga tatbiq etishdan iborat edi. Ammo “Kamolot” yoshlar jamg‘armasi bunday vazifalarni bajara olmadi, yoshlarning haqiqiy ma’nodagi yetakchisiga aylana olmadi. Prezident Islom Karimov 2001- yil 24 - yanvarda Toshkentda bo‘lib o‘tgan yoshlar masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda yoshlarning chinakam suyanchi bo‘la oladigan yangi tashkilot tuzish g‘oyasini ilgari surdi. 2001- yil 25 - aprel kuni Toshkentda bo‘lgan yoshlar qurultoyida o‘zini o‘zi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkiloti - O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi va uning Dasturi, Nizomi tasdiqlandi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish (14 yoshdan 28 - yoshgacha), sog‘lom turmush talablari asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o‘rnini egallashga ko‘maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit-qizlarning o‘z aql-zakovati, kuch-g‘ayratini to‘la namoyon etishi uchun zarur shart-sharoit yaratib berish, yosh avlodning tayanchi va suyanchisi bo‘lishdan iboratdir. O‘zbekistonda turli jamoat tashkilotlari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari turli kasb egalari bo‘lgan xodimlarning jinsi, diniy e’tiqodlari, irqiy va milliy munosa-batlaridan qat’i nazar ixtiyoriy birlashtiruvchi mustaqil ommaviy jamoat tashkiloti sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Download 127 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling