Buxoro iqtisodiyot va bank kolleji
N Taqqoslash jihatlari
Download 0.81 Mb.
|
Mikroiqtisodiyot fanidan uslubiy ishlanma. Shodjonova F.S.
- Bu sahifa navigatsiya:
- So’ng raqobatchilarni tahlil qilishimiz lozim.
- Tovarning narxini uning hayot bosqichiga ham muvofiqlab turish lozim. Hayot bosqichlari ular quyidagilar: 1.
Mahsulotingiz realizatsiyasini maksimallashtirish uchun siz o’zingizning bozoringizni tanlashingiz va uni o’rganib chiqishingiz lozim. Bozorni tanlash uchun siz avvalanbor bugungu mijozlaringiz mavjud bozorni tanlashingiz kerak, shuningdek kimda sizning mahsulotingizga ehtiyoj borligini aniqlab shu segmentdagi mijojalar bozoriga xizmat qilishingiz lozim.Siz xizmat qilmoqchi bo’lgan segmentni tanlab bo’lgandan Bozor tanlangandan so’ng uni chuqur o’rganib chiqish lozim. Bozorni tahlil qilishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardir: bozor sig’imini baholash; bozorni segmentlash; bozor o’zgarishlari va rivojlanish tendensiyalari tahlili( iqtisodiy, fan texnika, demografik, ekologik, qonunchilik kabi omillar tahlili.) bozor tuzilmasini o’rganish, sotuv hajmini bashorat qilish.
Bozor sig’imi tadqiqotlari kutilayotgan sotuv hajmini bashorat qilishga imkon beradi. Bozor sig’imining ikki xil darajasi mavjud: Potensial; Real Potensial bozor sig’imi xonadonlar va davlat ehtiyojlari yig’indisi bilan aks ettirilsa , real bozor sig’imi bu haqiqatda sotilgan Tovarlar miqdoridir. Bozor segmenti – bu bozorni muayyan ko’rsatkichlar asosida guruhlarga ajratish. Segmentlash obyekti bu birinchi navbatda iste’molchilardir. So’ng raqobatchilarni tahlil qilishimiz lozim. Shu maqsadda siz quyidagi kriteriyalarnni o’rganib chiqishingiz kerak: Asosiy raqobatchilaringiz kimlar? Ularni kamchiliklari va yutuqlari qanday? Kuchli va kuchsiz jihatlari nimadan iborat? Ularning sizga nisbatan afzalliklari? Sizning ularga nisbatan afzalliklarii? Raqobatchi tovarlar yoki xizmatni taqqoslash? Raqobatchilarni tahlil qilishda siz quyidagi jadvaldan foydalanasiz. Biznes rejada siz albatta raqobat strategiyangizni ko’rsatishingiz kerak: misol raqobatchiga nisbatan sifatni yaxshilash orqali, narxni kamaytirish orqali, servis xizmatni joriy qilish yoki uni yaxshilash orqali. Xulosa qilib aytsak biznes rejaning bu bo’limida siz bozrni tahlil qilib uning sig’imini , segmentlarini, raqobat muhitini o’rganib raqobat strategiyangizni tanlab ko’rsatishingiz lozim.
Uning eng asosiy vazifasi bozorning kutiladigan o’zgarishlarini oldindan ko’ra bilish va shu bilan birga o’zgarishlarga o’z vaqtida moslashish. Ko’pgina korxonalar iste’molchi uchun kerakli Tovar ishlab chiqara turib, marketing siyosatini to’g’ri amalga oshira olmaganliklari tufayli bankrotlikka uchragan, shuning uchun to’g’ri tuzilgan marketing rejasi 50% muvaffaqiyatni ta’minlaydi. Eng avvalo siz o’z biznesingizning mijozni jalb qiluvchi xususiyatini aniqlab uni ko’rsata olishingiz lozim , misol: yutuq e’lon qilish, xizmat qilish kafolati muddatini oshirish, bepul qadoqlash, servis xizmat ko’rsatish va h.o. lar Biznes rejaning marketing bo’limini tuzish uchun siz quyidagi savollarga javob berishingiz lozim: Siz o’z mahsulotingizni bozorda qanday tartibda sotasiz?( korxona marketing strategiyasi). Siz o’z mahsulotingiz yoki xizmatingizga qanday tartibda narx belgilaysiz? Siz qanaqa reklama siyosatini yurgizasiz? Sotish hajmining doimiy o’sishiga qanday erishasiz? Qanaqa va qanday servis xizmatini tashkil qilasiz? Servis xizmatiga qancha mablag’ sarflaysiz? Siz korxonangiz va mahsulotingiz nufuzini qanday ko’tarmoqchisiz. Mukammal tuzilgan marketing rejasi yuqori daromadni ta’minlaydi. Avvalanbor siz realizatsiya bozoringizni o’rganib chiqib, mahsulotingizga aynan bu bozordagi talab qanday. Siz iste’molchi sifatida qanday yo’l tutgan bo’lar edingiz. Shunday nuqtai nazar bilan siz ishlab chiqaradigan mahsulotingizning yoki xizmatingizning to’liq ko’rsatkichlarini baholashingiz mumkin. Shuningdek narx shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillarni o’rganib chiqishingiz kerak:
Qiymat,2.Talab va taklif orasidagi nisbat,3.Tovar nafliligi,4.Raqobat muhiti Tovarning narxini uning hayot bosqichiga ham muvofiqlab turish lozim. Hayot bosqichlari ular quyidagilar: 1.Tug’ilish,2..O’sish. 3.Yetuklik, 4.Qarilik,5.O’lim. Mahsulot yangi va unga talab endi vujudga kelayotgan bo’lsa, narxni arzonlashtirish orqali talabning ortishini rag’batlantiramiz.. Mahsulot o’sib, yetuklikka yetgan, va tavorga talab ko’paygan bo’lsa, narxni asta sekin oshirish orqali foydani ko’paytirish mumkin. Mansulot qariy boshlasa, unga talab tushadi va tovarning hayot davrini narxni keskin tushirish orqali uzaytirish mumkin. Mahsulot o’layotgan davrda narxni yanada arzonlashtirish orqali, mavjud tovarni sotib, ishlab chiqarishni to’xtatib yoki o’zgartirish kiritib yangi, yangi mahsulot ishlab chiqarish. Shuningdek siz mahsulotingizning hayot davrini uzaytirmoqchi bo’lsangiz, sifatini har tomonlama oshirilishini boshqarishingiz lozim. Shhu bilan birga sifatning oshirilishi, narxni ko’tarib, foyda miqdorini ko’paytiradi. Demak, ishlab chiqariladigan Tovar yoki xizmat birinchi navbatda iste’molchi talabini qondirishga xizmat qilishi lozim.
Mahsulotning bozorga kirib borishining yana bir asosiy elementi mahsulotning tashqi ko’rinishi, qadoqlanishi. Bugungi kunda Tovar qadoqlanishi iste’molchi nuqtai nazaridan sifatini belgilaydi, ishlab chiqaruvchi nuqtai nazaridan bozorga kirib borishini belgilaydi. Qadoqlash dizaynini, materialini va hajmini tanlashda albatta mahsulot xususiyat lariga moslashtirgan holda tanlanishi lozim. Tovar siyosati o’z ichiga quyidagi yo’nalishlarni oladi: assortiment siyosati, yangi mahsulotni yaratish, . mahsulot sifati sohasidagi korxona strategiyasi; dizayn strategiyasi, servis xizmatini tashkil etish strategiyalari; Tovar belgisi; Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling